4-amaliy mashg‘ulot
O'zbek nutqi madaniyatining asosiy xususiyatlari. Nutqning tozaligi va ta'sirchanligi
Reja:
Nutq madaniyatining asosiy xususiyatlari
Nutqning tozaligi
Nutqning ta`sirchanligi
Mashg`ulot annotatsiyasi
Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o`zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo`lishi, turli g’ayriadabiy va g’ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo`lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo`lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan kam bo`lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyat-larga ega bo`lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bo`layotgan o`zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo`lishi lozim.«Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar ta’sir qiladi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so`z, ibora, shuningdek, grammatik shakllar, so`z va so`z birikmalari-ning talaffuzi, urg’usi.
2. O`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari.
3. Jargonlar.
4. Vulgarizmlar.
5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan «parazit» so`zlar.
6. Kanselyarizmlar»64.
Nutqimizning toza bo`lishiga xalaqit berayotgan ling-vistik elementlar, asosan, dialektizmlar va varvarizm-lardir. To`g’ri, ular tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo`lmaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida dialektizm va varvarizmlar ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g’oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Dialektal so`zlarning badiiy adabiyotda o`rni bilan ishlatilishi faqatgina maqsadga muvofiq bo`lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qoli-shiga xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dia-lektizmlar va adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli masalalardan biri sanaladi.
Nutqning ta’sirchanligi. Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og’zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim daraja-sidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo`ladi. Malakali bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo`n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo`lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma’lumotga ega bo`lmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e’tibor ifodalamoqchi bo`lgan fikrni to`laligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo`yiladi. Tinglovchining e’tiborini qozongan nutqgina ta’sir-chan nutq hisoblanishi mumkin. Buning uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, suhbat mavzusini yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq rejasi ham bo`lishi zarur. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o`zaro bog’lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini tushuntirib, shundan keyingina gapni boshlash lozim. So`zlovchining o`z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo`lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo`ladi. So`zlovchi va tinglovchi o`rtasida samimiyat paydo bo`ladi. Notiq fikrlarini o`zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi.
1-topshiriq. She’riy parchadagi g‘ayriodatiy birikmalarni aniqlang, adabiy me’yorlardan chekinishni tushuntiring. Ulardagi badiiylik haqida fikrlashing va birikma tarzida ko‘chiring.
Tovushlarning kichik, ulug‘i,
Tovushlarning hidi – bo‘yi bor.
Tovushlarning sovuq, ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i.
Shoir rassom bo‘lsaydi agar,
Chizar edi shundan lavhalar.
(Maqsud Shayxzoda)
2-topshiriq. Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ich-etini yemoq Ruhan azoblanmoq, ezilmoq (fikr-o‘yini boshqalarga aytmay). Varianti: ichini yemoq; etini yemoq. Ma’nodoshi: o‘z yog‘iga o‘zi qovurilmoq. O‘xshashi: ichini kemirmoq; o‘zini o‘zi yeb qo‘ymoq.
Kayfi buzuq Kayfiyati yomon, xafa. Ma’nodoshi: ta’bi xira; ta’bi
tirriq. O‘xshashi: avzoyi buzuq.
Tezkor savollar va topshiriqlar:
Nutq to’g’riligining asosiy belgilari.
Nutqiy soflik tushunchasi.
Nutqning sofligini buzuvchi vositalar.
Nutqiy mantiqiylikning nutqiy aniqlik bilan bog’liqligi.
Nutqiy ixchamlik va qisqalik o’lchovlari
Nutqiy aniqlikka erishishda sinonimlarning roli.
Do'stlaringiz bilan baham: |