Reja: Nutq madaniyati va notiqlik madaniyati me`yorlari haqida



Download 56 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi56 Kb.
#19400

Aim.uz

Axborot va ma’ruza matni tayyorlash, matn ustida ishlash

Reja:

1.Nutq madaniyati va notiqlik madaniyati me`yorlari haqida .

2.So`z tanlash va matn tuzish usullari .
Tayanch so`z va iboralar : Nutq madaniyati, notiqlik madaniyat me`yorlari, so‘z tanlash va matn tuzish usullari.

Nutq madaniyati va notiqlik san‘ati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, har ikkalasi ham kishilar nutqiy faoliyatining namunali bo‘lishini taqozo etadi. Ammo notiqlik san‘ati alohida mahorat va qobiliyat talab qiladi. Chunki har qanday nutq egasi mohir notiq bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra har ikkalasining ham o‘ziga xos tarixi mavjuddir.

San‘atning eng qadimiy turlaridan biri notiqlikdir. Tinglovchilarga biror narsa-hodisani tushuntirish, isbot etish yoki ularning hissiyotiga, tushunchasiga ta‘sir qilish niyatida so‘zlangan nutq notiqlik faoliyatiga kiradi. Bu hodisani san‘at darajasiga ko‘tara olgan kishi haqiqiy notiqdir.

Til boyligidan mohirlik bilan foydalana olish, o‘sha boylikni nutqning g‘oyaviy mazmuniga moslab qo‘llay bilish nutq madaniyatidir.

Nutq madaniyati ham uslubiyat ilmi ham o‘zining uzoq o‘tmishiga ega. Ular ta‘limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan. Gap shundaki, qadimgi davlat arboblarining obro‘-e‘tiborli yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Notiqlik san‘ati sarkardalik mahorati bilan baravar ulug‘langan. Bu ikki san‘atni mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga saylangan. Hozirgi sharoit ham shuni taqozo etmoqda. Grek notig‘i Demosfen va Rim notig‘i Sitseronlarning hayoti bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san‘atining o‘ziga xos maktabini yaratganlar. Jumladan, Sitseron fikricha, notiq quyidagi san‘atlarga ega bo‘lmog‘i lozim:


  • Notiqning o‘zi juda dadil va amin bo‘lishi kerak.

  • Nutq to‘la isbotlanishi lozim.

  • Nutqdagi hamma narsa muhim hisoblanishi kerak.

  • Nutq materialini sidqidildan to‘plash va idrok etishi kerak.

  • Materialni joylashtira olishi, tushunishga oson bo‘lishini ta‘minlashi lozim.

Sharqda notiqlik san‘ati voizlik deb yuritilgan. Shunga ko‘ra nutq va‘z, notiq-voiz deb yuritilgan. Va‘z degani «Qomusi Usmoniy» lug‘atida sharhlanishicha «kishilarning qalbini yumshatadigan pand-nasihatdir».

Axborot xat. Bunday xatlardan ko‘zlangan maqsad ma’lum tashkilot yoki shaxsni amalga oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir.

Axborot xatlarning hajmi oddiy ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘lib, bir jumladan to bir necha sahifagacha bo‘lishi mumkin. Ba’zan axborot xatlardan ayrim tashkilotlar o‘z faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida ham foydalanadi.

Ushbu xatlarga referent yoki kotibning imzosi yetarli. Biroq xatda bayon qilinayotgan voqea yoki tadbirning ahamiyatiga qarab, xat tegishli mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi ham mumkin. 1-2-ilovalarda shunday xatlardan namunalar keltirildi.
Axborot xat namunalari.

1-ilova
DARSLIKLAR BILAN ТA’MINLASH HAQIDA

«O‘qituvchi» nashriyoti o‘zbek tilida o‘quvchilar uchun quyidagi darsliklarni nashrdan chiqarganligini Sizga ma’lum qiladi:

«Jadon tarixi» – 7-sinf uchun

«Jahon tarixi» – 10-sinf uchun

«Umumiy biologiya» – 10-11-sinflar uchun.

Q. Abdullayeva. «Yozishni o‘rganamiz».

Ushbu darslik va kitoblarni yetkazib berish uchun tegishli nusxada buyurtmalar qabul qilinadi.

Ulgurji xaridorlarga darsliklarni sotib olishda chegirma (skidka) beriladi.



2-ilova
ILMIY-AMALIY SEMINAR O‘ТKAZISH HAQIDA

O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Тil va adabiyot instituti 1999-yil oktabr oyida «Hujjatlar tili va uslubi» mavzuida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Seminardan ko‘zlangan maqsad – hujjatlar tilining nazariy va amaliy tomonlariga bag‘ishlangan masalalarni muhokama qilish. Seminar hujjatshunoslarga, ish yurituvchilarga, fuqarolik holati hujjatlarini rasmiylashtiruvchilarga, shuningdek tilshunoslarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

– hujjatlar tilini tartibga solish va ish yuritish atamalarini bir xillashtirish;

–ish yuritish atamalarini tartibga solishning yangi axborot texnologiyasi sharoitidagi samaradorligi;

– hujjatlarni tasniflash va hujjatlar tizimi;

– hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishning umumiy qoidalari;

– hujjatlarning Davlat yagona nusxasini yaratish,

Sizni ilmiy-amaliy seminarda o‘z ma’ruzangiz bilan qatnashishga taklif etamiz. Ma’ruzalarni maxsus to‘plam shaklida 2000 yilda nashr qilish rejalashtirilgan.

Ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etish va ma’ruza mavzui haqida 1999.01.09 gacha quyidagi manzilga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

700170, Тoshkent shahri, Mo‘minov ko‘chasi, 9-uy,

O‘zR FA Тil va adabiyot instituti.

Ma’lumot uchun telefon: 162-64-14.
Institut direktori Т. Mirzayev
«Ma’ruza» so‘zi, odatda, ikki ma’noda ishlatiladi:


  1. Rahbar yoki boshliqqa og‘zaki yohud yozma berilgan axborot. Masalan, «Bayram oldi topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan yoshlar tashkiloti mutasaddisining maktab direktoriga yozma ma’ruzasi» kabi.

  2. Biror mavzu yuzasidan jamoatchilik oldida berilgan axborot.

Ikkinchi ma’noda ma’ruza omma orasida so‘zlanadigan nutqning ko‘rinishlaridan bo‘lib, turli mavzularda yoziladi; ya’ni pedagogik mavzudagi ma’ruza, adabiyotlar obzoriga bag‘ishlangan ma’ruza, ilmiy ma’ruza, hisobot ma’ruzasi kabi.

Ma’ruza ma’lum tayyorgarlikdan keyin yig‘ilgan materiallarga, dalillarga asoslangan holda yoziladi. Shunga ko‘ra, ma’ruza yozuvchi unda ma’lum maqsadni amalga oshirishni ko‘zda tutadi va rejalashtiradi.



Dalillar, manbalardan olingan parchalar ko‘zlangan maqsadni ochadigan qilib tanlanadi. Masalan, o‘qituvchi maktab yoki sinf haqida ota-onalar majlisida ma’ruza qilmog‘chi bo‘lsa, u maktab, sinf hayotini yaxshi o‘rganishi, dalillarni tahlil etib, ma’lum xulosalarga kelib qo‘yishi sinfning o‘zlashtirishi, unga sabab bo‘layotgan ijobiy yoki salbiy hodisalar, sinf o‘zlashtirishini ko‘tarish borasidagi rejalar, ilmiy faraz va vazifalar avvaldan yaxshi o‘ylab olinishi kerak. Ma’ruzada turli xil raqamlar, ularni bir-biri bilan solishtirish, o‘zlashtirilish foizlarini hisoblab chiqarish ham ko‘zda tutiladi. Ammo haddan tashqari ularga ko‘p o‘rin berish ma’ruzani zerikarli qiladi. Ma’ruza uchun kerakli dalil va materiallar tayyor bo‘lgach, endi ma’ruzaning tuzilishi ustida, fikrlarni ifodalash vositalari, ohang, mantiqiy urg‘u ustida mashq qilinadi. Bu jarayonda tinglovchilar bilan alohida bog‘lab turishning vositalari – undalma, kiritma gap, kirish so‘z, o‘rni bilan yumor, kinoya va boshqalardan foydalanish ustida o‘ylab ko‘rish ham yaxshi natija beradi.

Ma’ruzaning umumiy rejasi quyidagi qismlarni o‘z ichiga olishi zarur:

  1. Kirish qism. U asosiy masalaga o‘tish «ko‘prigi» hisoblanadi. Unda taxminan, kundalik siyosat, ma’ruza uchun sabab bo‘lgan voqealar singari omillar ustida so‘zlanib, asta-sekin mavzuni yoritishga o‘tiladi.

  2. Ma’ruza mazmunining bayoni.

  3. Bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqadigan xulosalar.

  4. Тaklif, tavsiyalar. Bu punkt aksar ma’ruzalarda bo‘lmasligi mumkin.

Ixtisoslikka oid so‘zlarni nutqda to‘g‘ri tanlash va qo‘llash ham nutq madaniyatining, ham kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.

So‘z tanlashda quyidagilarga e‘tibor beriladi:

  • so‘zning lug‘aviy ma‘nosini bilgan holda tanlash;

  • tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;

  • so‘zning suhbatdoshlarga tushunarli bo‘lishini hisobga olish;

  • so‘zning ma‘no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash;

  • so‘zni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;

  • baynalminal atamani adabiy tilning leksik me‘yoriga muvofiq holda tanlash;

  • so‘z, atamani matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash.

Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e‘tiborni qaratish lozim:

  • matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish;

  • ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay olish va o‘rinli joylashtirish;

  • so‘z va atamalarni imlo me‘yorlariga rioya qilgan holda yozish;

  • kasbdoshlarga unchalik tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;

  • ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillardan o‘zlashtirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;

  • -kasb-hunar so‘zlari va atamalarni o‘rinsiz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning ta‘sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

Q A R O R I

1995-yil, 24-avgust Toshkent shahri

339-son

O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunni bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



  1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin ilova qilinadi.

  2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar .

  3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta ta‘lim vazirligi, Xalq ta‘lim vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining lug‘atini, kishi ismlari va joy nomlari lug‘atini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko‘rsinlar.

  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ta‘lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklatilsin.

Savol va topshiriqlar

1.Ma`ruzaning umumiy rejasi qanday qismlarga bo`linadi?

2. Ixtisoslikka oid matn tuzishda nimalarga e`tibor berish lozim?

3.Ma`ruza matni tayyorlang.






Aim.uz


Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish