Optik kuchaytirgichlarning klassifikatsiyasi va asosiy parametrlari
Optik kuchaytirgichlar quyidagicha belgilanadi va optik kuchaytirgichlar quyidagi parametrlar orqali aniqlanadi:
1. To'yinish quvvati Рt.chiq-maksimal chiqish quvvatini aniqlaydi. Maksimal quvvat 36dBq (4 Vt)dan oshishi mumkin. 2. Kuchayish koeffitsienti: g=10lg Ps.chiq/Ps.kir
bu erda, Рs.chiq- chiqish signalining quvvati; Рs.kirish - kirish signalining quvvati Kuchayish »40dB gacha etishi mumkin. 3. Shovqin-faktor NF kuchaytirgich kirishidagi signal/shovqin nisbatini chiqishdagi signal/shovqin nisbati orqali aniqlanadi: NF=(Ps.kir/Pshov.kir)/(Ps.chiq/Pshov.chiq) NF=5-6 dB.
1,2, ,N
1,2,,..,N
Ma'lumki, mikrozarralar - molekulalar, atomlar, ionlar, yadrolar va elektronlarning harakati kvant mexanikasi qonunlariga bo'ysunadi. Shu sababli bunday zarrachalar majmui kvant tizimlari deb ataladi.
Optik kuchaytirgichlarning ish prinsipi
Yarim o'tkazgichning energetik diagrammasi.
Yarim o'tkazgichli lazer kuchaytirgichlar ikki kamchiligi tufayli keng tarqalmagan. Ularni yorug'lik nurlantiruvchi aktiv qatlami 1 mkm qalinlikka ega, bu esa yorug'lik oqimlarining katta qismini kirish tolasidan aktiv qatlamga tushishini chegaralaydi (bir modali tolalarning diametri 9 mkm). Natijada oqimlar yo'qoladi va foydali kuchaytirish koeffisienti kamayadi. Kirishdagi tola bilan aktiv qatlam orasida linzalar joylashtirib, kuchaytirgichning foydali kuchaytirish koeffisientini oshirish mumkin.
Shuningdek, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlarning kuchaytirishi nurlanish qutblanishini yo'nalishiga bog'liq. Optik tolada qutblanishni nazorat qilishning iloji yo'qligi, bunday kuchaytirgichlarda 4-8 dB gacha yo'qotishlarga olib keladi. Shuning uchun yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlarni yorug'lik nurlanish manbalari bilan birgalikda ishlab chiqarilgandagina qo'llash kerak. Bu nurlanish quvvatini oshirish maqsadida qilinadi.
Yarim o'tkazgichli optik kuchaytirgichlar
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning tuzilishi
Kuchaytirgichning aktiv sohasi o'zagi aralashmalar bilan legirlangan bir modali tola hisoblanadi. Aktiv sohaga tashqi lazer orqali optik kuch berilishidan erbiy aralashmasining uch sathli atom tizimi hosil bo'ladi
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning uch sathli atom tizimining energetik diagrammasi
Aralashmali tolali optik kuchaytirgichning xarakteristika va parametrlari Kuchaytirish koeffisienti kirish signallarini amplitudasiga va to'lqin uzunligiga bog'liq. Kirish signallarining amplitudasi oshishi bilan kuchaytirish pasayadi va chiqishdagi signal to'yinishga intiladi
Kirish optik signallari quvvatining turli qiymatlarida kremniy asosidagi EDFA kuchaytirgichlarining kuchaytirish koeffitsienti
Kuchaytirgich kirishiga kuchaytirish uchun DWDM signallari berilgandagi chiqish quvvatining (signal va shoqin) egriligi: a) kremniy asosidagi kuchay tirgichlar (1540 nm oralig'ida signal shovqin nisbatini pasayishi kuzatiladi; b) ftor-sirkonat asosidagi kuchaytirgichlar
Optik kuchaytirgichlar vazifasiga qarab dastlabki, liniya va quvvat kuchaytirgichlariga bo' linadi. Old, dastlabki kuchaytirgichlar regenerator kirishida o'rnatiladi va signal/shovqin nisbatini oshirishga yordam beradi. Juda kichik sahli (-45...-30 dBq) signallarni kuchaytirishga mo'ljallangan. Liniyaviy kuchaytirgichlari signal buzilishlarini bartaraf etish zaruriyati bo'lmasa, regeneratorlar o'rnini bosishi mumkin. Quvvat kuchaytirgichlari lazer uzatgichlarning chiqishida o'rnatiladi va oraliq kuchaytirish punktlari orasidagi masofani uzaytirishga yordam beradi.
Optik kuchaytirgichlarni qo'llash usulari
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |