3. Osmon sayyorasining asosiy nuqtalari va chiziqlari Agar osmon sferasini bir tekis aylanuvchi sfera deb olsak, uning aylanishining xayoliy o’qi kuzatuvchi ko’zi va qutb yulduzi yaqinidan o’tadi ana shu o’qga olam o’qi deyiladi.
K uzatuvchinnng ko’zidan o’tuvchi vertikal chiziqni ikki tomonga davom ettirsak u osmon sferasini ikki diametral qarama–qarshi nuqtalarda kesishadi. Kuzatuvchining tepasidagi nuqtaga zenit Z nuqta, unga qarama – qarshi tomondagi nuqta Z' - ga nadir nuqta deyiladi. ZOZ' to’g’ri chiziq o’sha joydagi og’irlik kuchining yo’nalishi bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. ZOZ' to’g’ri chiziqga perpendikulyar bo’lgan eng katta (SWNE) aylanaga matematik yoki haqiqiy gorizont deyiladi.
Haqiqiy gorizontni ko’rinma gorizontdan farq qilish kerak. Kuzatuvchiga yer bilan osmon tutashganday bo’lib kuringan aylana ko’rinma gorizont deb ataladi. Tekis yerda o’rta hisobda ko’rinma gorizontning uzoqligi kuzatuvchidan 7 km ni tashkil qiladi.
G orizontga parallel bo’lgan yoritgichdan o’tuvchi kichik a'Ma kichik aylanaga yoritgichning almukantarati deyiladi. Zenitdan M yoritgichdan va nadirdan o’tuvchi ZMZ' katta yarim aylanaga yoritgichni vertikali deb yuritiladi. Olam o’qi osmon sferasini ikki diametral qarama–qarshi nuqtalarda R - shimoliy qutbda va R' janubiy qutbda kesishadi. Tekisligi olam o’qiga perpendikulyar bo’lgan QWQE eng katta aylanaga osmon ekvatori aytiladi.
Osmon ekvatori osmon sferasini ikkita yarim sharga bo’ladi. Shimoliy qutb joylashgan shimoliy yarim sharga va janubiy qutb joylashgan janubiy yarim sharga.
Osmon sferasining bMb- tekisligi osmon ekvatori aylanasiga parallel bo’lgan kichik aylanaga M yoritgichning sutkalik paralleli deyiladi. Yoritgichlarning sutkalik harakati sutkalik paralleli orqali o’tadi.
Dunyo qutblaridan va yoritgichdan o’tuvchi PMP katta yarim aylanaga soat aylanasi yoki yoritgichning og’ish aylanasi deyiladi.
Osmon ekvatori matematik gorizont bilan W g’arb va Ye sharqga kesishadi. Osmon sferasining PZQSPZQN aylanasiga osmon meridiani deyiladi. Olam o’qi va shokul o’qi osmon meridiani tekisligida yotadi. Osmon sferasining osmon meridiani tekisligi yer sharini ikkita yarim sharlarga bo’ladi. Sharq Ye nuqtasiga ega bo’lgan sharqiy yarim sharga va g’arbiy W nuqtasiga ega bo’lgan g’arbiy yarim sharga.
Osmon meridiani tekisligi va matematik gorizont tekisligi uzaro NOS to’g’ri chiziqda kesishadi bu chiziqga tush chizig’i deyiladi. Osmon meridiani matematik gorizont bilan ikki nuqtada shimolga yaqin bo’lgan N – shimoliy nuqtada, janubga yaqin bo’lgan S janubiy nuqtada kesishadi. Osmon meridiani osmon ekvatori bilan ikki nuqtada ekvatorning zenitga yaqin bo’lgan yuqori Q/nuqtasida va janubga yaqin bo’lgan Q pastki nuqtasida kesishadi. PZQSP/ - yoyga osmon meridianini yuqori qismi, PNQZPyoyga esa pastki qismi deyiladi.