O’simliklar qoplamini klassifikatsiyaga solish.
Reja:
O`simliklar qoplami haqida tushuncha
O`zbekistondagi o`simliklar qoplami
O’simliklar qoplamini klassifikatsiyaga solish.
O`simliklar sistematikasining vazifasi yer sharidagi hamma o`simliklarni ta`riflash va ayrim turlar hamda turlar guruhining qarindoshligini evalyutsiya asosida aniqlashdan iboratdir.
O`simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo`lgan o`simliklar dunyosini biror qarindoshlik belgilari bilan xarakterlanuvchi alohida guruhlarga bo`ladi.
O`simliklar sistematikasi o`simlik turlarining xilma- xilligini va buning sabablarini o`rganadi.
Uning vazifasi quyidagicha.
1. O`simliklarni klassifikatsiya qilish va uning rivojlanish tarixini o`rganish.
2. O`simliklarni o`rganishda turli uslublardan foydalanish.
Hozirgi zamon o`simlilkar sistematikasi filogentik sistema asosida tuzilgan. Bu sistema o`simliklar morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fiziologik va bioximik xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o`zaro munosabatlariga asoslanadi.
Hozirgi zamon sistematikasi o`simliklarni puxta o`rganish uchun, quyidagi usullardan foydalanadi.
O`simlilkarni paydo bo`lishini solishtirish solishtirma- morfologik usul.
Individual rivojlanishini o`rganish ontogenetik usul.
O`tgan geologik davrlarda o`sgan o`simliklar to`g`risidagi ma`lumotlarni yig`ish (paleobotanik usul)
O`simlik organizmlarining anotomik tuzilishini o`rganish (anotomik usul).
Har bir o`simlikning tarqalish xududini o`rganish (geografik usul).
Bulardan tashqari sistematika fani yana bir qancha boshqa yordamchi usullardan foydalandi. Botanika va agronomiya fani bir umumiy obyektni o`rganadi va ularni ish uslublari hamda rivojlanish tarixi o`zaro chambarchas bog`liqdir.
Botanika hamma o`simliklarni turli- tumanligini, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini, agronomiya esa- madaniy o`simlilkarni yetishtirishni o`rganadi. Botanika asosida agronomiya fani vujudga kelgan. Har ikki fanning maqsadi bitta, u ham bo`lsa o`simliklardan foydalangan holda insonlarning ularga bo`lgan extiyojini to`laroq qondirishdir.
Yaylov va pichanzor o`simliklarini o`rganishda, agromeliorativ ishlarni tashkil qilishda agronom botanik sifatida, botanik esa agronom sifatida ish yuritadi. Shuning uchun ham agronom va botanik o`rtasida keskin chegara bo`lishi mumkin emas.
Yuqoridagi usullarda o`rganilgan o`simliklar turli guruhlarga bo`linadi, shu guruhlar taksanomik birliklar yoki sistematik birliklar deyiladi.
Hozir sistematikada 6 ta taksanomik birlik keng qo`llaniladi:
Bo`lim - Divisio, sinf - Ceassis, tartib - Ordo, oila-Familia, avlod - Genus, tur - Species.
O`simliklar olamini xilma-xilliklarini klassifikatsiyalashga urinish eramizdan avvalgi asrdayok boshlangan. Teofrast eramizdan avvalgi uchunchi asrda o`simliklarni daraxt, buta, butacha, o`tlarga hamda botqoq o`simliklari, ko`l o`simlilkari va hokazolarga ajratgan edi. O`rta asrlarda ham o`simliklar sistematikasi yaratilagan, bunda o`simliklar olamini guruhlarga bo`lishda ular mevasini shakli, urug`ini joylanishi yoki gullarni bor yo`qligi va hokazo kabi belgilar asos qilib olingan edi. Bunday sistemalar sun`iy sistema deb atalgan, chunki ular o`simliklarni tasodifiy belgilariga asoslangan bo`lib, ularni qarindoshlik belgilarini yoki o`simliklar ayrim gruxlari orasidagi farqni amalda ko`rsatib bera olmagan.
O`simliklar sistematikasi rivojlanishidagi muhim davr shved olimi K. Linneyning (1738y) “O`simliklarni sinfi” degan asari yaratilishi bilan boshlanadi. Linney bu asarida hamma o`simlik turlarini 24 ta sinfga bo`lgan edi.
Linney o`simliklar olamini muayyan sinflarga bo`lishda guldagi otaliklarning soni va ularning birikib o`sish usullarini asos qilib oladi va bu bilan o`simliklar klassifikatsiyasini birmuncha sodda va qulay sistemasini yaratadi. O`simliklar olamini turli tumanligini hozirgi zamon sistematikasi ikkita katta bo`limga: tuban yoki tallomli va yuksak yoki barg poyali o`simliklarga bo`ladi.
Tuban o`simliklar. Tuban o`simliklar kelib chiqishi jihatidan sodda tuzilgan organizmlar bo`lib, ularning tanasi organ (ildiz, poya, barg) larga ajralmagan va haqiqiy to`qimalari bo`lmaydi. Ularning tanasi kattana yoki tallom deb ataladi. Hozir 200 mingdan ortiq turi aniqlangan (ko`pi suvda). Shundan 3000 dan ortiq tur va shakillari O`zbekistonda tarqalgan.
Ayrim tuban o`simlik vakillarida (shilimshiq zamburug`lar, zamburug`lar, bakteriyalar) xlorofil bo`lmaganligi sababli, ular karbonat angidridni mustakil o`zlashtira olmaydi. Natijada tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Bularni geterotrof deyiladi. Bu organizmlarning ba`zi vakillari o`simlik va hayvon qoldiqlari, ya`ni chirindilar hisobiga yashaydi. Oziqlanish usulining bu turiga kiradigan o`simliklarni saprofit organizmlar deb yuritiladi. Yana ayrimlari esa tirik o`simlik yoki hayvonlar hisobiga yashaydi. Va ular parazit organizmlar deyiladi. Tuban o`simliklardan suv o`tlari avtotrof yo`l bilan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |