Muallif asab tizimining uchta asosiy xususiyatiga alohida aha-miyat beradi, chunonchi:
1) qo`zg`alish jarayoni va tormozlanish (to`xtalish) jarayonining kuchi;
2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlik darajasi (asab tizimining muvoza-natlashgani);
3) qo`zg`alishning tormozlanishi bilan almashinish tezli-gi (asab jarayonlarining harakatchanligi).
I. P. Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador asab tizimi xususiyatlarining o`zaro qo`shiluvini asab tizimining turi deb nomlaydi va uni to`rtta turga ajratadi:
a) kuchli, muvozanatli, epchil;
b)kuchli, muvozanatsiz, epchil;
c) kuchli, muvozanatli, sust;
d) kuchsiz tur.
2. Xarakter haqida tushuncha
Ijtimoiy hayotda turmush kechirayotgan va faoliyat ko`rsatayot-gan har qanday shaxs o`zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xis-latlarida o`z ifodasini topadi. «Xarakter» tushunchasi yunoncha so`z boiib, «charakter» - bosilgan tamg`a yoki qiyofa, xislat degan ma`noni anglatsada, lekin u psixologiyada torroq mazmunda qo`llaniladi.
Xarakter - shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo`ladigan barqaror individual xususiyatlari bo`lib, individ uchun turli xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Shaxs ba`zida o`z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishning uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixolog-larning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlik-dan xavfsirashga qaraganda, ular o`z yutuqlarini yuksakroq qadrlaydi-lar va yuqori baholaydilar.
Xarakter xislatlarining namoyon bo`lishi bilan asab tizimi qiyoslansa, u holda, birinchisining ro`yobga chiqishi o`zgacha fiziologik sharoitga asoslanishini ko`rish mumkin. Sobiq sovet psi-xologiyasida ta`kidlanishicha, asab tizimi umumiy turining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi.
Shaxs xarakterining tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig`indisidan iborat emas, balki o`zaro bir-biriga bog`liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi, Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo`lish notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to`rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
jamoa (guruh)ga va ba`zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takab-burlik va boshqalar;
mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas`uliyatlilik, ma-s`uliyatsizlik kabilar;
narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo;
shaxsning o`ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag`rurlik, takabburlik, dimog`dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |