Reja: O‘zbekiston turizmini rivojlatirishda tarixiy shaharlarning o‘rni. «Sharqning qadimiy obidalari». «Jahon merosi»



Download 42,25 Kb.
bet4/9
Sana29.04.2022
Hajmi42,25 Kb.
#594862
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turizm sohasini rivojlantirishda O‘zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati.

Shahrisabz
Bog‘lar va uzumzorlarga burkangan Shahrisabz shahri hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Shahrisabzdagi dastlabki turar joylarga V–VI asrlarda asos solingan bo‘lsa, IX–X asrlarga kelib u yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur tomonidan devor bilan o‘ralganidan so‘ng u madaniyat va ilm-fan shahriga aylangan.
Qarshi shahri
Qarshi shahri Samarqand va Buxorodan Afg‘oniston va Hindistonga o‘tuvchi karvon yo‘llari asosida yuzaga kelgan. Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklariga ega. Bular: Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan Ko‘kgumbaz masjidi (1463-y.), Jome’ masjidi, Minorali Qo‘rg‘oncha (XIX–XX asrlar), Xo‘ja Abdulaziz madrasasi (XX asr), Qilichboy madrasasi (1714-y.), Zaxkok- Moron shaharchasi harobalari (eramizdan avvalgi I asr-eramizning V asri) va Qashqadaryo daryosi ustidan o‘tgan qadimiy ko‘prik kabilardir. Shaharda O‘lkashunoslik muzeyi bor. Qashqadaryoning muhim arxitektura yodgorliklari-Temuriy sulolasiga tegishli Shamsiddin Mir Kulol maqbarasi, Ko‘kgumbaz masjidi, Gumbazi Saidon maqbarasidir. Hisor tog‘larning janubi-g‘arbida 1975-yilda Qizilsoy qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Bu yerda silovsin, ayiq, qor barsi kabi noyob hayvonlarni uchratish mumkin. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik g‘orlardan biri – Amir Temur g‘ori ham shu tizmada joylashgan. Qashqadaryoda Xoja Ubaydulla, Jarroh Abduraxmon Ota, G‘ulom Naqshbandiylar ziyoratgohlari, Sulton Mirhaydar maqbarasi kabi ziyoratgohlari ham bor.


Jahon merosi
Tarixiy obidalarning YUNESKO «Jahon merosi» ro‘yxatiga kiritilishining asosiy maqsadi - o‘z hududida mashhur bo‘lgan ob’ektlarni dunyoga tanitish va himoya qilishdir. Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarga boy mamlakat. Mana shu bebaho merosimizning 140 ta ob’ektlari YUNESKO tomonidan muhofazaga olingan va tarixiy ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan. YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‘yxatiga Xivadagi Ichan Qal’a 1990-yil, Buxoroning tarixiy markazi 1993-yil, Shahrisabzning tarixiy markazi 2000-yil kiritilgan. 2001-yil 12–16-dekabr kunlari Finlandiyaning Xelsinki shahrida YUNESKOning Jahon merosi Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib, unda Samarqand shahri ham YUNESKO ning «Jahon merosi» ro‘yxatiga kiritildi.
“Webster”ning lug’atida tarix “muhim voqealarni ketma-ket yozib olib qo’yish” sifatida ta’riflanadi. U shuningdek, voqealarning sabablari va faktlar izohini ham o’z ichiga oladi. Oddiy so’zlar bilan aytganda, o’tmish voqealari tarix sifatida qabul qilinadi. Madaniy meros ajdodlarimizdan meros qilib qoldiriladi. Madaniy meros jamiyatning yoki tarix sifatida o’tmishda voqealar sodir bo’lgan joylarda sivilizatsiyaning o’ziga xos taraflarini ko’rsatib beradi.
Madaniy meros avlodlardan o’tib kelgan ham moddiy, ham nomoddiy elementlarning Ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, Atrof –muhitga oid va hatto psixologik jihatini aks ettiradi. Tarix, Madaniyat va Madaniy meros ketma-ket foydalaniladigan meroslardir. Edward Burnet Tylor fikriga ko’ra, madaniyat bilim, din,san’at, axloq-odob qoidalari, qonun va jamiyatning a’zosi sifatida kishilar ega bo’lgan boshqa bir qancha odat va qobiliyatlarni o’z ichiga qamrab olgan kompleksdir. Madaniy merosga YUNESKO tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra, madaniy merosni yo badiiy yo ramziy butun insoniyatga o’tmishdan o’tib kelgan muhim belgilarning butun bir jamlanmasi sifatida tushunish mumkin.
1) Tarixiy joylar: masalan: Chicagoda o’tkazilgan Butunjahon Diniy Kongressi tadbirlari konferensiya,uchrashuvlar, kongress, deklaratsiyala, tarixiy ahamiyatga ega bo’lganzavodlar, laboratoriyalar, kashfiyotlar, janglar, mashxur kishilar va ularning narsalari bilan bog’liq.
2) Arxeologik joylar: bunday joylar sifatida muhim arxeologik joylar yoki yodgorlik va binolar (yozma tarix vujudga kelishidan oldin bo’lgan tarixiy ahamiyatga ega joylar) nazarda tutiladi. Bunday joylar himoyalanishi mumkin, lekin tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan jihozlar, materiallar, qazish jarayonida ochib o’rganiladi.
3) Madaniy meroslar: madaniy meroslar o’z ichiga tarixiy va arxeologik jihatdan muhim bo’lgan barcha joylarni qamrab oladi. YUNESKO yodgorlik, tarixiy joylar, shahar va tabiiy joylarni qat’iy mezonlarga asoslangan ro’yxatiga kiritadi.
Butunjahon Turizm tashkiloti madaniy meros turizmini tabiatshunoslikda, insoniyat merosida, san’at, falsafa va boshqa hudud yoki mamlakat rasm-rusumlarida jamlangani deya e’tirof etadi. Bu esa biror joyga tashrif buyurish asosan, o’sha joyni tarixini hurmat qilish va madaniy meroslarini tushunish ekanligini anglatadi. 2003-yilda Timothy va Bondlar madaniy merosni 3 guruhga ajratib tasniflashgan:

  1. Moddiy yoki o’zgarmas resurslar (binolar, daryolar, tabiat hodisalari) masalan,Registon ansambili, Ichan qal’a majmui, Toj Mahal, Great Barrier Reef ( Katta Rif to’sig’i)

  2. Moddiy ko’chma resurslar (muzeylardagi narsalar, arxivdagi hujjatlar va boshqalar). Masalan, homiy Ashok xizmati va boshqalar

  3. Nomoddiy resurslar: qadriyatlar, urf-odatlar, marosimlar, yashash tarzi va festivallar, san’at va madaniy tadbirlar. Masalan, festivallar, ko’rgazmalar, Boysun folklor ansambli va shu kabilar.




Download 42,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish