Bu siyosiy tashkilotlarning jamiyatda tutgan o‘rni va mehnatkashlar ommasi o‘rtasidagi obro‘-e'tibori ular ishlab chiqqan va amal qilayotgan dasturlarning nechog‘lik xalq ommasi istak va intilishlarini ifoda etganligi va mazkur siyosiy partiyalarning qay darajada hokimiyatga hamda o‘zaro bir-birlari bilan muxolifatga aylanganliklariga bog‘liqdir. DASTLABKI PARTIYALAR Dastlabki partiyalar Qadimgi Gretsiyada xududiy bo’linish asosida tashkil topgan bo’lib, Platon, Aristotelg’ va boshqa olimlar tomonidan salbiy baxolangan edi. Xususan, Aristotelg’ Qadimgi Gretsiyadagi uch asosiy siyosiy partiya — dengiz soxilida, tekislikda va tog’li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar o’rtasidagi mavjud kurash, o’zaro raqobat xaqida yozib, bu partiyalar ijtimoiy yaxlitlik va davlat birligiga raxna solishi mumkin, deya qayd etgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |