Reja: nevrozlar, kelib chiqish sabablari, klinik manzarasi, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, oldini olish choralari. Epileptik tutqanoq etiologiyasi, klinik belgilari,birinchi tibbiy yordam ko’rsatish


Davotash. Nevrosteniyaning boshlang’ich bosqichlarida vitaminlarga boy ovqatlami iste'mol qilish, oila va



Download 49 Kb.
bet3/5
Sana28.09.2021
Hajmi49 Kb.
#187814
1   2   3   4   5
Davotash. Nevrosteniyaning boshlang’ich bosqichlarida vitaminlarga boy ovqatlami iste'mol qilish, oila va ishda xotirjam bo’lish, vrach ko'rsatmalarini o’z vaqtida bajarish bemorni tezda sog'ayib ketishiga va mehnat qobiliyatini tiklanishiga olib keladi.Bemorga uyquni yaxshilaydigan, tinchlantiradigan bromidlar, trnkvlizatorlar (elenium, relanium, seduksin ba'zan uxlatuvchi dori moddalar buyuriladi, fizioterapevtik muolojalar o’tqaziladi. Og’ir hollarda davolash kursi tugagandan keyin sanatoriylarda dam olish tavsiya etiladi.

Isteriya - yunoncha “hustera” bachadon degan ma'noni anglatadi. Qadimgi yunonlar bu kasallikni bachadonni organizmda aylanib yurishiga bog'liq deb hisoblagan edilar.lsteriyaning klinikasi tushga, uning ba'zi alomatlari boshqa kasalliklarning belgilariga o’xshab ketadi. Shuning uchun bu kasallikni buyuk taqlidchi deb ham atashadi.Isteriya isterik tutqanoq xurujlari, vegetativ va sensimator o'zgarishlar bilan xarakterlanadi.Isteriya tutqanog'i qanday bo’lmasin biror xildagi bemor ruhiyatini shikastlaydigan tashqi taasurotlar yoki o’tmishdagi- ko’ngilsiz voqealarni esga soladigan voqealar bilan bog'liq bo'ladi Tutqanoqlar ko'pincha kunduzi tutadi, bemorni harakatlari tartibsiz bo’ladi, lekin bemor birdan yiqilib tushmaydi, ohista yumshoqroq joyga yiqiladi. O’zini shikastlantirmaslikka harakat qiladi. Bemorning es-hushi butunlay yo’qolmaydi, reflekslar va ko'z qorachiqlarining yorug’likka reaksiyasi saqlanib qoladi. Muskullarning qisqarishi titrashlar ko'rinishida bo'ladi, tilini tishlab olmaydi, og'zidan ko'pik chiqmaydi, beixtiyor siyib qo’yish hollari kuzatilmaydi. Isteriya tutqanog'i bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Agar bemorni atrofida odamlar ko'p bo’lsa, tutqanoq uzoq davom etadi.lsteriyada harakat va sezuvchanlikning buzilishi kuzatiladi va falajlar, giperkinezlar holida uchraydi. Isteriya falajida muskullar tonusi o’zgarmaydi, patologik reflekslar bo’lmaydi. Oyoqlarning barcha harakatlari va koordinasiya saqlangan bo'ladi, lekin bemor tik tura olmaydi, yura olmaydi. Isteriyada ko'pincha me'da-ichak yo'lining faoliyati buziladi, qayd qilish, ichak parezi, hiqichoq tutushi shular jumlasidandir.

Isterik tutqanoqda birinchi yordam ko’rsatish.

1. Bemorni tinch joyga ko’chirish kerak.

2. Burniga nashatir spirti bug'lari hidlatiladi.

3. Sovuq suv ichiriladi.

4. Bemor yotgan xona chirog’i hiraroq qilib yoqib qo’yiladi.

Isterik tutqanoq bemorda bartaraf etilgandan keyin uxlab qolish va xotirasini yo’qotish holatlari uchramaydi. Bemor bemalol ishini davom ettirishi mumkin.



Psixosteniya – ko’ngildan ko’tarilmaydigan hayollar bilan bo'ladigan holatlar nevrozi bo'lib, bu holatlar xilma-xil bo'ladi.Bemor fikri-zikrini band qilib oladi va turli klinik ko'rinishlarida namoyon bo’ladi. Bunday holatlarga vahimalar, hayollar, qattiq harakatlar kiradi. Fikri-zikrini band qiladigan holatlar ko’pincha xavotirlanish, qo’qish, yurak urishining tezlashuvi, terlash, arterial bosimning ko’tarilishi kabi vegatativ o’zgarishlar bilan birga kechadi. Bemor ko’nglini o’z hayoti uchun xavotirlanish, yurish-turishida, odob-ahloqida xato qilib qo’yish vahimalari egallaydi. Ko'pincha bemorlarda og’ir kasallik bilan kasallanib qolish vahimasi paydo bo’laldi. Bu vahimalar o’lib qolish, o’z-o’zini o’ldirib qo’yish, yaqin kishisiga nisbatan tajovvuzkorona hatti-harakat qilishdan qo’qish bilan birga davom etadi.

Davolash. Psixoterapevtik vositalar va dori-darmonlar qo'llaniladi.Kasallikka davo qilinsa u yo’qolib ketishiga, ovqatlanish va uxlash rejimiga qattiq rioya qilish kerakligiga bemorni qattiq ishontirish zarur. Vahimalar zo’rayib, uyquni juda buzib qo’yadigan davrlarda antideprisantlar, trankvilizatorlar (elenium. relanium, seduksen) buyuriladi.


Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish