1997-1999-yillarda “O‘zbek tilining qisqacha etimologik lug‘ati” chop etildi. To‘rt kitobchadagi maqolalarning talay qismi keyinchalik qaytadan tuzildi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlanib, bartaraf qilindi. Lug‘at 2000 yilda “Universitet” nashriyotida SH.Rahmatullaev nomi bilan “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” shaklida nashr qilindi. Mazkur lug‘atning birinchi jildi turkiy so‘zlar etimologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 2400dan ortiq so‘z qamrab olingan. Lug‘atning 2003 yilda e’lon qilingan II jildida arab so‘zlari va ular bilan hosilalar, 2009 yilda dunyo yuzini ko‘rgan III jildida esa forscha, tojikcha birliklar va ular bilan hosilalarning etimologiyasi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |