Reja: Oksidlar. Kislotalar



Download 369,16 Kb.
bet3/3
Sana25.03.2022
Hajmi369,16 Kb.
#508670
1   2   3
Bog'liq
ANORGANIK MODDALARNING ENG MUHIM SINFLARI

Ishlatilishi. Tabiatda uchraydigan asosli oksidlardan temir (FeO, Fe2O3 Fe3O4va mis (CuO) oksidlari bevosita metall (temir va mis) olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. ZnO, Fe2O2 va Cr2O2 kabi oksidlar bo'yoqlar tarkibini tashkil qiladi.
Bir qator metallarni kislorodsiz tabiiy birikmalardan ajratib olishda oraliq mahsulot sifatida ulaming oksidlari hosil qilinib, keyin metall ajratib olinadi. Turmushda keng qo'llaniladigan asosli oksidlardan biri kalsiy oksid — CaO bo'lib, u tabiiy ohaktoshni (CaCO2) kuydirish yo'li bilan olinadi. CaO -o'ndirilmagan ohak qurilish ishlarida keng qo'llanilishini bilasiz u metallurgiya va oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.



Oksidlar — elementlarning kislorodli birikmalari. Normal oksid molekulasi tarkibidagi barcha kislorod atomlari faqat oʻsha element atomlariga birikkan boʻladi, lekin oʻzaro birikmaydi. Peroksid, superoksid va ozonidlar (peroksid va peroksid birikmalar) tarkibida kislorod atomlari fakat element atomlariga birikib qolmay, bir-biri bilan ham birikadi (mas, SnO2 — normal oksid, Na2O2 — peroksid). Normal Oksid elementlarning kislorod bilan bevosita birikishidan, elementlarning gidroksidlari karbonat, nitrat, sulfat va boshqa kislorodli kislotalar tuzlarining ajralishidan hosil boʻladi.
Oksidning nomlanishi quyidagicha: a) agar element kislorod bilan faqat 1 ta kislorodli birikma hosil qilsa, u oksid deb ataladi. Mas, Al2O3 — alyuminiy oksid, MgO — magniy oksid; b) elementning bir necha Oksidi maʼlum boʻlsa, uning oksidlanish darajasi eʼtiborga olinadi: CuO mis (-oksid, CuO — mis (II)-oksid, Cr2O3 — xrom (III)-oksid, CrO3 — xrom (VI)-oksid va h.k.; v) elementning oksidi suv taʼsirida kislotaga aylansa (yoki kislotadan yoxud uning tuzidan olini-shi mumkin boʻlsa) ayni oksid oʻsha kislotaning angidridi deb ataladi: SO3— sulfat angidrid, SO2 — sulfit angidrid.
Normal Oksid — asosli, kislotali amfoter (oraliq) va befarq oksidlar deb, 4 guruhga boʻlinadi. Mendeleyev davriy sistemasida davr ichida chapdan oʻngga utgan sari Oksidning xossalari asoslilikdan amfoterlilikka, soʻngra kislotalikka aylanadi. Mas, III davr elementlari ok-sidlaridan Na2O, MgO asosli O; Al2O3 — amfoter oksid; SiO2, P2O5, SO3 va S12O7— kislotali O.dir. Elementning oksidlanish darajasi ortgan sari ok-sidlarning asoslik xossalari kuchsizlanib boradi: MpO — asos xossasiga, Mg>02 — amfoter xossaga, Mp2O7 — kislota xossasiga ega.
Baʼzi Oksid tuzlar hosil qilmaganligidan ularga indifferent yoki befarq Oksid nomi berilgan (mas, CO va NO). Koʻpchilik O. tabiatda uchraydi. Tabiatda eng koʻp uchraydigan Oksid dan biri suv — vodorod oksiddir. Silikat angidrid (SiO2) koʻpgina togʻ jinslari tarkibiga kiradi.
Oksid turmush va texnikada keng qoʻllanadi. Mas, soʻndirilmagan ohak CaO — qurilishda, NO2, SO2 — nitrat va sulfat kislota ishlab chiqarishda, baʼzi metallarning oksidlaridan iborat aralashmalar esa katalizatorlar sifatida ishlatiladi.

Tuzlar — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar.
Ularga metall kationlari (yoki ammoniy{\displaystyle ~\mathrm {NH_{4}^{+}} }; fosfoniy; gidroksoniy {\displaystyle ~\mathrm {H_{3}O^{+}} }kationlari) va kislota qoldigʻi anionlaridan tashkil topgan moddalar kiradi. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, tuzlar eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4R2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi ON~ guruxlarining birini xlor ioni S1~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KA1(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan kompleks tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
Tuzlar laboratoriya usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning tavsifli xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlaridagi tuz konlari 1943—48-yillarda ilk oʻzbek kimyogarlaridan S. Muqimov (1899—1956) ragʻbarligidagi ilmiy ekspeditsiya tomonidan oʻrganildi. "Dengizkoʻl" (Buxoro), "Tuzkon" (Jizzax), "Shoʻrkon" (Fargʻona), "Xoʻjakon" (Surxondaryo) shoʻr suv havzalarining mineral, tuzli eritmalarning gidrokimyoviy tarkibi, tuzli qatlamlarning hosil boʻlish qonuniyatlari aniklandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir katorda qimmatli natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli tuzlarga boy ekanligi, tuzli qatlamlarda natriy xloriddan tashqari, tarkibida magniy va natriy boʻlgan astraxonit va eleolit koʻrinishidagi minerallar borligi koʻrsatib beriddi. Tajribalar natijasida tuzli konlardan amalda foydalanish, tuzli eritmalar va suv havzalari tubidagi balchikdarni mahalliy shifoxonalarda muolajalar uchun qoʻllash tavsiya etildi.
Tuzlar tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. Tuzlar hayvon va oʻsimlik organizmining muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga ishlatib kelinadi. Tibbiyotda ham turli tuzlar ishlatiladi. Metallurgiya, shisha, toʻqimachilik, koʻn, lokboʻyoq sanoatlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda tuzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi tuzlar (mas., ammoniy nitrat, kaliy nitrat, kaliy sulfat) mineral oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Kundalik roʻzgʻorda isteʼmol uchun NaCl tuzi (osh tuzi) ishlatiladi.
Download 369,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish