PYER ABELYAR - Britaniyada tug’ilgan P. Abelyar (1079-1142) juda yoshligidanoq o'z bilimi bilan mashhur edi. Abelyar — mo'tadil realistdir. Uning ta'kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab xudo aqlida mavjuddir, undan keyin narsalarning o'zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar «Men e'tiqod qilish uchun bilaman» degan g’oyani ilgari surgan. Ya'ni bilmaydigan, bilimsiz kishidan ko'ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o'rgangan kishi abzal. Bunday kishi aqidaparast emas, balki o'zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |