МАVZU: MAMLAKATDA QURILISH, YENGIL VA OZIQ OVQAT SANOATI HUDUDIY TAFOVUTLARI (4 SOAT)
reja:
1. O’zbekistonda qurilish materiallari.
2. Qurilish materiallari sanoat turlari.
3. Yengil sanoatning tarmoqlari.
4. Oziq-ovqat sanoati.
Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.
Qadimda gʻisht, cherepitsa, sopol plita, sopol vodoprovod quvurlari, gips va ohakli yopishqoq materiallar va boshqa qurilish materiallari maʼlum edi. 19-asrning 1-choragida mexanik chidamliligi yuqori boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement kashf etilib, qurilishda beton va temir-beton ishlab chiqarish va ularni ishlatishga sharoit yaratdi. 19—20-asrlarda qurilish hajmining keskin oshishi natijasida Qurilish materiallari sanoatis. mahsulotlari tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmlari yuqori surʼatlarda yuksaldi.
Oʻzbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qoʻllanilgan.
Respublikada qurilish materiallari sanoati xalq xoʻjaligidagi sanoat tarmogʻi sifatida 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekistonda jami 20 dan koʻproq kichik gʻisht zavodlari, ohak va alebastr ishlab chiqarish korxonalari ishlagan. 20-asrning 20-yil laridan boshlab dastlabki Qurilish materiallari sanoatis. korxonalari (sement, gʻisht zavodlari) qurilishi boshlandi va qisqa muddatlarda sement sanoati, shisha-oyna sanoati, toshga ishlov berish (toshtaroshlik), noruda qurilish materiallari korxonalari barpo etildi.
21-asr boshida respublikaning koʻp tarmoqli Qurilish materiallari sanoatis.da sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konst-ruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi.
Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xoʻjaligining qurilish materi-allariga boʻlgan talabini toʻla qondi-radi. Xorijiy investorlar ishtiro-kida yangi qoʻshma korxonalar qurilmoqda, ishlab turgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmida Qurilish materiallari sanoatis. salmogʻi 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat koʻrsa-tadigan eng yirik tashkilot "Oʻzqu-rilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi (1997-yilda tashkil etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 korxona (23 aksiyadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qoʻshma korxona) respublikada obʼyektlar qurilishini barcha turdagi qurilish materiallari bilan taʼminlaydi.
2003-yilda respublika Qurilish materiallari sanoatis.da (yirik va oʻrta korxonalar boʻyicha) 4062,5 ming t sement, 568,1 ming km2ichki devorlarni qoplashga moʻljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln. m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln. dona shartli taxta shifer, 360 ming m2linoleum, 6434,5 ming m2deraza oynasi (2 mm qalinlik hisobida), 41,9 ming t ohak, 49,2 ming t gips va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi (2004-yilda 31,7 mln. AQSH dollari).
Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.
Qadimda gʻisht, cherepitsa, sopol plita, sopol vodoprovod quvurlari, gips va ohakli yopishqoq materiallar va boshqa qurilish materiallari maʼlum edi. 19-asrning 1-choragida mexanik chidamliligi yuqori boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement kashf etilib, qurilishda beton va temir-beton ishlab chiqarish va ularni ishlatishga sharoit yaratdi. 19—20-asrlarda qurilish hajmining keskin oshishi natijasida Qurilish materiallari sanoatis. mahsulotlari tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmlari yuqori surʼatlarda yuksaldi.
Oʻzbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qoʻllanilgan.
Respublikada qurilish materiallari sanoati xalq xoʻjaligidagi sanoat tarmogʻi sifatida 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekistonda jami 20 dan koʻproq kichik gʻisht zavodlari, ohak va alebastr ishlab chiqarish korxonalari ishlagan. 20-asrning 20- yil laridan boshlab dastlabki Qurilish materiallari sanoatis. korxonalari (sement, gʻisht zavodlari) qurilishi boshlandi va qisqa muddatlarda sement sanoati, shisha-oyna sanoati, toshga ishlov berish (toshtaroshlik), noruda qurilish materiallari korxonalari barpo etildi.
21-asr boshida respublikaning koʻp tarmoqli Qurilish materiallari sanoatis.da sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konst-ruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi.
Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xoʻjaligining qurilish materi-allariga boʻlgan talabini toʻla qondi-radi. Xorijiy investorlar ishtiro-kida yangi qoʻshma korxonalar qurilmoqda, ishlab turgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmida Qurilish materiallari sanoatis. salmogʻi 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat koʻrsa-tadigan eng yirik tashkilot "Oʻzqu-rilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi (1997-yilda tashkil etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 korxona (23 aksiyadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qoʻshma korxona) respublikada obʼyektlar qurilishini barcha turdagi qurilish materiallari bilan taʼminlaydi.
2003-yilda respublika Qurilish materiallari sanoatis.da (yirik va oʻrta korxonalar boʻyicha) 4062,5 ming t sement, 568,1 ming km2ichki devorlarni qoplashga moʻljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln. m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln. dona shartli taxta shifer, 360 ming m2linoleum, 6434,5 ming m2deraza oynasi (2 mm qalinlik hisobida), 41,9 ming t ohak, 49,2 ming t gips va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi (2004-yilda 31,7 mln. AQSH dollari).
Qurilish materiallari xomashyosi ikki katta guruhga bo‘linadi:
1)tabiiy tosh qurilish materiallari xomashyosi, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri
yoki biroz mexanik ishlov berib ishlatiladigan; 2) sun’iy qurilish materiallari xomashyosi, ya’ni termik ishlov berib ishlatiladigan xomashyo.
TABIIY TOSH QURILISH MATERIALLARI.
Bu maqsadda magmatik, cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslari ishlatiladi. Bunday jinslar qo‘llanilishi, qazib olish usuli va qayta ishlanishiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Donali toshlar (turli o‘lchamdagi bloklar). Ular qayta ishlovdan so‘ng bezak toshlar sifatida, yo‘l qurilishi uchun qo‘llaniladi.2. Aniq shaklga ega bo‘lmagan yalpi tosh mahsuloti. Bunday
toshlar portlatish va sun’iy maydalash natijasida olinadi. Bunday materiallar beton tayyorlashda, yo‘l qurilishida, fundamentlar barpo etishda, to‘g‘on va boshqa gidrotexnik inshootlar barpo etishda qo‘llaniladi.
Ohaktoshlar asosan kalsiy mineralidan (SaSO3) iborat; biroz qum bering zarrachalari uchraydi. Toza ohaktoshlarda ularning miqdori 5 foizdan oshmaydi. Ohaktoshlarning eng muhim ishlatish sohasi sement va shisha ishlab chiqarish hisoblanadi. Bundan tashqari qurilishda fundament va devor qurishda, uylarning tashqi tomonini bezash uchun plitalar olishda hamda beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Ohaktosh konlari asosan cho‘kindi konlar hisoblanadi. O‘zbekistonda deyarli har bir viloyatda ohaktosh konlari topilib xalq xo‘jaligida ishlatilmoqda.GIPS. Sulfatlar sinfiga kiruvchi mineral hisoblanadi.
Hosil qiluvchi tog‘ jinsi ham gips deb ataladi. Qazib olinadigan gipsning asosiy qismi qurilish uchun alebastr olishda ishlatiladi. Buning uchun u
107–170 °Сda qizdiriladi. Bundan tashqari gips sopol, beri olishda va meditsinada ishlatiladi. Tabiiy holda sementga qo‘shiladi. Gips konlari asosan cho‘kindi konlar hisoblanadi. Gips angidrid mineralining (SaSO4) gidrotatsiyasi (suv qo‘shib olish) natijasida yirik konlar hosil qiladi. O‘zbekistonda gipsning Sharg‘un (Surxondaryo viloyati), Langar (Qashqadaryo viloyati) kabi yirik konlari mavjud.
Qurilish materiallarini ishlab chiqishda xom-ashyo materiali sifatida ko'mir qazib chiqarish chiqindilaridan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish
Ko'mir qazib chiqarishda ko'mir havzalari xududida 10 mln. tonnadan ziyod tarkibida 20% gacha ko'mir bo'lgan gidro qatlamlar hosil bo'lgan va bu havzalar atrof-muhitni ifloslatrigna holda juda katta ekin maydonini egallaydi. Ushbu gidro qatlamlar hozirgi vaqta hech qaerda ishlatilmaydi. Biz olib borgan tadqiqot ushbu chiqindilardan pishirilgan g'isht va sement ishlab chiqarishda foydalanishning real imkoni borligini ko'rsatadi. Ko'mir chiqindilaridan foydalanish: - g'isht ishlab chiqarishda yuqori texnik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan g'isht olish imkoni beradi va ko'mir chiqindisi tarkibidagi ko'mirning yonishi evaziga yonilg'i-energiya resurslarini tejash imkonini beradi;
- portlandtsement klinkerini ishlab chiqishda ko'mir chiqindilari to'liq yoki qisman ravishda xom-ashyo shixtasining tuproq komponentining o'rnini bosadi, bunda ular klinkerni kuydirish uchun ishlatiladigan gaz sarfini kamaytirish va pechka agregati ishini yaxshilashimkonini beradi.Hosil bo'lgan klinker yuqori aktivlikka ega, bunda ishlab chiqariladigan sement esa yuqori qurilish-texnika ko'rsatkichiga ega bo'ladi.,Sanoat tajriba-sinovlarini o'tkazish bilan mahalliy hom- ashyodan pardoz g'ishti, yerga yotqiziladigan plitka va keramik cherepitsa ishlab chiqarish uchun keramik massaning yangi tarkibini ishlab chiqish,Bugungi kunda respublkamizning qurilish sohasida yuqori sifatli oblitsovka va tomga yopiladigan materiallarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Shu bilan birga, respublikamiz bezak g'ishti, yerga yotqiziladigan keramik plitkalar va cherepitsa ishlab chiqarish uchun katta xom-ashyo
zahirasiga ega.,Keramik massani tarkibini to'g'ri ilmiy asoslangan holda tanlash orqali raqobatbardosh qurilish materiallarini olish bilan ularni ishlab chiqishni tashkil etish uchun real imkoniyat mavjud.
Dastlabki o'tkazilgan izlanishlar yuqori sifatli materiallarni olish imkoni borligini ko'rsatdi. Ushbu ishlab chiqarishni moliyalashtirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, respublikamiz yuqori sifatli va eksportga yo'naltirilgan bezak g'ishti, yerga yotqiziladigan plitkalar va cherepitsa bilan ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |