Mavzu: Qarluqlar, o‘g‘uzlar, tohiriylar Mavzu: Qarluqlar, o‘g‘uzlar, tohiriylar
BULUNG‘UR TUMANI 22-IDUM
O‘qitivchi: Qodirov H
Reja: 1. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash 2. Yangi mavzuni tushuntirish 3. Mavzuni mustahkamlash
Kun tarixi: 22-dekabar – Energetiklar (Energetika sohasi xodimlari) kuni
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: “SWOT-tahlil” metodi asosida guruhlarga vazifa beriladi. Mavzudan kelib chiqib o`z mustaqil fikrlarini yozishadi.
S-Kuchli tomonlar
|
W-Davlat qudrati
|
O-Imkoniyat
|
T-Xavf-xatar
| O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: Xarita bilan ishlash: Quyidagilarni xaritadan toping Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Nasaf, Marv, Nishopur
Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI–VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori “yabg‘u” yoki “jabg‘u” deb yuritilgan. X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome masjidlar bino qilingan.Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yurtiva Farg‘ona vodiysi; janubda esa yag‘molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan.
Qarluqlar
Qarluqlar
Qarluqlar poytaxti Suyob shahri (taxminiy surat)
Qarluqlar poytaxti Suyob shahri xarobasi
Turk xoqonligi yemirilgach, o‘g‘uzlarning kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim o‘rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlatiga asos soladilar. Sirdaryo quyi oqimi bo‘yidagi Yangikent shahri O‘g‘uzlar davlatining poytaxti bo‘lgan. X asrdan boshlab o‘g‘uzlar Islom dinini qabul qiladilar. X asrning birinchi choragida O‘g‘uzlar davlati shimoli sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab, bo‘linib ketadilar. Ular o‘z yurtini tark etib, bir qismi g‘arbga, Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o‘rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi g‘arbga siljib, yangi sulola – saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi.
O‘g‘uzlar
O‘g‘uzlar
O‘g‘uzlar poytaxti Yangikent shahri xarobasi
Qipchoqlar
Bu ikki turkiy davlat faqat Movarounnahrninggina emas, balki butun O‘rta Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Bu davlatlarning aholisi shu hududda yashovchi xalqlarning etnik tarixiga ta’sir qildi. Masalan: qarluqlar o‘zbek va tojiklarning, o‘g‘uzlar turkman,ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynadi
Qarluqlar va o‘g‘uzlar
Qarluqlar (hozirgi kunda)
Qarluqlar (hozirgi kunda)
Xalifa Horun ar-Rashid (786–809) vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida 809–813-yillarda taxt uchun bo‘lgan kurash katta yo‘l ochib berdi. Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot viloyatining zodagonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813-yilda ular Bag‘dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tiradi. Buning evaziga Tohir 821-yilda Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma’mun Movarounnahr zodagonlarining ham yordamini unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg‘ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga esa Hirot tegadi
Tohiriylar
Tohiriylar
Mulkdor dehqonlarning jabr-zulmidan, davlatning og‘ir soliqlaridan bezor bo‘lgan xalq qo‘zg‘olon ko‘taradi.
Ularga “g‘oziylar” ham qo‘shiladilar.
Qo‘zg‘olonga safforiylar – miskar hunarmand aka-uka Ya’qub va Amr ibn Layslar boshchilik qiladilar.
873-yilda Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat safforiylar qo‘liga o‘tadi.
Tohiriylar
Mustahkamlash uchun savollar
Javoblar
1
1
2
3
4
5
2
3
4
5
Qarluqlar poytaxti?
Suyob
Tohiriylar davlati asoschisi?
Tohir ibn Husayn
O‘g‘uzlar poytaxti?
Yangikent
Haq din uchun kurashuvchi?
G‘oziy
Qarluqlar davlati hukmdori qanday nomlangan?
Yabg‘u
Uyga vazifa: Uyga vazifa:
Mavzuni o‘qish, savollarga yozma javob yozish
Do'stlaringiz bilan baham: |