Reja: Nazorat qilish-davlat nazorati xalq talimi bo‘limlari tomonidan rahbarlikning eng muhim formasidar


 Nazorat o‘tkazishning bosqichlarini tekshirish rejasini tuzish



Download 259,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.05.2020
Hajmi259,92 Kb.
#48724
1   2
Bog'liq
1-maruza

3. Nazorat o‘tkazishning bosqichlarini tekshirish rejasini tuzish 

Amalda,  nazorat  qilishning  asosiy  turlari  frontal  va  tematik  tekshirish 

turlaridan foydalaniladi. 

Frontal  tekshirishi  –  bu  maktabgacha  tarbiya  muassasa-si  ishni  -  xayotiy 

xar  tomonlama,  atroflicha  tekshirish  formasidir.  Ya’ni,  muassasaning  kadrlar 

sostavi,  maktab-gacha  tarbiya  programma  talablarini  bajarilishi,  mudira  va  katta 

tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy xo‘jalik ishlariga ularning 

kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar  va  jamoatchilik bilan ish  faoliyati, ish  formalari, 

meditsina  xizmati,  maktab  bilan  aloqa,  ilg‘or  ish  tajribalarni  o‘rganish, 

umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir. 

Frontal  tekshirishga  barcha  tipdagi  maktabgacha  tarbiya  muassasalari, 

ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat’i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga 

axamiyatni kuprok jalb kilishi lozimdir. 

Frontal  tekshirish  4  yilda  bir  marta  xalq  ta’limi  (Viloyat  XTB,  shaxar, 

tuman XTB) tomonidan utkaziladi. 

Frontal  tekshirish  o‘tkazishda  avval:  to‘la  –  to‘kis  tuzilgan,  tasdiqlangan 

tekshirish  plani,  unda    inspektorlashdagi  asosiy  masalalar,  savollar  aniq  yoziladi, 

tekshirish  metodi,  tekshiruvchilarning  ish  vazifalari,  majburiyatlari  va    tekshirish 

muddati ko‘rsatiladi. 

Shungra  inspektor  yana  bir  bor  maktabgacha  tarbiya  bo‘yicha  chiqarilgan 

qaror  ko‘rsatma,  buyruqlarni,  pedagogik  va  metodik  jurnallarini  eng  oxirgi  yangi 

sonlarini ko‘zdan kechirib, maktabgacha tarbiya programmasi talablarini yaxshilab 

o‘kib oladi, shu muassasa xujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada 



xalq  xo‘jaligi  plani,  bolalarning  muassasaga  qatnash  planining  bajarilishi  analiz 

qilinadi.Kadrlar, ularning rayon, shaxar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka 

oshirish ishlarini qarab – o‘rganib chiqadi. 

Muassasani  kuchli  yoki  kuchsiz  tomonlarini  bilishda:  avvalgi  tekshirish 

materiallari  yaxshi  o‘rganib  chiqiladi,  kamchiliklarni  yo‘qotish  bo‘yicha  qabul 

qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi. 

Yuqoridagi  materiallar  bilan  tanishish  bu  inspektorga  nimalarga  ko‘prok 

axamiyat berish kerakligini belgilab beradi. 

Frontal tekshirish olib borishning  

asosiy yullari. 

Frontal  tekshirish  inspektor  va  brigada  a’zolarini-ng  mudiri  bilan 

suxbatlashishidan  boshlanib,  tekshirish  maqsadi,  brigada  ishi,  tartibi,  vaqt  bilan 

tanishtiriladi.  So‘ngra  mudira  muassasa  xaqida:  nechta  gruppadan  iboratligi, 

nechanchi  yili  ochilgan,  bolalarning  gruppalarga  taqsimlanishi,  bolalarning 

kundalik  davomati,  bogchaning  texnikaviy  –  materiallar  bilan  jixozlanishi,  uning 

bazasi, kadrlar sostavi (pedagogik va xizmat kursatuvchi) xodimlar bilan, ularning 

ta’lim-tarbiyaviy ishlariga baxo berib, xodimlarning goyaviy  – siyosiy va ishlash 

malakalari,  muassasada  mexnat  va  ishlab  chiqarish  imtizomining  axvoli, 

qollektivining  yutuq  va  kamchiligi,  kamchiliklar    ko‘rilayotgan  tadbir  –  choralar 

xususida, rayon xalq ta’limi bo‘limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so‘raydi. 

Bu  suxbat  –  bog‘cha  to‘g‘risidagi  tekshirish  ishiga  dastlabki  ta’sirot 

beradi.So‘ngra  inspektor  turli  bo‘limlar  bo‘yicha  tekshirishi  –  o‘rganish  ishlarini 

boshlaydi.Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz. 

I. 


Maktabgacha tarbiya muassasadagi ta’lim  – tarbiyaviy ishlarining 

axvoli  va    «Bolalar  bog‘chasida  ta’lim  –  tarbiya  programmasi  talablarining 

bajarilishi,  bolalarning  ko‘nikma  va  malakalari,  bolalar  bilimining  sifati, 

tarbiyachining ishlash metodlari»; 

II. 

Kadrlarni  tanlash,  joy  –  joyiga  qo‘yish,  kadrlarni  tarbiyalash, 



ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar metod kabinet 

faoliyati; 




III. 

Tashkiliy  –  pedagogik  va  moliyaviy  –  xo‘jalik  ishlarning  axvoli. 

Xalq  xo‘jalik  planlarning  bajarilishi,  yo‘llanmalar  soni,  bolalarning  davomati, 

(bolalarning bog‘chaga qatnashi) ishlashning bajaralishi

IV. 

Bolalarga  meditsina  tomonidan  xizmat  ko‘rsatish  sifati.  Bolalar 



ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;  

V. 


Ota-onalarning pedagogik maorif ishlari; 

VI. 


Mudiraning  maktabgacha  tarbiya  mussasiga  raxbarligi,  raxbarligi, 

raxbarlik uslubi. Mudira va katta tarbiyachi tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarga, 

programma talablarning bajarilishiga ularning kontrolligi tekshirish  

VII. 


Muassasininng  jorriy-texnika  bazasining  axvoli,  xo‘jalik  faoliyati, 

element a xarajatlarini to‘g‘ri sarflash ishlari; 

VIII. 

Ta’lim-tarbiyaviy ish planlarning sifatliligi. Planlarning bajarilishi, 



pedagogik sovet, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yigilishlarini, xalq ta’limi 

bo‘limlari  tomonidan  chiqarilgan,  instruktsiya  va  buyruqlarning  bajarilishi 

o‘sishdan nazoratni tashkil etishi; 

IX. 


Muassasada  ishlab  chiqarish  masalalarini  yo‘lga  qo‘yilishi: 

xujjatlar, ularning tug‘ri jixozlashishi va saqlanishi

X.  Inspektorning  tekshirish  bo‘yicha  xulosalari  va  takliflari.  Yakuniy 

pedagogik  o‘tkazilishi. 

Frontal  inspektorlashning  yakuni  tekshirish  maqsadiga  va  vazifasiga 

bog‘likdir. 

Inspektor  pedagogik  yoki  ishlab  chiqarish  majlislari  o‘tkazib,  tekshirilgan 

masalalar,  maktabgacha  tarbiya  muassasining  axvoli,  ishlarni  yanada  yaxshilash 

uchun taklif va muloxazalar beriladi. 

Inspektorlash natijasini akt bilan izoxlanadi va ma’lumotnoma tuzilib, unda 

konkret takliflar, muloxazalar ko‘rsatishlar, akt 3 nusxada tuzilib, biri rayon, yoki 

viloyat,  shaxar  xalq  ta’limi  bo‘limiga,  biri  bog‘chaga  beriladi,  biri  talabalarning  

ish xujjatlari xisoblanadi. 

Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta’lim-tarbiya ishning 

bir qismi, bo‘linishi nazorat qilish formasizdir. 



Masalan: «Mexnat tarbiyasi», Aqliy tarbiya. «Maktab bilan aloqa» «o‘yin» 

xodimlarning mexnati va x.k. 

Asosan  bu  tekshirish  turi  1  yilda  1  martta  utkaziladi,  tekshirish  yullari  va 

savollari quyidagicha (mexnat tarbiyasi buyicha) 

I. 

Gurux  rejalarini  uzoq  muddatini    olgan  xolda    tekshirish  (kvartal, 



yarim yillik) 

Maqsad: bajarilganva bajariladigan ishlarni aniqlash; 

II. 

Mashg‘ulotlarni kuzatish va analiz qilishi; bolalar mexnatning eng 



muximi tomonlarini ko‘ra olish. 

III. 


Kundalik xayotdagi mexnat bilan ta’minlash va analiz kilish. 

IV. 


Kattalar va bolalarning birgalikdagi mexnatlarini kuzatish; 

V. 


Bolalarning 

kattalar 

mexnatlariga 

munosabatlari, 

axloq 

malakalarini kuzatish; 



VI. 

Bolalar o‘ynlarida mexnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish. 

VII. 

Bolalar bilan individual suxbatlashish



VIII. 

Bolalar ishlarining analizi-taxlili

IX. 

Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko‘rish;  



X. 

