Reja: O`zbek nomshunosligi


ll-dars. ANTONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI



Download 29,69 Kb.
bet10/12
Sana31.12.2021
Hajmi29,69 Kb.
#259083
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
arabcha22

ll-dars. ANTONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI.

TAKRORLASH
R e j a:

1. Qarama-qarshi ma'noli so'z va qo'shimchalar haqida antonimlarning turlari.

2. Nutqda antonimlardan foydalanishning ahamiyati.

3. O'tilganlarni takrorlash.


Biz o'zimizni qurshab turgan olamni sezgi a'zolarimizning bosh miyamizga bergan axboroti yordamida bilib boramiz. Bilish jarayonida narsa va hodisalarni, harakat-holatlarni, belgi va xususiyatlarni bir-biriga zidlash, ularning o'zaro o'xshash va farqli tomonlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bizning butun bilim faoliyatimiz zidlanishlarga asoslangan desak, yanglishmaymiz. Shuning uchun zidlanishlarga bizning ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Jaloliddin Rumiy va boshqalar katta ahamiyat berganlar, xususan, Jaloliddin Rumiyning ta'kidlashlaricha, har qanday «ashyo»ning qimmati ziddi bilan ayon bo'ladi, ziddi bo'lmagan narsani ta'rif etish imkoniyatdan tashqaridadir. Tangri nurning oshkor bo'lishi uchun qorong'i etib yaratilgan mazkur olamni mavjud ayladi... Odam ro'parasida Iblisning, Muso qarshisida Fir'avnning, Ibrohim oldida Namrudning va Mustafo qarshisida Abu Jahlning paydo bo'lishini bunga misol qilib keltirish mumkin.

Ana shunday zidlanishlar tilimizda ham o'z ifodasini topgan. Birini aytishimiz bilan uning ziddi xayolimizga keladi. Masalan, oq — qora, uzun — qisqa (kalta), baland — past, dono — ahmoq; — li (suvli), — siz (suvsiz) va boshqalar.

O'zaro zid ma'noli so'z va qo'shimchalarga antonimlar deyiladi. So'z maqomidagi antonimlar lug'aviy (leksik) antonimlar, qo'shimcha maqomidagi antonimlar esa affiks antonimlar sanaladi.

Nutqimizda lug'aviy (leksik) antonimlardan foydalanish fikrimizni ta'sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma'noli so'zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san'at hosil qilinadi. Bunday san'atga tazod san'ati deyiladi.


140- mashq. Quyida berilgan so'zlarni ikki guruhga ajratib ko'chiring:

1. Sinonimlar.

2. Antonimlar.

Katta-kichik, taom-ovqat, yaxshi-yomon, qisqa-uzun, yuz-chehra, xafa-xursand, qorong'i-yorug', botir-qo'rqmas, keksa- mo'ysafid, kambag'al-bechora, urush-tinchlik, istamoq-qidirmoq, issiq-sovuq, halol-harom, tovush-ovoz, mehnatkash-ishchan, falak- osmon, tirik-o'lik, kiyim-libos, kun-tun, pishiq-xom, bosh-kalla, halak-halok, so'zladi-gapirdi, xat-xabar.




141- mashq. Berilgan maqollarni ko'chiring. Antonimlarning ostiga chizing.

1. Birlashgan daryo bo'lur, tarqalgan irmoq bo'lur. 2. Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo'q maqtansa chopilur. 4. Do'st achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo'lguncha, yaxshining yomoni bo'l. 6. Yo'g'on cho'ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko'p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo'lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo'y bir terining ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt.




Download 29,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish