MAVZU: NAVRO’Z – QADIMIY BAYRAM
REJA:
1. Navro’z qanday bayram
2. Navro’z haqida turli hil hikoyalar va afsonalar
3. Navro’z bayramini nishonlanishi
Buyuk bobokalonimiz ‘azrat Alisher Navoiy o’z g’azallaridan birida “‘ar tuning qadr o’lubon, ‘ar kuning o’lsin navro’z!” deb yozganlar.
Navro’z bayrami Markaziy Osiyo va Yaqin SHarq xalqlarining qadimiy, an’anaviy yangi yil bayramidir. Bu bayram O’rta Osiyoda islom dini qabul qilinmasdan ancha ilgariroq mavjud bo’lgan. Quyosh kalendariga muvofiq Quyoshning Hamal burjiga kirishi, kecha bilan kunduzning barobar kelishi yil boshi hisoblangan. Bu eski Quyosh yili hisobida farvordin oyining avvaliga (22 mart) kecha bilan kunduzning tenglashgan vaqti va kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanish, bahorning boshlanishi davriga to’g’ri keladi. Bu kichik Navro’z bayrami yoki ommaviy Navro’z bayrami deyiladi.
Beruniy bobomiz esa bundan ming yil avval yaratgan “‘Hindiston” nomli asarida har bir xalqning udum va an’analari o’sha xalqning yuz yillar davomida shakllangan turmush tarzining ifodasi ekanligini ta’kidlab o’tgan.
Umar Xayyomning "Navro’znoma" kitobida yozilishicha, Navro’z bayrami o’tkazishning maxsus qoidasi bo’lgan. Alisher Navoiy "Tarixi mulku Ajam" asarida ham Navro’z bayrami haqida bayon qilgan.
Biroq bayram shunchaki, o’yin-kulgu, xursandchilik emas, aksincha, u xalqning tarixi, madaniyati va maonaviyati bilan chambarchas bog’liq bo’lgan jiddiy ijtimoiy hodisadir. Biz uchun va bosh¬qa SHarq xalqlari uchun Navro’z xuddi shunday bayram. U biz uchun kecha va kunduzning tenglashuvi, yerning ekin ekishga tayyor bo’lishi, dov-daraxtlarning gullashi, xullas, yangi kun, yangi faslning boshlanishi. Qadimgi SHarq afsonalaridan birida aytilishicha, qadimgi Eron shohlaridan bo’lmish Jamshid shu kuni podsho bo’lib taxtga o’tirgan ekan. U o’ziga shohona taxt yasattirib, har xil qimmatbaho toshlar qadalgan, turli dur-javo’irlar bilan bezatilgan tojini boshiga kiyib, tong ma’alda taxtga o’tirgan. Shu payt quyosh chiqib, zarrin nurlari Jamshidning taxtini yoritgan. Butun tevarak-atrof nurafshon bo’lib ketgan. Buni ko’rgan xalq ajablanib, bu kunni Navro’z, yaoni yangi kun deb atagan ekan. Bu albatta afsona. Navro’z haqidagi barcha afsonalarda yaxshilik yomonlik ustidan g’alaba qozonadi. U xalqimizning azaliy udumi, tiriklik va yorug’lik ayyomi sifatida ardoqlanib keladi. Uning Islom diniga hech qanday aloqasi yo’q, chunki bu bayram Islom dini nozil qilinishidan ilgari ham bayram qilingan. Qizig’i shundaki, O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan Navro’z bu o’lkalarga Islom dini kiritilganidan keyin man qilingan, ammo xalq o’z sevgan bayramini nishonlashda davom etgan.
Sho’rolar zamonida ko’plab milliy qadriyatlarimiz qatori Navro’z ham bir chekkaga surib qo’yilgan edi. O’ttizinchi yillar qatag’onidan bir qadar eson-omon o’tib, o’tgan asrning elliginchi yillarida biroz jonlangandek bo’lgan Navro’z saksoninchi yillarga kelib, tag’in quvg’in ostiga olindi. Saksoninchi yillarning boshida TSKning ma’lum va mash’um o’n oltinchi plenumi bo’ldi. Islom dini tushirilishidan ancha avval mavjud bo’lgan Navro’z “diniy bayram” sifatida qatag’onga uchradi. Baozi chalasavod olimlar uni hatto Mu’ammad ‘ayg’ambarning tug’ilgan kuni deb ham atashdi. Iso payg’ambar tug’ilgan kun bo’lmish 25 dekabr, ya’ni Rojdestvo qariyb barcha Yevro’a davlatlarida, Yangi yil, yaoni birinchi yanvar
Navro’z bayramining boshlanishidan bir necha kun ilgari tayyorgarlik ko’rilgan. Jumladan, bahorning ilohiy quvvati hisoblangan sumalak sayli uchun tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Odatda Navro’z bayramidan 12-15 kun oldin bug’doy yoki arpa urug’i undirishga qo’yilgan va uning maysasidan Navro’z bayrami kunlari sumalak pishirilgan. Sumalak an’anaviy marosim bo’lib, asrlar osha nishonlanib boyitilgan. Bu asosan kishilarni o’zaro hamkorlik, do’stlik va bosh¬qa fazilatlarni bog’lashda muhim rol o’ynaydi.
Sumalak sayli ishtirokchilari latifalar, turli aforizmlar, qo’shiqlar aytishib, xursandchilik qilishgan, marosim hazil-mutoyiba, o’yin-kulgi bilan o’tadi. Yoshlar Navro’z bayrami kechasi uxlamasdan ertak va hikoyalar aytishib, o’yin-kulgu bilan bahor haqida qo’shiqlar aytganlar.
Sho’rolar Ittifoqida ham, O’zbekistonda ham bayram qilingan bir paytda dinga hech qanday aloqasi bo’lmagan Navro’z man qilindi. Ma’lumot uchun aytish mumkinki, Navro’z Mu’ammad payg’ambar tug’ilgan kun emas. Mu’ammad payg’ambar Iso alayhissalomdan 571 yil keyin Rabbiul avval oyining 12 sanasida, dushanba kuni tong ‘ayti dunyoga kelgan va ‘ozirgi hisob bilan 632 yil 8 iyunda Madinada vafot etgan. Yuqorida aytilgan Rabbiul avval oyining 12-sanasi ‘ozirgi ‘isobimizda 571 yil 20 a’rel dushanbaga to’g’ri kelishi ko’’gina Islom olimlari tomonidan aytilgan. (Rahmatulloh qori Obidov. payg’ambarlar tarixi islomiyat tarixidir).
Navro’z bayrami haqidagi ilk maolumotlar Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va boshqa asarlarida, Umar Xayyomning “Navro’znoma” asarida uchraydi. Ma’mud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida Navro’zga bag’ishlangan xalq qo’shiqlari keltirilgan.
Hozir O’zbekiston ‘ududida yashayotgan barcha xalqlar ‘am bu kunni yangi yilning boshlanishi deb quvonch bilan kutib oladilar. Bir necha kun ilgari tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Bug’doy undirishga qo’yiladi va uning maysasidan sumalak tayyorlanadi. Ko’kat chuchvara, yalpiz somsa kabi taomlar ‘ishiriladi, otchopar, ko’pkari, kurash singari xalq o’yinlari, sayillar o’tkaziladi, bahor haqida qo’shiqlar kuylanadi. Navro’zning birinchi kuni qishloq joylarida bolalar to’p-to’p bo’lib xonadonlar eshigi oldida Navro’zga bag’ishlangan qo’shiq aytishadi. Xonadon egasi ularni sovg’a-salom va yeguliklar bilan siylaydi. Bolalar yeguliklarning bir qismini qishloqdagi beva-bechoralarga ulashishadi. Bu udum ‘ozir Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarining ayrim qishloqlarida saqlanib qolgan. Navro’z yangi yil bayramigina bo’lib qolmay, me’nat bayrami ham hisoblanadi.
O’zbekistonda 21 mart dam olish kuni deb eolon qilingan. Barchamizga Navro’z bayrami muborak bo’lsin.
MAVZU : ODAMIYLIKNING ODDIY BELGILARI
REJA:
1. Odamiylikning oddiy belgilari haqida
2. Insonlarga yaxshilik qilish
Yaxshilik ko‘zlovchi bo‘yniga zinhor
Qilich tortma bo‘lsa hamki gunohkor!
(Nizomiy Ganjaviy)
Hakimlar aytmishlar: "Yaxshilikning asosi 3 narsada: 1) barchaga nisbatan riyosiz kamtarlikda; 2) minnatsiz sahovatda; 3) haq talab qilinmaydigan xizmatda."
Odamlar 4 narsani qidirmaslikka ilojsizdirlar: 1) yaxshilik va yomonlikni ajratishga yordam beradigan ilmni; 2) tirikchilik o‘tkazishga kerak bo‘ladigan asbob-anjomlarni 3) kayfiyatni yaxshi tutadigan vositalarni 4) odamlar bilan murosani.
Yaxshi odam ushbu dunyoni tark etsada, biroq u tirik hisoblanadi, yomon odam tirik bo‘lsa-da, baribir o‘lik qatoridadir. Yaxshiga qo‘shilgan kishilar yaxshilik tomonga yuradilar, shuning uchun sen olim, fozil, dono va bilimdon kishilar bilan hamsuhbat bo‘l, ularning suhbati kishining dil oynasidan xirs, ta'na va baxillik g‘uborini supurib tashlaydi.
Qo‘lingdan yaxshilik kelmasa, yomonlik qilishdan ham qoch. Agar og‘zingda yaxshi gaping bo‘lmasa, tilingni bo‘xton va g‘iybat bilan bulg‘ashdan asra. Yaxshi ishlar dengizining g‘ovvoslari shunday kishilar bo‘ladilarki, yaxshi ishlar javohirini husni -xulq rishtasiga terib, shirinzabonlik shakarini katta-kichik oshnolaridan darig‘ tutmaydi va huddi obi-hayot kabi barcha mijozlariga tinchlik va halovat baxsh etadi.
Ey farzand, agar sen o‘zgalardan yaxshilik ko‘ray desang, faqatgina yaxshilik qil! Bu haqda shunday deyishgan:
Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlik!
Demak, yaxshiliging xoh katta, xoh kichik bo‘lsin uni birovlardan darig‘ tutma. Arzimagan bir yaxshilikni ham birovga ravo ko‘ramanmi deb o‘ylanib o‘tirma. Dunyoda kim nimani eksa, o‘shani o‘radi. Birovga yaxshilik qilgan bo‘lsang, yaxshiligingni aytib uni kamsitma, birovga ichirgan va yedirganingni minnat qilib zaharga aylantirma.
Kundalik hayotimizda shunday zaruriy narsalar borki, ularni bajarmasdan hayot kechirishning o‘zi mumkin emas. Masalan: ovqatlanish, kiyinish va h.k. biroq ahamiyatsizdek tuyulgan, aslida zaruriyatdan ham zaruriyroq ba'zibir taomillar, urf-odatlarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Tasavvur eting, ertalab turganingizda derazadan mo‘l-ko‘l quyosh nuri tushib turibdi. U sizning ovqatlanishingizga ham, kiyinishingizga ham zarracha aloqasi yo‘q . Biroq, bu omil ruhingizni ko‘tarib yuboradi, beixtiyor shodlanasiz, hayot ne'matlarining nechog‘li qadr-qimmatli ekanligini anglaysiz. Tabiatning boshqacha manzaralari, olis-olis ufqlar, ekinzorlar, o‘tloqlar hamda dilingizdagi g‘alati anglab bo‘lmas his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu tuyg‘ular sirli tuyulsada, ruhingizni yuksaltiradi. Siz jamiki mavjudotga, yorug‘ olamga, tabiatga shukronalar aytgingiz, odamlarga yaxshiliklar qilgingiz keladi. Ana shunday insoniy tuyg‘ular-la bog‘liq, hamisha, har qanday vaziyatda go’zal yaxshilikka undovchi udumlarimizdan biri kattaga hurmat, kichikka shafqatdir.
Donishmand bobolarimiz, keksa kishilarga, ota-onaga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug‘larga, mahalla-guzar ahliga nisbatan hurmat, mehr-oqibat yaxshilik, muhabbat tuyg‘ularini yurakdan eng asl gavhar donasiday asrash to‘g‘risida maxsus tarbiyaviy risolalar bitganlar. Ayrim tengdoshlaringiz o‘zlaridan kichik va nogironlar u yoqda tursin, kaltabinlik bilan kattalarni, hatto o‘z ota-onalarini ham mensimay, nazar-pisand qilmay qo‘yadilar, o‘zboshimchalik yo‘liga kiradilar, avvalo ularning o‘qishlari susayib yomonlashadi, ichish, chekish kabi yaramas odatlarni o‘rganadilar. Bezorilik, nashavandlik qiladilar. Oqibatda kelajak istiqboli, yuksak insoniy taqdir a'molidan mahrum bo‘ladilar,axloq tuzatish qamoqxonalariga tushadilar.
Udumlarimizning mohiyatiga e'tibor bersangiz, ularda hatto qora narsalardan ham yorug‘lik, yaxshilik qidirish, ularni ham to‘g‘ri yo‘lga solish istagi yotganligiga guvoh bo‘lasiz.
Yomondan oshno tutma zinhor yiroq tur,
Yomon do‘st seni yo‘ldan ozdiradi.
O‘zing ezgu otli bo‘layin desang,
Yomonga qo‘shilma faqat yaxshilik qil.
Dunyoda yaxshilik va yomonlikdan ko‘ra uzoqroq yashaydigan narsa yo‘q. Yaxshiligi ko‘p odamning do‘stlari serob bo‘ladi. Odamlarni davlating yetarli va ishing yurishib turganida emas, balki kambag‘allik va nochorlik paytingda sina, shunda ularning yaxshi yoki yomon ekanligini bilasan. Yaxshilikni qancha katta qilsang ham uni shuncha kichik deb bil. Birovga yaxshilik qilsang, qilgan yaxshiligingni yashir, birov senga yaxshilik qilsa, el orasiga yoy.
Yaxshilik qilishga bo‘lmasa imkon,
Yomonlik qilmagin, qaytar o‘zingga!
Qo‘pollikni tashla, lutfingni ko‘rsat,
Musibat boqmagay nurli yuzingga.
Izzat hurmat odatida erkak kishining ayol zotiga munosabati alohida o‘rin tutadi. Qadimdan ota-bobolarimiz yer yuzidagi barcha ezguliklarning manbai, inson hayotining sarchashmasi bo‘lgan ayol zotiga hamisha hurmat saqlab kelganlar. Xotin-qizlar ro‘zg‘or tashvishlari, kundalik turmush urinishlari uchun yugurib-yelishdan xalos qilingan. Nozik jins sifatida har qanday og‘ir yumushdan saqlangan. Buvi-yu onaga, opa-singilga, amma-xolalarga zo‘r hurmat bilan qaralgan.
Ota-bobolar, erkaklar, yosh yigitlaru o‘spirinlar ayol zotining xizmatida kamarbasta bo‘lishgan, albatta, bularning barchasi yaxshilikning alomati bo‘lgan. Ona-ku tabarruk zot sanalib, bosgan izlari ko‘zga surtilgan. Butun hayot davomida onani og‘rintirmaslikka harakat qilingan. Onani farzand tomonidan savatga solib, boshga ko‘tarib 7 marta Maka-yu Madinaga olib borib, tavof qildirish, onaizorning farzand beshigi ustida bedor o‘tkazgan bir tuniga teng tutilmagan. Onalardan keyingi opalarga hurmat ehtirom ko’rsatilgan.
an.
Do'stlaringiz bilan baham: |