Muruntov oltin koni - Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi 6—5-asrlardan maʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari boʻlishi mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20-asrning 30-yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar. 1930-yillarda Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari boʻlgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934-yilda Besapan qishlogʻi yaqinida oltin mineraliza-siyasi zonasi belgilandi. Shundan ke-yin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning jan. yon bagridagi kremniyli slanetslarda keng koʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib borildi. 1951—53 yillarda Muruntov oltin
koniHamroboyev Oʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni koʻpincha margi-mush bilan uzviy bogʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954—56 yillarda Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) bilan, ikkinchisida juda siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi maʼlum boʻldi.1958-yil oltinmargimush bogʻliqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy boʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning yuqori konsentratsiyasi mavjud boʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni oʻta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959—62 yillarda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari natijasida konning asosiy hududi belgilandi va oltinga boy uchastkalarining oʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi. Muruntov oltin konik.ningochilishigasalmokli hissa qoʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I. H. Hamroboyev, H.T.Toʻlaganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkovets va boshqalar) mamlakatning oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965—69 yillarda Muruntov oltin konik.ning sa-noat oʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969-yil 21-iyulda dastlabki mahsulot — Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga mashhur boʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan biri — "Muruntov" karyerining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—37 mln. m3 hajmida togʻ jinslari qazib olinadi, shu bilan bogʻliq boʻlgan Zarafshon shahridagi oltin ishlab chiqarish kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001-yil) qayta ishlaydi. Bu kompleks jahonda oltin ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan eng yirik korxonalar qatorida 2-oʻrinda (Indoneziyadagi "Grosberg" korxonasidan keyin) turadi.
Muruntov oltin konik.da 1995-yildan "ZarafshonNyumont" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mazkur qoʻshma korxona 1995—2001-yillar mobaynida balansdan tashqari boʻlgan va juda katta hajmda yigʻilib qolgan mineralli ; jinslar agʻdarmasining 84 mln. t sini ʻ qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi.
Muruntov oltin konik. proterozoy erasining boshlanishida hosil boʻlgan choʻkindi meta- ; morfik togʻ jinslaridan tashkil topgan toshqazigan va besapan svitalari kdtlamlaridan iborat. Ushbu katlamlarning quyi qismi yuqori darajali metamorfizmga uchragan
yashil amfi-bolli va kvars-slyudali slanetslardan, kvarsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil slanetslar miqdori kamayib, terrigen togʻ jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli rudalar katlamlarning ayni shu qismida alevrolit, qumtosh va fillitsimon slanetslardan tashkil topgan terrigen togʻ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida namoyon boʻlgan. 1 Bevosita oltin rudasini oʻzida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini 3 qismga boʻlish mumkin: ruda usti katlami ("yashil" besapan) — qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam ("aralash" besapan) — qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami ("kulrang" besapan) — qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning oʻrta qismi — "aralash" besapan qatlamida joylashgan. Oltin zarralari mavjud boʻlgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki "kulrang" besapan va ustki — "yashil" besapan qatlamlarida ham uchraydi. Mazkur besapan svitasidagi oltin mineralizatsiyasini quyidan toshqazigan svitasiga mansub choʻkindi chegaralab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |