Reja: Nutqning boyligi. So’z ma’nolari



Download 1,11 Mb.
bet1/4
Sana29.05.2022
Hajmi1,11 Mb.
#618362
  1   2   3   4
Bog'liq
6-мавзу нотиклик

  • 6-MAVZU. NUTQNING BOYLIGI VA JO’YALILIGI
  • REJA:
  • Nutqning boyligi.
  • So’z ma’nolari.
  • Iboralardan foydalanish. Nutqda rang-barangligida maqollarning o’rni.
  • Nutq odobi. Nutq maqsadi.
  • Insoniy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri nutqni tinglovchiga qulay tarzda yetkazish uchun so’zlarni tanlash madaniy nutq talabi yoki madaniy nutq fazilati hisoblanadi.
  • Ma’lumki, nutq so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko’rinishi. Aytilmoqchi bo’lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to’liq yetib borishi, ma’lum bir ta’sir ko’rsatishiga yaxshi nutq deb aytishimiz mumkin. Nutq har tomonlama mukammal, to’liq bo’lishi uchun uning oldiga ma’lum talablar qo’yiladi va bu talablar nutqning asosiy xususiyatlari-kommunikativ sifatlari yoki madaniy nutq mezonlari deb ataladi. Nutqning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: nutqning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, o’rinliligi, boyligi, sofligi va ta’sirchanligi. (Nutqning sofligi (tozaligi) va ta’sirchanligi (ifodaliligi) kelgusi darsda muhokama etiladi).
  • Nutq boyligi. Til boyligi va nutq boyligi. Nutq boyligi bevosita lug’at bilan bog’liqdir. So’zlovchining lug’at boyligi qanchalik ko’p bo’lsa, nutqi ham shunchalik boy bo’ladi. Lug’at boyligi esa badiiy va ilmiy adabiyotlardadir. SHuning uchun ham ko’p mutoala qilgan kishining lug’at boyligi ko’p bo’ladi.
  • Nutq boyligini ta’minlovchi lingvistik vositalardan biri sinonimlardir.
  • Ular nutq ta’sirchanligini oshirishda katta imkoniyatlarga ega. Sinonimik so’z va iboralar so’zlovchi muhim hisoblagan va urg’u berayotgan fikrga tinglovchining diqqatini yanada ko’proq jalb etishga yordamlashadi. CHunki bir sinonimik qatordagi so’zlar o’zining belgi darajasi va hissiy bo’yoqdorligi bilan ajralib turadi. Nutq jarayonida biror voqea-hodisani aniq izohlashda ko’pincha bir sinonim so’zning o’zi ojizlik qilib qoladi. Bunday hollarda ularni juft yoki yonma-yon qo’llab, ma’no kuchaytiriladi:
  • Ota-onalaridan ajratilgan yosh bolalarning ohu zorlari, faryodu fig’onlari, ko’kka chiqmoqda (S.A.)
  • Kecha jimjit, shamolsiz, sassiz-sadosiz edi»(«Yoshlik»).
  • Tilimizda mavjud bo’lgan sinonimlardan maqsadga muvofig’ini, hissiy jozibadorini saralab ishlatish nutqning vazifaviy uslublariga ko’ra ham farqlanadi. CHog’ishtiring: Gapirmoq, demoq, aytmoq, so’zlamoq sinonimik qatoridagi barcha so’zlar umumiste’mol xarakterida bo’lib, barcha nutq uslublarida uchraydi. Ammo shu sinonimik qatordan o’rin oluvchi aljiramoq vaqillamoq, akillamoq kabi so’zlar so’zlashuv nutqiga: sayramoq, xonish qilmoq so’zi esa badiiy uslubga xosligi bilan ajralib turadi. Bularning har biri o’z o’rnida qo’llanilgandagina ularning ta’sirchanligi yaqqol seziladi.
  • Sinonimlar nutqni ta’sirchan qilish bilan birga, turli qaytariqlarning oldini olib, uni ravon qiladi. Nutqda sinonimlardan ularning ma’no va uslubiy nozikliklarini to’la anglagan holda foydalanish lozim. Aks holda nutqiy g’alizlik vujudga keladi. CHunki bir paradigmani hosil qilgan sinonim so’zlar turli so’zlar bilan turlicha sintagmatik munosabatga kirishadi: Oriq va ozg’in sinonimlaridan ozg’in odamlarga nisbatan, oriq esa hayvonlarga nisbatan ishlatiladi.
  • Yoki ilmiy-tadqiqot ishi ichidagi
  • “Biz tadqiqotimizdagi maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi buyuk vazifalarni o’z oldimizga qo’ydik” jumlasida “buyuk” so’zi o’rinsiz qo’llangan.
  • Nutqning maqsadga muvofiqligi (jo’yaliligi). Mavzu va nutqiy muvofiqlik. Xabarlarning mohiyati va nutqiy muvofiqlik.Masadan, qayg’uli xabarni xursand ohangda yoki aksincha xursandchilik xabarni qayg’uli ohangda gapirish. Nutqiy uslub va muvofiqlik. Masadan, do’stlar yig’ilishida rasmiy uslubda gapirish. Nutqiy til tuzilishi va vaziyat mutanosibligi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan yuqori sinf o’quvchilari orasidagi farq. Nutqning jo’yaliligi nutqning vazifasini to’g’ri tushunish demakdir.
  • Nutq qisqaligi. Nutq qisqaligi-madaniy nutqning muhim belgisi. Nutqda ko’p so’zlilik, ezmalik, bir narsani qayta-qayta takrorlash eshituvchi zeriktiradi, qiziqishini, e’tiborini qochiradi. Nutqining maqsadga muvofiq kelishi uchun tinglovchining vaziyatini ham hisobga olish zarur.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish