Oilada er-xotinning reproduktiv ko’rsatkichlari haqida ma’lumot
Raqamlardan so’nggi 60 yildan ziyod vaqt oralig’ida ayollarning ertaroq turmush qurishi, reproduktiv funktsiyalarning yomon bajarilishi, ya’ni ushbu davrning qisqarib borayotganligi, onalik davrining ham kamligi, erta yoki o’ta kech ona bo’lish holatlarining kuzatilayotganligi ayon bo’lib turibdi. Demak, reproduktiv xulqning asosiy parametrlarida jiddiy o’zgarishlar kuzatilmoqda.
Bu kabi muammolar O’zbekiston uchun ham xosdir. Lekin bizda xotin-qizlarning reproduktiv madaniyati va ustanovkalari Evropa mamlakatlaridagidan farq qiladi.
Mamlakatimiz aholisining reproduktiv ustanovkalarini o’rganish bo’yicha olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, ayni paytdagi farzandlar soni – real bola soni so’raluvchilarda shahar bilan qishloqda o’ziga xoslikka ega (7.2-jadval). Masalan, 2002 yilda shaharlik respondentlarning 34,9 foizi 2 ta farzandga, salkam 30 foizi 3 ta farzandga ega bo’lsa, bu raqamlar 2004 yilda mos ravishda 33,6 va 25,2 ni tashkil etdi.
Qishloq oilasidagi real reproduktiv ustanovka 2002 yilda 37,7 foizi 2 ta, 24,0 foizi 3 ta, 19,2 foizi 1 ta bolali bo’lgan bo’lsa, 2004 yilda 2 va 3 nafar farzandlilar kamaygan, negadir ko’pbolalilar oshgan, bu raqamlarni yana bir takror tekshirish kerak. CHunki 2003 yilda Farg’ona vodiysi, Samarqandda o’tkazilgan tadqiqotlarida ko’p bolali oilalar soni keskin kamaygan.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma’naviy immunitetli, o‘zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyati kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o‘zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtiga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan muqaddas zaminimizning yot va begona ta’sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo‘ladi.
Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyunda «O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PQ-3808-son qarori hamda 2020 yil 18 fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5938-son Farmoni qabul qilingan. Ushbu ikki muhim hujjatga ko'ra respublikamizda ham «Xalqaro oila kuni»ni nishonlash belgilandi.
Yurtimizda oilani mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyatlarda yuksak e'tiroflarga sazovor bo'layotganligi ham bejiz emas. Qonunchiligimizga nazar solar ekanmiz oilaga katta e'tibor berilganligini, jumladan, uni qanday tashkil qilish, oila a'zolarining huquqlari va burchlari, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga urg'u berib o'tilganligini ko'rishimiz mumkin.
Inson hayoti oiladan boshlanadi. Bu erda u shaxs sifatida shakllanadi. Oila – bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va hamjihatlik manbai asosida etuk jamiyatni barpo etadi. Oilaning farovonligi mamlakat rivojining o'lchovi sifatida baholanadi. Zotan, oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini ta'minlovchi, ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi maskandir. Oilamiz hamisha tinch bo'lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |