Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi. Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining kotibiyati tomonidan ta'minlanadi. Bundan tashqari mazkur qonunda siyosiy partiyalarni demokratik tamoyillar asosida tashkiliy va amaliy jihatdan shakllantirish va ular faoliyatining qonuniy yo‘nalish va asoslari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishgandan keyingi yillarda jami bo‘lib 5 ta siyosiy partiya vujudga keldi va faoliyat ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |