demokratik institutlar vositasida davlat vazifasi darajasiga koʻtarish amaliyotiga erishishdir. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining institutlaridan biri sifatida Mazkur maqsadga erishishda muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlarqatlami ishtirokini ta’minlashda va ularning manfaatlarini himoyalashda ham siyosiy partiyalarning ta’siri kuchayib bormoqda. Yoshlarning ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini davlat organlari va turli nodavlat notijorat tashkilotlar vositasida himoyalash, mavjud muammolarini hal etish mumkin, lekin siyosiy partiyalarning ishtirokisiz yoshlarning siyosiy manfaatlarini himoyalash qiyin.
YOSHLAR MUAMMOLARINI HAL QILISHDA PARTIYALARNING ISHTIROKI
Partiyalarningyoshlar qatlamiga munosabatida umumiy jihatlar boʻlgani holda, dasturlarida ularning oʻz siyosiy platformalariga xos maqsad va vazifalar ham belgilanganligini qayd etish lozim. Misol uchun, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) yoshlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik koʻnikmalarini shakllantirishni, yosh tadbirkor va fermerlarga shart-sharoit yaratib berishni asosiy vazifalaridan deb biladi. Bu vazifa partiyaning mulkdorlar qatlamiga tayanishidan kelib chiqqani tabiiy holdir. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Dasturida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Dasturida yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Dasturida esa ijtimoiy adolat, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash vazifalariga e’tibor qaratiladi. Mazkur vazifalar qoʻyilishidan ham partiyalarning oʻziga xos siyosiy platformalari, Dasturiy maqsad va yoʻnalishlari mavjudligini bilish mumkin. Siyosiy partiyalar ayni vaqtda yoshlarga oid oʻz siyosatini “Yoshlar qanoti”, “Yoshlar kengashi” kabi tuzilmalar, klublar vositasida amalga oshirib kelmoqda. “Yoshlar qanoti” atamasi ilk bor Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (OʻzFMDP) tomonidan 1998-yilda ilgari surilgan. tashkil etilgan kezlari OʻzFMDP oʻzini “yoshlar partiyasi” deb e’lon qilganligini ham aytib oʻtish lozim.
Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarning umumiy a’zolari va yoshlar soni koʻrsatgichiMa’lumotlarga tayanadigan boʻlsak, mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar safida yoshlar salmogi yildan-yilga ortib borayotgani yaqqol koʻrinadi. Taqqoslash uchun bir misol: yoshlar 2004-yilda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolarining 25 foizini, 2006 yilda 40 foizini tashkil etgan boʻlsa, 2013-yil holatiga koʻra bu koʻrsatkich 48, foizga yetdi. Yoki 2004-yilda OʻzLiDeP a’zolari orasida 10 ming nafar yosh a’zo boʻlgan boʻlsa, hozirda mazkur partiyaga 80 ming nafar yigit-qiz a’zodir. Hozirda Oʻzbekiston siyosiy partiyalari umumiy a’zolarining kesimida yoshlar oʻrtacha 40 foizni tashkil etmoqda. Jumladan, 2013-yil holatiga koʻra, OʻzXDP tarkibida 118 500 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tarkibida 32 ming, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tarkibida esa 82 ming nafar yosh a’zolar bor. Siyosiy partiyalar yoshlar tuzilmalari oʻrtasida ham sogʻlom raqobat, oʻzaro gʻoyaviy kurash muhiti shakllanib bormoqda. Ularning yoshlarga oid yoʻnalishlari reallashib, yoshlarga oid siyosatining maqsad-vazifalari ham amaliy xarakter kasb etib bormoqda. Bu, ayniqsa, OʻzLiDeP va OʻzXDP yoshlar tuzilmalari faoliyatida yaqqolroq koʻrinadi.
Siyosiy partiyalar nomi
|
Umumiy a’zolar soni
|
Shundan yoshlar soni
|
Foiz %
|
OʻzXDP
|
384 500
|
118 500
|
30%
|
OʻzLiDEP
|
180 000
|
80 000
|
48%
|
Adolat SDP
|
100 000
|
32 000
|
32%
|
Milliy TDP
|
161 000
|
82 000
|
51%
|
FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI YOSHLAR HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH YO’LIDA
Ijtimoiy-siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |