3. Nazorat o‘tkazishning bosqichlarini tekshirish rejasini tuzish
Amalda, nazorat qilishning asosiy turlari frontal va tematik tekshirish
turlaridan foydalaniladi.
Frontal tekshirishi – bu maktabgacha tarbiya muassasa-si ishni - xayotiy
xar tomonlama, atroflicha tekshirish formasidir. Ya’ni, muassasaning kadrlar
sostavi, maktab-gacha tarbiya programma talablarini bajarilishi, mudira va katta
tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy xo‘jalik ishlariga ularning
kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish formalari,
meditsina xizmati, maktab bilan aloqa, ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish,
umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha tarbiya muassasalari,
ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat’i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga
axamiyatni kuprok jalb kilishi lozimdir.
Frontal tekshirish 4 yilda bir marta xalq ta’limi (Viloyat XTB, shaxar,
tuman XTB) tomonidan utkaziladi.
Frontal tekshirish o‘tkazishda avval: to‘la – to‘kis tuzilgan, tasdiqlangan
tekshirish plani, unda inspektorlashdagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi,
tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish
muddati ko‘rsatiladi.
Shungra inspektor yana bir bor maktabgacha tarbiya bo‘yicha chiqarilgan
qaror ko‘rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi
sonlarini ko‘zdan kechirib, maktabgacha tarbiya programmasi talablarini yaxshilab
o‘kib oladi, shu muassasa xujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada
xalq xo‘jaligi plani, bolalarning muassasaga qatnash planining bajarilishi analiz
qilinadi.Kadrlar, ularning rayon, shaxar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka
oshirish ishlarini qarab – o‘rganib chiqadi.
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda: avvalgi tekshirish
materiallari yaxshi o‘rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha qabul
qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishish bu inspektorga nimalarga ko‘prok
axamiyat berish kerakligini belgilab beradi.
Frontal tekshirish olib borishning
asosiy yullari.
Frontal tekshirish inspektor va brigada a’zolarini-ng mudiri bilan
suxbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqt bilan
tanishtiriladi. So‘ngra mudira muassasa xaqida: nechta gruppadan iboratligi,
nechanchi yili ochilgan, bolalarning gruppalarga taqsimlanishi, bolalarning
kundalik davomati, bogchaning texnikaviy – materiallar bilan jixozlanishi, uning
bazasi, kadrlar sostavi (pedagogik va xizmat kursatuvchi) xodimlar bilan, ularning
ta’lim-tarbiyaviy ishlariga baxo berib, xodimlarning goyaviy – siyosiy va ishlash
malakalari, muassasada mexnat va ishlab chiqarish imtizomining axvoli,
qollektivining yutuq va kamchiligi, kamchiliklar ko‘rilayotgan tadbir – choralar
xususida, rayon xalq ta’limi bo‘limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so‘raydi.
Bu suxbat – bog‘cha to‘g‘risidagi tekshirish ishiga dastlabki ta’sirot
beradi.So‘ngra inspektor turli bo‘limlar bo‘yicha tekshirishi – o‘rganish ishlarini
boshlaydi.Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.
I.
Maktabgacha tarbiya muassasadagi ta’lim – tarbiyaviy ishlarining
axvoli va «Bolalar bog‘chasida ta’lim – tarbiya programmasi talablarining
bajarilishi, bolalarning ko‘nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati,
tarbiyachining ishlash metodlari»;
II.
Kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo‘yish, kadrlarni tarbiyalash,
ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar metod kabinet
faoliyati;
III.
Tashkiliy – pedagogik va moliyaviy – xo‘jalik ishlarning axvoli.
Xalq xo‘jalik planlarning bajarilishi, yo‘llanmalar soni, bolalarning davomati,
(bolalarning bog‘chaga qatnashi) ishlashning bajaralishi;
IV.
Bolalarga meditsina tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati. Bolalar
ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
V.
Ota-onalarning pedagogik maorif ishlari;
VI.
Mudiraning maktabgacha tarbiya mussasiga raxbarligi, raxbarligi,
raxbarlik uslubi. Mudira va katta tarbiyachi tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarga,
programma talablarning bajarilishiga ularning kontrolligi tekshirish
VII.
Muassasininng jorriy-texnika bazasining axvoli, xo‘jalik faoliyati,
element a xarajatlarini to‘g‘ri sarflash ishlari;
VIII.
Ta’lim-tarbiyaviy ish planlarning sifatliligi. Planlarning bajarilishi,
pedagogik sovet, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yigilishlarini, xalq ta’limi
bo‘limlari tomonidan chiqarilgan, instruktsiya va buyruqlarning bajarilishi
o‘sishdan nazoratni tashkil etishi;
IX.
Muassasada ishlab chiqarish masalalarini yo‘lga qo‘yilishi:
xujjatlar, ularning tug‘ri jixozlashishi va saqlanishi;
X. Inspektorning tekshirish bo‘yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy
pedagogik o‘tkazilishi.
Frontal inspektorlashning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga
bog‘likdir.
Inspektor pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o‘tkazib, tekshirilgan
masalalar, maktabgacha tarbiya muassasining axvoli, ishlarni yanada yaxshilash
uchun taklif va muloxazalar beriladi.
Inspektorlash natijasini akt bilan izoxlanadi va ma’lumotnoma tuzilib, unda
konkret takliflar, muloxazalar ko‘rsatishlar, akt 3 nusxada tuzilib, biri rayon, yoki
viloyat, shaxar xalq ta’limi bo‘limiga, biri bog‘chaga beriladi, biri talabalarning
ish xujjatlari xisoblanadi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta’lim-tarbiya ishning
bir qismi, bo‘linishi nazorat qilish formasizdir.
Masalan: «Mexnat tarbiyasi», Aqliy tarbiya. «Maktab bilan aloqa» «o‘yin»
xodimlarning mexnati va x.k.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda 1 martta utkaziladi, tekshirish yullari va
savollari quyidagicha (mexnat tarbiyasi buyicha)
I.
Gurux rejalarini uzoq muddatini olgan xolda tekshirish (kvartal,
yarim yillik)
Maqsad: bajarilganva bajariladigan ishlarni aniqlash;
II.
Mashg‘ulotlarni kuzatish va analiz qilishi; bolalar mexnatning eng
muximi tomonlarini ko‘ra olish.
III.
Kundalik xayotdagi mexnat bilan ta’minlash va analiz kilish.
IV.
Kattalar va bolalarning birgalikdagi mexnatlarini kuzatish;
V.
Bolalarning
kattalar
mexnatlariga
munosabatlari,
axloq
malakalarini kuzatish;
VI.
Bolalar o‘ynlarida mexnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish.
VII.
Bolalar bilan individual suxbatlashish;
VIII.
Bolalar ishlarining analizi-taxlili;
IX.
Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko‘rish;
X.
Gruppadagi o‘quv materiallari, tekshirishi;
Inspektor gruppa rejalarini (3—6 oylik) tekshirib, unda ko‘zda tutilgan
tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidiradi, osondan murakabligiga,
oylik, perspektiv ish planlarida tarbiyaning xamma qismlari planlashtirildi, qaysi
bo‘lim plandan tushurib qoldirilgan, ularning yuzaga keltirgan sabablarini qidirib
topish kerak.
Planni analiz qilishdan maqsad – programma talablarini bajarish yo‘llari,
xaftalik plandagi mashg‘ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi,
mustaxkamlovchi, yangi bilm beruvchi mashg‘ulot turlarining oddiydan
murakkablashib borishi ko‘rish mumkin.
Topilgan kamchiliklar o‘z vaqtida muxokama qilinishi kerak, aks xolda bu
kamchilik xatolar keyingi oylarda takrorlanmasin.
Mexnat bo‘limini tekshirishda: ko‘rgazmalilik, kattalarining faoliyati,
mexnat mexnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg‘ulotlarni kuzatish.Masalan:
ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko‘rish katta axamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida – tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg‘ularini
uyg‘ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko‘ra olishga kuzata olishga, tanish
bo‘lgan voqea va xodisalarni solishtira olish malakalarini o‘stirish, ko‘rganlariga
yaqin yasay olish, fikrlash qobilatlarini o‘stirishni tarbiyalash.
Mudiraning ishini tematik tekshirishda;
a) mudiraning gruppalardagi ishlarini tekshirish.
Mudira o‘z vazifasida turli yosh gruppalarning xamma rolini momentlari
bilan asosida kuzatishi, analiz qilishi kerak.
Inspektor xuddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo‘llarini tekshiradi.
b) SHaroitni yaratilganligi; v) tekshirilgan tema bo‘yicha ped – sovetda
birgalikdagi muxokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlash mo‘ljalarini o‘stiruvchi
vositalar;
Gruppa tarbiyachisining ishini avval tarbiya ishning o‘zi bilan muxokama
qilinadi, keyin pedagogik sovet ishiga olib chiqiladi.
Yutuq, kamchiliklar , taklif – muloxazalar ochiqchasi – oshkora xolda
chaqiriladi.
Kerakli yo‘llanma, metodik yordam o‘z vaqtida ko‘rsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud:
1)
birlamchi; 2) ikkilamchi; 3)katta tekshiruv turlari mavjud; 4)
ogoxlantiruvchi tekshiruv.
Maktabgacha tarbiya muassasalari ishini tekshirish yakuni buyicha AKT
tuziladi.
Bu xujjatni tuzishda – tekshirish bo‘yicha olingan ma’lumotlarni, chuqur
taxlil qilish talab etiladi.Ta’lim tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy- metodik, moliyaviy
– xo‘jalik faoliyatlarni suxbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish
lozim.Xujjatlarni chuqur o‘rganib, muassasa faoliyatiga aniq isbotlangan xulosalar
chiqariladi.
Akt 3 nusxada tuziladi 1-si Tuman X.T.B -, 2si – bolalar muassasiga, 3si –
tekshiruvida qoladi.
Kuzatish sxemasi quyidagicha:
1) Kuzatilgan jarayon.
2)
Kuzatilayotgan kun, yil, oy.
3)
Ish mazmuni.
4)
Tayorgarlik.
5)
Bolalarning bilim, ko‘nikma va malakasi.
6)
Tarbiyachining bilim, ko‘nikma, malakasi.
Nazorat savollari
1.Tashkillashtirish nima?
2. Tekshirish va yo‘naltirish, pedagogik analiz, boshqaruv usullari haqida
nimalarni bilasiz?
3.Nazorat qilish nima?
4. Nazorat qilishning metodologik asosini tushuntiring
5. Nazorat o‘tkazishning bosqichlarini ,tekshirish rejasini tuzing
Do'stlaringiz bilan baham: |