Kiritish va chiqarish – bu kiritilayotgan va chiqarilayotgan berilganlarni ko’chirish jarayonidir. Berilganlarni boshqarish dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bular kiritish va chiqarish, filtr va komunikatsiya dasturlaridir. Bu dasturlar yordamida foydalanuvchi berilganlarni uzatishda o’z yo’nalishini tashkil qilishi mumkin. Berilganlarni majmuasini ixtiyoriy qurilma va xotiraning ixtiyoriy adresiga yo’naltirishi mumkin. Filtrdan foydalanib berilganlarni tartiblash va so’ngra chiqarish oqimiga yo’naltirish mumkin.
Kiritish va chiqarish standart qurilmalari. Odatda berilganlarni kiritish uchun klaviaturadan foydalaniladi. Ma’lum amallar ketma-ketligi bajarilgandan so’ng ma’lumotlar majmuasi monitorga chiqariladi. Shu sababli klaviatura kiritish standart qurilmasi, monitor esa chiqarish standart qurilmasi deb xisoblanadi. OCda nostandart bo’lmagan qurilmalarni kiritish – chiqarish qurilmasi deb e’lon qiluvchi yo’naluvchi funksiyalar mavjud. Bunday qurilmalar “beriferiya” kiritish – chiqarish qurilmalari deyiladi, chunki ular real kompyuterga nisbatan qabul qilingan deb hisoblanadi.
Berilganlarni saqlanishi:
*Ketma-ket, agar foydalaniladigan berilganlar xoirada ketma-ket joylashgan bo’lsa, u holda xotiraning navbatdagi manzilidan berilganlarni olish uchun har safar keyingi manzil qidirilmasdan kerakli berilganlar ketma-ket tanlab olinadi.
*Indeksli, berilganlarning navbatdagi qismi tugagandan so’ng o’zining davomi qayerda joylashganligi xaqidagi malumot bevosita berilganlardan keyin joylashgan bo’ladi bu ma’lumot tahlil qilinib, berilganlarning ko’rsatilgan joydan boshlab talqin qilinadi.
*Indeksli-ketma-ket, indeksli boshqarishdan farqi berilganlar davomi ko’rsatilgan joydan bir emas balki bir nechta berilganlar birligidan iborat ketma-ketlik ko’rinishda beriladi.
Himoya. OC da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo’lishi kerak. Himoyalanish OC tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturidan va foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo’ladi. Har qanday OC o’z tarkibiga kirgan dasturlarni himoyalashi ko’zda tutilgan bo’ladi. Biroq, bu himoyalanish buzilishi mumkin,buzilish, odatda, tashqi aralashuv natijasida ro’y beradi. Shu sababli OC tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman ta’qiqlab qo’yilgan. Albatta, bunday ta’qiqni malakali foydalanuvchi “aylanib” o’tishi mumkin, biroq bunday usul tavsiya qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |