O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li – “o’zbek modeli”
Asosiy maqsad va vazifalari
|
|
Mazmuni
|
|
Tamoyillar
|
|
|
|
|
|
Bozor iqtisodiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish
|
|
Millati, tili va dinidan qathi nazar, davlatimizda yashovchi barcha kishilar uchun munosib hayot sharoitini yaratib berish
|
|
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi
|
|
|
|
|
Davlat - bosh
|
Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda tub o’zgarishlar va islohotlarni
|
|
Har bir inson uchun ijtimoiy kafolatlangan turmush daraja-sini va erkinliklarini ta’minlash
|
|
Islohotchi
Qonunning ustuvorligi
|
amalga oshirish
|
|
|
|
|
Xalqning turmush farovonligini oshi-
|
|
Xalqimizning qadriyatlari va
mentalitetiga, milliy davlatchi-lik anhanalariga tayanish
|
|
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish
|
rish, komil insonni
|
|
|
|
Bozor iqtisodiyotiga
|
Shakllantirish
|
|
Dunyo tajribasining ilg’or yutuq-lariga asoslanish, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash
|
|
tadrijiy yo’l bilan bosqichma-bosqich o’tish
|
Mamlakatimizda eski mahmuriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan, Sobiq Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo’yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski tizimi tugatildi.
2. Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asari hamda uning tarixiy ahamiyati
Bu asar Prezident Islom Karimov tomonidan 1992 yilda yozildi. Asarda O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos yo’li va demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi. Jahon taraqqiyotida: 1) Demokratiya va qonunchilik. 2) Mulkchilikning turli shakllari v unga munosabat. 3) Yuksak ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishi. 4) Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga kirish masalalari ko’rsatib berilgan. Asarda Markaziy Osiyo respublikalari ijtimoiy tuzumini o’zgartirish uchun quydagi masalalarga ehtibor qaratilgan. 1. Mahmuriy buyruqbozlik tizimidan demokratik, butun jamiyatning tuzilishiga o’tish. 2. Mulkchilikning begonalashuvi: rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish. 3. Totalitar, aqidaparastlik mafkurasidan hurfikrlilikka, ko’ppartiyaviylikka, umuminsoniy ma’naviyatga amal qilish. 4. Jahon hamjamiyatiga kirib borish. Umuman, bu asarda demokratik huquqiy davlat va O’zbekistonni 125 mamlakat (bugungi kunda esa 170 ga yaqin)tan olganligi, 40 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqalar o’rnatilganligi bayon etilgan. O’zbekiston BMTga 1992 yil 2 martda qabul qilinganligi ko’rsatilgan. Umuman, bu asar 5 qism, bo’limlarni o’zida ifoda etadi. Bular:
1. O’z yo’limizning shart-sharoiti va zaminlari.
2. O’zbekiston demokratik va itimoiy adolat jamiyati.
3. Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat.
4. Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish – mustaqil O’zbekiston ichki siyosatining negizlari.
5. Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari.
Umuman, ana shu asar Prezidentimiz tomonidan yozilgandan so’ng O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslari va tamoyillarini qabul qlish bilan birga, unda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari har tomonlama asoslab berildi. SHu asar yozilgandan so’ng jamiyatimizda siyosiy hayotning barcha sohalari, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish jadallik bilan olib borilmoqda. Bizningcha, mazkur asarning tarixiy ahamiyati benihoya katta bo’lib, bu O’zbekiston fuqarolarining mustaqil taraqqiyot yo’lidan sobitqadamlik bilan rivojlanib borishining siyosiy va iqtisodiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Xalqimiz o’zining nimalarga qodir ekanligini isbotlamoqda. Haqiqatan ham Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi». Men bu asarning tarixiy ahamiyatini shu boisdan ham beqiyos deb bilaman.
Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» asarining tarixiy ahamiyati. Mazkur asar 9 bo’limdan iborat, ushbu asar 1993 yilning avgust oyida yozilgan. Asar bozor munosabatlariga o’tishda o’xshashi bo’lmagan, betakror yaxlit andozalarni ishlab chiqish, o’zimizga xos yo’lni tanlab olish haqida batafsil mahlumot beradi. Asarning dastlabki qismida totalitar tuzum oqibatlari chuqur tahlil qilingan. SHundan kelib chiqib, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishda respublikamizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan, uning o’tmishi, hozirgi kuni va kelajakdagi taraqqiyotiga to’la-to’kis mos keladigan mutlaqo yangi andoza zarurligi talqin etilgan. Eng muhimi, bizning bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlat qurishdan boshqa yo’limiz yo’qligi aytiladi. Bu yo’l 3 tarkibiy qismdan iborat:
1. Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi.
2. Qathiy markazlashtiriligan mahmuriy-buyruqbozlik tizimidan xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan yo’liga o’tishning eng muhim printsiplari.
3. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tenglikdan chiqib ketishning, barqarorlik va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo’nalishlari.
Asardagi 9 ta muhim masalalar quyidagilardir:
1. O’tmishdan qolgan meros va iqtisodiy islohotlar zaruriyati.
2. O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limizni belgilab beruvchi shart-sharoitlar mavjudligi.
3. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish demokratik va bozor o’zgarishlarining asosi (mulkchilik munosbatlari) ekanligi ko’rsatib o’tilgan.
4. Davlatiqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishiqtisodiy islohotlar yo’lining negizi.
6. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta’minlash.
7. Kuchli ijtimoiy siyosatiqtisodiy o’zgarishlar kafolati.
8. Tashqi iqtisodiy faoliyatjahon iqtisodiyotiga yaqinlashuv yo’lida.
9. Iqtisodiy islohotning asosiy ustuvorliklari va yo’nalishlari.
Prezidentimizning ushbu asari ayni vaqtda yozilgan bo’lib, O’zbekistonning bozor islohotlari asosida rivojlantirishning o’ziga xos muhim qonuniyatlari ishlab chiqilganligi bilan ahamiyatlidir.
4-slayd Taraqqiyotning “O’zbek modeli”
Do'stlaringiz bilan baham: |