Gruppadagi o‘quv materiallari, tekshirishi; 

Inspektor  gruppa  rejalarini  (3—6  oylik)  tekshirib,  unda  ko‘zda  tutilgan 

tarbiya  maqsadlarini  amalga  oshirish  yo‘llarini  qidiradi,  osondan  murakabligiga, 

oylik,  perspektiv  ish  planlarida  tarbiyaning  xamma  qismlari  planlashtirildi,  qaysi 

bo‘lim  plandan  tushurib  qoldirilgan,  ularning  yuzaga  keltirgan  sabablarini  qidirib 

topish  kerak. 

Planni  analiz  qilishdan  maqsad  –  programma  talablarini  bajarish  yo‘llari, 

xaftalik  plandagi  mashg‘ulotlarning  turlari,  ishi,  talab  darajasida  ekanligi, 

mustaxkamlovchi,  yangi  bilm  beruvchi  mashg‘ulot  turlarining  oddiydan 

murakkablashib borishi ko‘rish mumkin. 

Topilgan kamchiliklar o‘z vaqtida muxokama qilinishi kerak, aks xolda bu 

kamchilik xatolar keyingi oylarda takrorlanmasin. 



Mexnat  bo‘limini  tekshirishda:  ko‘rgazmalilik,  kattalarining  faoliyati, 

mexnat  mexnat  jarayonini  kuzatishda  bir  qator  mashg‘ulotlarni  kuzatish.Masalan: 

ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko‘rish katta axamiyat berish mumkin. 

Ekskursiya  jarayonida  –  tarbiyachilik  bolalarda  qiziqish  tuyg‘ularini 

uyg‘ota  olishga,  bolalarni  asosiy  narsani  ko‘ra  olishga  kuzata  olishga,  tanish 

bo‘lgan  voqea  va  xodisalarni  solishtira  olish  malakalarini  o‘stirish,  ko‘rganlariga 

yaqin yasay olish, fikrlash qobilatlarini o‘stirishni tarbiyalash. 

Mudiraning ishini tematik tekshirishda; 

a) mudiraning gruppalardagi ishlarini tekshirish. 

Mudira  o‘z  vazifasida  turli  yosh  gruppalarning  xamma  rolini  momentlari 

bilan asosida kuzatishi, analiz qilishi kerak. 

Inspektor xuddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo‘llarini tekshiradi. 

b)  SHaroitni  yaratilganligi;  v)  tekshirilgan  tema  bo‘yicha  ped  –  sovetda 

birgalikdagi  muxokamasi;  g)  Konsultatsiyaning  ishlash  mo‘ljalarini  o‘stiruvchi 

vositalar; 

Gruppa  tarbiyachisining  ishini  avval  tarbiya  ishning  o‘zi  bilan  muxokama 

qilinadi, keyin pedagogik sovet ishiga olib chiqiladi. 

Yutuq,  kamchiliklar  ,  taklif  –  muloxazalar  ochiqchasi  –  oshkora  xolda 

chaqiriladi. 

Kerakli yo‘llanma, metodik yordam o‘z vaqtida ko‘rsatiladi. 

Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud: 

1) 


birlamchi;  2)  ikkilamchi;  3)katta  tekshiruv  turlari  mavjud;  4) 

ogoxlantiruvchi tekshiruv. 

Maktabgacha  tarbiya  muassasalari  ishini  tekshirish  yakuni  buyicha  AKT 

tuziladi. 

Bu  xujjatni  tuzishda  –  tekshirish  bo‘yicha  olingan  ma’lumotlarni,  chuqur 

taxlil qilish talab etiladi.Ta’lim tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy- metodik, moliyaviy 

–  xo‘jalik  faoliyatlarni  suxbatlarni  maxsus  kuzatish  daftariga  yozib  borish 

lozim.Xujjatlarni chuqur o‘rganib, muassasa faoliyatiga aniq isbotlangan xulosalar 

chiqariladi. 



Akt 3 nusxada tuziladi 1-si Tuman X.T.B -, 2si – bolalar muassasiga, 3si – 

tekshiruvida qoladi. 

Kuzatish sxemasi quyidagicha: 

1)  Kuzatilgan jarayon. 

2) 

Kuzatilayotgan kun, yil, oy. 



3) 

Ish mazmuni. 

4) 

Tayorgarlik. 



5) 

Bolalarning bilim, ko‘nikma va malakasi. 



6) 

Tarbiyachining bilim, ko‘nikma, malakasi. 



Nazorat savollari 

1.Tashkillashtirish nima? 

2. Tekshirish va yo‘naltirish, pedagogik  analiz, boshqaruv usullari haqida 

nimalarni bilasiz? 

3.Nazorat qilish nima?  

4. Nazorat  qilishning metodologik asosini tushuntiring 



5. Nazorat o‘tkazishning bosqichlarini ,tekshirish rejasini tuzing 

 

Download 259,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish