VI. 2006 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-mahrifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga binoan Respublika Ma’naviyat va mahrifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy targ’ibor markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va mahrifat kengashining ilmiy-amaliy yo’nalishda faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilgan Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Ya’ni, Respublika “Ma’naviyat va mahrifat” markazi Respublika “Ma’naviyat va mahrifat” kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishda faoliyat olib boradigan Respublika targ’ibot markaziga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |