Mavzu: Corel draw dasturida obektlar bilan ishlash.
Reja:
1. Obyektlar
2. Bo`yash. Soxa chegaralari bilan ishlash.
3. Obyektlarni joylashtirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`g’ri keladi.
Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
A) Belgilash
B) O`chirish
V) Nusxa olish va nusxani qo`yish.
G) Bir nechta obyektlarni belgilash.
D) Kattalashtirish va kichraytirish.
E) Obyektni siljitish.
J) Belgilashni olib tashlash.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida to`xtalib o`tamiz.
Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan «Uskunalar paneli»dan foydalaniladi.Hujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek 8ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin.
Shu joyda bir narsani eslatib o`tish joizki, kerak bo`lsa boshqa dasturlardan ham obyektlarni qo`yish mumkin.
Belgilangan obyektni o`chirish uchun esa klaviaturada «Delete» tugmasi bosiladi. Natijada shu rasm o`chadi.
Belgilangan obyektdan nusxa olish uchun esa Edit-Copy amallari bajariladi. Natijada shu obyektdan nusxa olinadi.
Nusxasini qo`yish uchun esa Edit-Paste amallari bajariladi.
Yoki belgilangan obyektdan boshqa usul yordamida ham nusxa olish mumkin, ya’ni Edit-Dublikate amallari bajarilsa kifoya.
Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar belgilanadi. Hamma obyektlarni belgilash uchun klaviaturada Shift tugmasi bosiq turilgan holda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi. (Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan usul yordamida).Obyekt (obyektlarni) kattaligini o`zgartirish uchun bu obyekt (obyektlar) belgilanadi. Natijada 2-rasmda ko`rsatilganidek ular ustida markerlar hosil bo`ladi.
Marker ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan holda obyektga kerakli kattalik beriladi. Obyektning kerakli kattaligi hosil qilib bo`lingandan so`ng sichqoncha chap tugmasi qo`yib yuboriladi.Belgilashni olib tashlash uchun klaviaturada Ctrl tugmasi bosilsa kifoya.Obyektning chegaraga va ichki qismiga rang berish uchun Corel Draw oynasining o`ng qismida joylashgan ranglar palitrasidan foydalanish mumkin.Buning uchun Corel Draw oynasida qo`shimcha oynani hosil qilish kerak-Objekt Properties oynasini. (bu oynani quyidagicha hosil qilish mumkin: obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, o`ng tugmasi bosiladi, chiqqan buyruqlar ichidan-Properties buyrug’i tanlanadi.Obyekt holatlarini o`rnatish uchun obyekt (obyektlar) belgilanib, belgilangan obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib o`ng tugma bosiladi. Natijada belgilangan obyektga tegishli qo`shimcha buyruqlar chiqadi.
Group-belgilangan obyektlarni birlashtiradi, ya’ni bitta obyektga aylantiradi. (Ungroup-birlashtirishni bekor qiladi)
Lock Objekt-belgilangan obyektni qotirib qo`yadi, ya’ni bu obyekt ustida xech qanday ishlarni bajarib bo`lmaydi.
(UnLock Objekt-qotirishni olib tashlaydi, ya’ni obyekt biz xoxlagan ishni bajarish imkoniga bo`lamiz).
Order-obyektning boshqa obyektlarga nisbatan joylashishini belgilaydi.
To Front-belgilangan obyektni birinchi o`ringa joylashtiradi.
To Back-belgilangan obyektni oxirgi o`ringa joylashtiradi.
Forward One-belgilangan obyektni oxiridan ikkinchi o`ringa joylashtiradi.
Back One-belgilangan obyektni yuqoridan ikkinchi o`ringa joylashtiradi.
In Front Off-belgilangan obyektni kerakli obyektga nisbatan asosiy o`ringa joylatiradi.
Behind-belgilangan obyektni kerakli obyektga nisbatan ikkinchi o`ringa nisbatan joylashtiradi.
(Shape Tool-F10)-obyekt ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beradi (qirqib olish, o`chirish, siqish). Bu tugma qo`shimcha tugmalardan iborat. (SHu tugma ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, chap tugmasi bosib turilsa shu buyruqlar chiqadi, keraklisi tanlab olinadi.
(Zoom)-masshtabni o`zgartirish imkonini beradi. Bu tugma vizifasi va imkoniyatlari to`g’risida, mavzumizning yuqori qismida aytib o`tkan edik.
(Fill Tool)-bu tugma belgilangan obyektlarning ichiga rang, har xil fonlar berish imkonini beruvchi buyruqlardan tashkil topgan. Bu tugmaning vazifalarini Objekt Properties oynasi orqali ham bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |