Reja: Ona tili o'qitish metodikasining predmeti



Download 19,71 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,71 Kb.
#203823
Bog'liq
1-4-Sinf Darslarida Husnuxatni Rejalashtirish darajalari


1-4-Sinf Darslarida Husnuxatni Rejalashtirish darajalari

Reja:


1. Ona tili o'qitish metodikasining predmeti

2. Husnixat darslarini rejalashtirish namunasi 


1-sinf uchun   

3. Ona tili o'qitish metodikasining asosiy vazifalari.



1-4-SINFLARDA      HUSNIXAT  DARSLARI 
    Boshlang’ich sinf o’quvchilari husnixat malakalarini o’qtuvchilarning o’zlari 
tayyorlaydilar. Matn tanlashda quyidagilarga rioya qilish lozim. 
-umumdidaktik talablar asosida tanlanadi 
-materiallarning  mavsumga mos bo’lishi  
-bosqichli ketma-ketlik tamoyiliga amal qilinishi 
-husnixat materialining o’rganiladigan mavzu bilan bog’lanishiga 
-imlo bilan bog’lanishiga 
-bolalar hayoti bilan bog’lanishiga 
-ajratilgan vaqtga mosligiga 
 Amaldagi dasturga muvofiq boshlang’ich sinflarda husnixat: 1) bir dars 
ajratiladi 2-dasrning ma’lum daqiqalari ajratiladi. 
     1-sinfda husnixat yuzasidan o’quvchilarda quyidagi malakalarni 
shakllantirish ko’zda tutiladi. 
-yozuv jarayonida partada to’g’ri o’tirish; 
-daftarni 65 gradus qiyalikda qo’yish; 
-ruchkani to’g’ri ushlash; 
-yozuv chiziqlarini farqlash; 
-so’zlar orasidagi bir xil tenglikda saqlanishi. 
     Dastur talablarini to’liq amalga oshirish uchun ishni rejalashtirib olish lozim. 
Rejalashtirishda husnixarga o’rganish jarayonida ish turlarining qiziqarli va turli 
tuman bo’lishiga e’tibor qaratiladi. 
     Boshlang’ich sinfda o’quv dasturi;1-sinfning ikkinchi yarim yilida o’qituvchi 
husnixatga o’rgatishni ona tili darslariga qo’shib olib boradi. Bu davrga kelib 
yozuv sharti ham o’zgaradi. O’quvchilarning daftarida harf namunasi yo’qligi 
tufayli ular qo’shishga bir qancha shartlarni bajaradilar. Jumladan bosma harfni 
yozma harfga aylantiradilar. Bundan tashqari mashq shartlari ham bajarilishi 
lozim. O’qituvchi husnixat daqiqasini rejalashtirihda albatta yuqoridagi 
holatlarni hisobga olishi lozim. 
Shuningdek, ikkinchi sinfda chiroyli yozuv malakasini shakllantirish quyidagi 
vazifalarni o’z ichiga oladi: 
1. Partada to’g’ri o’tirish, ruchkani ushlash, daftarni to’g’ri tutish. 
2. O’quvchilarda chiroyli yozishga qiziqish uyg’otish 
3.Husnihat darslarini sanoq-ohang usullari va jismoniy mashqlar bilan bog’lab 
olib borish 
4.O’quvchilarning chamalab yozish qobiliyatlarini o’stiruvchi mashqlar 
bajartirish 
5.Qo’l va barmoq muskullari harakatini o’tiruvchi mashqlar bajartirish 
6. Harflarni qo’l harakatini uzmasdan tutashtirib yozishga o’rgatish 
7. Kichik va bosh harflarni ajratib yozishga o’rgatish 
8. Xato yozilgan harflar yuzasidan mashqlar bajarirish 
9. Darsda yozib mashq qilish 
 
HUSNIXAT DARSLARINI REJALASHTIRISH NAMUNASI 
1-SINF UCHUN   (17 SOAT) 
    2-sinf husnixat uchun har haftada ona-tili darsining oxirgi bir soati ajratiladi 
va  o’quv  yili  davomida  33soatni  tashkil  etadi.2-sinfda  husnixat  darslarini 
rejalashtirganda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
  a)bir chiziqli daftarga yozish qiyinligini hisobga olib harflarni genetic tamoyili 
asosida yozdirish 
 b)  har  bir  harfning  o’zidan  oldingi  va  o’zidan  keyingi  harfga  tutashtirilishini  o’rgatish 
   c) harflarni elementlarning o’xshashligini hisobga olgan holda guruhlash 
   d) bosh harflarni elementlarning yuqoriga va pastki tomon tushishini hisobga 
olgan holda guruhlash 
    e) imlosi qiyin bo’lgan so’zlarni yozuv materiali sifatida tanlash 
      f)yozuv  suratini  oz-ozdan  tekshirib  boorish  maqsadida  material  hajmini 
ko’paytirib borish.   Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinm alarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jam iyat a’zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta ’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilaming o'zaro munosabati, his-tuyg'ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. M aktabda ona tilini chuqur o'rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. K.D.Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. „Ajoyib o'qituvchi bo'lgan ona tili bolaga ko'p narsani o'rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko'p narsa o'rganadiki, ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to'g'ri o'qiganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Ona tilining ulug' pedagogligi ham ana shundadir"5, — deydi u. Shuning uchun ham

boshlang'ich sinflarda ona tilini o'rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ona tili darslarida ongli o'qish va savodli yozishga o'rganadilar, og'zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar.

Ona tili sohasidagi ko'nikm a-m alakalar (nutq, o'qish va yozishga oid malakalar) o'quvchilam ing o'quv m ehnatining zaruriy sharti va vositasidir. O'quvchi o'qish ko'nikm alarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda, o'zining ona tilini o'rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlami o'qitish vositasi hamdir: jam iyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordam ida o'rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham alohida o'rin tutadi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o'qigan bola o'zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang'ich sinflarda asosiy o'rinni egallar ekan, har bir o'quvchida ona tiliga qiziqish va m uhabbatni tarbiyalab borish zarur. Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. O'qish, yozuv, grammatik materialni o'rganish, kuzatishlar hamda o'quvchilam ing ijtimoiy faoliyatlari bilan bog'liq holda, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish.

2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o'rgatish, ya’ni ularni elem entar o'qish va yozishga o'rgatish, bu ko'nikm alarni malakaga aylantirish.

3. Adabiy til m e’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to 'g 'ri talaffuzni o'rganish, nutq va uslubiy elem entlarni egallash.

4. Gramm atika, fonetika, leksikologiyadan nazariy m ateriallarni o'rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.

5. O'quvchilarni o'qish va gram m atika darslari orqali badiiy, ilmiyom mabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko'nikmasini hosil qilish.

Bu vazifalarning hammasini boshlang'ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo'lib, unda o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko'nikm a va m alakalar darajasiga qo'yilgan asosiy talablar belgilangan bo'ladi. O'qituvchi va o'quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar. Boshlang'ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:

1. Tushuntirish xati.

2. Asosiy qism. Tushuntirish xatida ona tili predm etining tutgan o'rni, lining vazifalari ko'rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Dasturning asosiy qismi quyidagi bo'lim lardan tashkil topgan:

1. Savod о ‘/•garish va nutq о 'stirish.

2. Sinfda, sinfdan tashqari о 'qish va nutq о ‘stirish.

3. fonetika, grammatika, imlo va nutq o'stirish.



Ularda o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar mazmuni va ularning bilim, ko'nikmalariga qo'yilgan talablar ko'rsatiladi: Har bir bo'lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, „Sinfda, sinfdan tashqari o'qish va nutq o'stirish" bo'limi „Sinfda o'qish", „Sinfdan tashqari o'qish", „O'qish mavzulari". „O'qish ko'nikmalari". „M atn ustida ishlash" kabi qismlarni o'z ichiga oladi.
Download 19,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish