Reja: Ozbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolatlanishi



Download 36,4 Kb.
Sana15.10.2022
Hajmi36,4 Kb.
#853308
Bog'liq
мустакил иш


Ozbekistonda inson huquqlar I va erkinliklari
kafolatining yaratilishi.
Reja:
1 .Ozbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolatlanishi.
2. Ozbekistonda yangi davr demokratiyasi – demokratik jarayonlarning
chuqurlashtirishning asosiy sharti
3. Mustaqil davlatda inson shaxsiy huquq va erkinliklari tizimida tub islohotlar.

Ozbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farkli olaroq


aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson xuquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur
shartsharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi.
Avvalo shuni aytish kerakki, bu Ozbekiston Konstitutsiyasida oz ifodasini
topdi. Unda eng oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson
huquqi kafolatlab qoyildi. Konstitutsiyaning 13 moddasida «Uzbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi ularga kora inson,
uning hayoti, erkinligi, shani, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi», deb belgilab quyildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning ikkinchi bolimi «Inson va fuqarolarning
asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atalishining ozi Asosiy qonunning
insonparvarligini korsatadi. Uning har bir moddasida fuqarolikka ega bolish va uni
yoqotish asoslari, shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning siyesiy huquqyaari,
ularning kafolatlanishi oz ifodasini topgan.
Ozbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning
barcha sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa
munosabatlarda birbirlari bilan teng huquqqa ega boldilar.
Ayrim shaxslarning foydalanishi lozim bolgan imkoniyatlar qonunda belgilanib, ular
1
faqat ijtimoiy adolat prinsiplari asosida bolishi korsatib quyildi.
Ayniqsa fuqarolarning istagan dinga etiqod qilishi yoki qilmasligi qonun bilan
kafolatlanib, ozlarining ixtiyoriga berilgan bolib, bu xuquqparning amalta oshirilishi
meyoriy qonunlar bilan mustahkamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
togrisida»gi (1998 y.) qonun bilan tartibga solindi, hamda ularning daxlsizligi
taminlanmokda.
Istiklol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, Ozbekistonda shaxs
erkinligi, inson xukuqlarining muxofazasi va kafolati, etiqod, meqnat va kasbni erkin
tanlash huquqi, talim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan
himoya qilinadigan boldi. Bu borada shuni takidlash joizki, hozirgi qiyin va ziddiyatli
bir paytda mamlakatimizning turdi sarhadlariga yaqin joylarda urushlar roy berib,
qon tokilib, begunoh odamlar qurbon bolib,isarsonsargardon kishilar kopayib
borayotgan bir sharoitda Ozbekistonda inson uchun eng oliy nemat yashash huquqi
va osoyishta hayot kechirish huquqi tula tamin etildi. Bir soz bilan aytganda xuddi
ana shu murakkab yillarda Ozbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning
ustivorligi yanada mustahkamlanib (), yangi demokratik jarayonlar odamlar
ongi va qalbi orqali otkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bora boshladi. Mustaqil
O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya
va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat
va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Ayni
paytda, O‘zbekiston tarixi fani uning mantiqiy davomi bo‘lgan «O‘zbekistonning
eng yangi tarixi»ni o‘qitish, uning mazmun-mohiyatini ularga tushuntirish orqali
yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli, intellektual salohiyatli,
ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishdek
mas’uliyatli vazifa turibdi. Buyuk shaxslar ta’kidlaganidek, yoshlar bilan ishlashda
ham yangi yondashuvlar kerak... Zero, bugungi yoshlarimizning nafaqat jismoniy
2
va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga
ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq
javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat
sharoitlarni yaratish hukumatimiz oldiga qo‘yilgan eng oliy maq sadlardandir. Shu
nuqtayi nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi
faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati O‘zbekistonda mustaqillik yillarida
amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini
modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida
hisoblanadi. Chunki, mamlakat aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi.
Yuqoridagi mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra
tasdiqlaydi. Yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, O‘zbekiston
yoshlari ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalariga zamon talablari asosida e’tibor
qaratish lozim.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga
yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, yoshlarga
oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchil ravishda hayotga
tatbiq etilmoqda. Bu siyosatning mazmun -mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga
beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘zbekiston
Respublikasining 1991-yil 20-noyabrdagi «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat
siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi qonunida belgilab qo‘yilgan.
Qonunga ko‘ra, yoshlar masalasi O‘zbekiston Respublikasi davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning bilim olishi,
ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy-siyosiy shakllanishi va kamol
topishi, ijodiy iqtidorining to‘liq ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan
3
iborat. Bu qonunning qabul qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib
tarbiyalash yuzasidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi», «Maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy dasturi» kabi qator
hujjatlar ishlab chiqilishiga mustahkam zamin yaratdi.
Respublika yoshlarini birlashtirib, keng qamrovli faoliyat olib borayotgan
yangi shakllangan yoshlar tashkiloti barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan ishlarni
amalga oshirmoqda. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning
iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berayotgan turli
jamg‘armalar faoliyatini ham yuksak baholash mumkin. O‘zbekiston yoshlari
mamlakatdagi o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni shakllantirishda asosiy
yetakchi kuch bo‘lib, ularning intilishlari, muammolari hamda O‘zbekistonda
islohotlarni amalga oshirishdagi ishtirokini har tomonlama qo‘llab -quvvatlashga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ozbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga mos keladigan, eng ilgor
tajribalar asosida vujudga kelgan zamonaviy usullar joriy qilina boshlandi. Inson
xuquklari va erkinliklari ustivorligini taminlashning huquqiy asoslari yaratilishiga
kirishildi. Xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga asoslanib faoliyat
korsatadigan yangidan yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi.
Istiqlol yillarida fuqarolarning huquklarini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, ularning
turli sohalardagi faoliyatini tartibga soluvchi 300 dan ortiq qonun va Parlamentning
Qonunga tenglashtirilgan qarorlari tizimi vujudga keldi. Bir yarim mingdan ortiq
Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganligi ayni ana shu
tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar kolamini korsatadi. Ularning
aksariyati fuqarolar haqhuquqini muxofaza qilish, bozor munosabatlarini
chuqurlashtirish va tola qaror toptirish asosida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy va siyosiy himoyalashni ta`minlashga qaratilgandir.
Endi хamma gap ana shu qonunlar, qarorlar (--), farmon va
farmoyishlarning hayotga tola tadbiq etilishiga, ularning ogishmay amalga oshirishga
4
qolgan. Bu fuqarolar turli tabaqasi manaviyaxloqiy yetuklik darajasidan tortib,
ularning tub islohotlar moxiyatini chuqur anglashi, yangilanayotgan jamiyat
tamoyillarini ozlashtirish va keng miqyosli siyosiy tayyorgarligiga bogliq bolgan
uzoq muddatli jarayondir.
Ozbekiston mustaqillikka erishgandan song inson huqukdari boyicha
rivojlangan demokratik mamlakatlar qollayotgan tamoyillarga sodiqligini namoyish
etib kelmoqda.
Respublikada mustaqillik yillarida inson xuquqi va erkinliklariga doir bir
qator xalqaro hujjatlar tan olindi va ular xalq orasida targib qilina boshlandi. «Inson
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
torrisida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquklar togrisida Xalqaro Pakt va
fakultativ Bayonnoma» shular jumlasidandir. Ular hozirgi zamon jahon
davlatchiligini va jamiyatni demokratlashtirish jarayonida inson huquqlarini
mustahkamlashning asosi bolib xizmat qilmoqda.
Ayni choqda Ozbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq asosiy pakt va
Konversiyasiga qoshilgan. Bu borada shuni aytish kerakki, Ozbekiston 1996 yilning
aprel oyida BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquklari boyicha Xalqaro Pakt
normalarini bajarish borasida milliy maruza matnini taqdim etdi.
Ozbekistonda yashayotgan har bir fuqaro jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
bevosita yoki oz vakillarini saylash, oziniozi boshqarish asosida, referendumlar
otkazish kabi demokratik xuquqiy institutlar orqali qatnashadi. U oz siyosiy
huquklarini kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat va ommaviy
tashkilotlarda real ishtirok etish yoli bilan amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun
ham «Inson huquq.lari umumjahon Deklaratsiyasi» va boshqa jahon miqyosida tan
olingan xalqaro huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, ton Respublikasi Milliy Markazin
i tuzish togrisida» qabul qilingan Farmon ana shu yolda qoyilgan yana bir muhim
qadamdir. Ushbu Farmon inson huqulari va erkinliklarini muhofaza etishning
tasirchan vositasini barpo etishga, respublika fuqarolarida huquqiy madaniyatni
5
shakllantirishga xizmat qiladi. Xuquqiy madaniyatning yuqori darajada bolishi esa
huquqiy demokratik davlatning noyob xususiyaidir.
Inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy Markazining maqsadi va
vazifalari ushbu farmonda aniq belgilangan. Jumladan,

milliy harakat rejasini. shuningdek, Konstitutsiya, Qonunlar va inson huquqlari


sohasidagi umumetirof etilgan xalqaro huquq meyorlari qoidalarini amalga oshirish
strategiyasini ishlab chiqish;
inson huquqlari sohasida Ozbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar
bilan hamkorligini rivojlantirish ana shunday vazifalarning muhimidir.
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil, 13 noyabrdagi qarori
bilan tasdiqlangan Nizomga kora Milliy markaz tahliliy, tavsiyalar beruvchi,
muassasalararo muvofiqlashtiruvchi davlat organi bolib, inson huquklari sohasidagi
halqaro huquqning umum etirof etilgan tamoyillari va meyorlari, Uzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari qoidalariga amal
qilinishi yuzasidan davlat siyosatini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga Markaz
oquvmarifiy va targibot, taxliliy, fuqarolar murojaatlarini korib chiqish yonalishlari
boyicha ish olib bormoqda. Darhaqiqat, mustaqillik yillari O‘zbekiston yoshlari hayotida tub burilish
yasadi. Bu davrda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlangan qonun, davlat
dasturlarining qabul qilinishi hamda ularga alohida e’tibor berib kelinayotganligi
yutuq va muvaffaqiyatlar garovi bo‘ldi.
Ilmu ma’rifatli, tarbiyali, yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli
barkamol avlodni komil inson qilib tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb masalalar
sirasiga kiradi.
Komil inson masalasi ajdodlarimiz tarixiy taraqqiyoti davomida barcha
allomalarni o‘ylantirib kelgan masalalardan biridir. U juda ko‘hna va qadimiy
tarixga ega bo‘lgan, shu bilan birga yangi hamda o‘ta dolzarb tushunchadir. Shu
6
sababdan ham komil inson azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat
ma’naviyatining uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Dunyoviy va diniy
bilimlarning ilg‘or namoyondalarining qarashlariga ko‘ra insondagi komillik aqliy,
ma’naviy, ruhiy, axloqiy yetuklik bo‘lib, komillikka erishishning yo‘li – ilmu
ma’rifatga, fazlu kamol kasb etishga, salbiy xislatlar, nuqsonlardan xalos bo‘lishga
va o‘zgalarga yordam berishga intilishdir.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyati barqarorligi sharoitida komil inson deganda, chuqur bilim,
yaxshi axloq, ma’naviy yetuklik bilan bir qatorda, fuqarolik jamiyatida yashash
talablari, mustaqillikni anglash va uni himoya qilish qobiliyati ham tushuniladi.
Komil insonlarni, ya’ni har tomonlama kamol topgan, aql-idrokli, mustaqil
fikrlaydigan, irodali va o‘zini-o‘zi anglagan shaxslarni tarbiyalashda
«O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fani katta ahamiyatga ega. Chunki, yoshlarning
dunyoharashini shakllantiradigan, ularni milliy o‘zligini tanishga, Vatanni s evishga
bevosita o‘rgatadigan, sodiq fuqarolarni tarbiyalaydigan fan tarix fanidir.
«Aynan ana shunday o‘z kuchiga va irodasiga ishongan, keng fikrlaydigan
bilimli va madaniyatli yoshlarimiz har qanday buzg‘unchi oqimlarga berilmasdan,
hayotda o‘z yo‘lini topib olishi muqarrar»
, - deb yozgan edi O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov.
Masalan, oquv marifiy yonalish boyicha 19971998 yillar mobaynida 20 dan ortiq
risola nashr etildi. Ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etildi.
Televideniyeda kursatuvlar tayyorlandi. Inson huquqlarini himoyalashning turli
yonalishlari boyicha xalqaro va milliy miqyosda oquv dasturlari, seminarlar,
anjumanlar, maruza kurslari va oquv safarlari tashkillashtiriladi. Konrad Adenauer
jamgarmasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan xamkorlikda huquqni muhofaza etish
idoralari xodimlari uchun Andijon , Fargona, Buxoro, Samarqand, Navoiy,
Jizzax, Namangan shaxarlarida ixtisoslashgan oquv seminarlari otkazildi.
7
Tahliliy yonalish boyicha milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga qoyib
kelinayotgan inson huquklari himoyasiga aloqador barcha qonun
muhokamasini tashkillashtirmoqsa. Jumladan, «Oliy Majlisning Inson xuquqlari
boyicha Vakili (ombudsman) togrisidagi», «Ommaviy axborot vositalari togrisidagi»,
«Jurnalistning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish torrisida», «Axborot
olish erkinligi kafolatlari togrisida», «Talim togrisida» va boshqa bir qator
qonunlarni muhokama qilish boyicha ilmiyamaliy anjumanlar otkazildi. Bundan
tashqari Milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan turli qonunlar
boyicha, Ozbekiston Respublikasi qoshilishi lozim bolgan xalqaro shartnomalar
boyicha muntazam ozining xulosalarini berib bormokda.
Fuqarolarni qabul qilish masalasida ham izchil ish olib bormokda.
Shu bilan birga, inson huquqlari boyicha Ozbekiston Respublikasi Milliy
Markazining tashkil topishi Ozbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, shani,
qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishining yana bir bor
yorqin dalilidir. Bularning barchasi masalaning oliy davlat ahamiyatiga ega
ekanligini, mazkur sohaga shaxsan Prezidentning ozi etibor bilan qarayotganini
korsatadi. Inson huquqlarini himoya qilish hali tajribamizda bolmagan hodisa, biz
uchun bu yangilik sifatida endigina turmush tarzimizga kirib kelayotgani tufayli unga
davlatning ozi tashabbuskor va rahnamo bolayotir. Bu mamlakatimizda goyat
insonparvar siyosat mavjudligining natijasidir. Bu esa, Ozbekistonda insonning
tabiat gultoji, olam sarvari sifatida ezozlanadigan jamiyat shakllanayotganidan
dalolatdir.
Inson huquqlari va erkinliklarini taminlashga qaratilgan choratadbirlar orasida 1997
yil aprelda «Oliy Majlisning inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman)
togrisida»gi Ozbekiston Respublikai qonunining qabul qilinishi alohida aqamiyatga
ega.
Shuni aloqida takidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq tarkibidan ajralib
chiqqan mamlakatlarning kopchiligida, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida inson
8
huquqlarini himoya qilishning bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada
Ozbekiston oz «ittifokdosh»laridan ancha ilgarilab ketdi, desak xato bolmaydi. Ushbu
qonunda shunday satrlar bor: «Oliy Majlisning inson huquqlari boyicha vakili
(ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi,
erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan qimoya qilinishini taminlashga
komaklashish maqsadida faoliyat korsatadi».
Ayni choqda istiqlolga erishilgandan song mamlakatda inson huquqlari va
erkinliklariny kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ham otkazildi
. Jumladan, 1996 yil may oyida «Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining
huquqiy madaniyatini kjsaltirish» mavzusiga bagishlangan respublika
huquqshunoslari konferensiyasi boldi. Unda qator dolzarb masalalar muhokama
qilindi, tajribalar umumlashtirildi, 1996 1997 yillarga mo`ljallangan Dastur va
tadbirlar rejasi, 1997 yil avgustida esa «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
milliy Dasturi» qabul qilindi.


9
Download 36,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish