Reja: Navro’z bahor bayrami



Download 15,3 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi15,3 Kb.
#546357
Bog'liq
Navroʻz (forsch-WPS Office


MENING O’LKAMDA BAHOR
Reja:


  1. Navro’z bahor bayrami

  2. Boshqa xalqlarda Navro’z

  3. Navro’zdagi urf –odatlar

Navro’z (forscha نوروز — „yangi kun“) — bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. „Navro’z“ so’zi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ ma’nosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda Navro’z 21-mart kuni, Qozog’istonda esa, 22-martda nishonlanadi.


Navro’z Shimoliy yarimsharda bahorning boshlanishi sifatida, kecha-kunduz tenglashgan kunda (martnıng 20, 21 va yoki 22-da) boshlanadi. Ba’zi xalqlar bahor faslining kelishini tabiatning uyg’onishi bilan bog’laydilar, shu munosabat bilan bayramlar o’tkazishadi, uni yangi yilning boshlanishidek bayram qiladilar. Qadim zamonlardan boshlab Ozarbayjon, O’zbekiston, Eron, Afg’onıston, Tojikistonda va yana ko’plab sharqiy o’lkalarda bahorning — yangi yilning kelishini bayramlar bilan qarshi olishadi. Martning 21-sanasi Eron va Afg’onistonda rasmiy taqvimning dastlabki kuni hisoblanadi.
2009-yil 30-sentyabda Navro’z UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros ro’yxatiga kiritilgan, 2010-yil 23-fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasıda 21-mart „Xalqaro Navro’z Kuni“ deb e’lon qilindi. Hali ham bu bayram davom etmoqda.
Navro’z qadimiyligi, keng geografik qamrovi va uni nishonlash vaqtidagi turli davrlari sababli, nomoddiy madaniy merosning xilma-xil hususiyatlarini o’z ichiga oladi. U „Navro’zi Jamshid“ini anglatgan Eronning afsonaviy shohi Jamshid va shu kabi afsonalarga asoslangan ko’pgina madaniy shakl va tasvirlardan tashkil topgan.
Shunga o’xshash afsona hind mifologiyasida ham mavjuddir, bundan tashqari „Bo’zqurt“ nomli turk afsonasida, „Amoo Novrouz“ Eron afsonasida, Afg’oniston va O’rta Osiyo mamlakatlari afsonalarida Nanex Novrouz Amoo Novrouzni kutadi, lekin yangi yil kirib kelganida uxlab qoladi. Amoo Novrouz u uxlab yotganida kelib ketadi. Bu voqea har yili takrorlanaveradi. Bu afsonalar eskirgandek tuyulsa ham, ular bugungi kunda madaniyatimizda uchrab turadi. Ertaklar, epik she’rlar, „Navro’z she’rlari“ deb nomlanadigan mumtoz she’rlar bilan birga, bugungi kunda Navro’z marosimidan oldin va keyin kitob, jurnal, internetda chop etilgan shoirlar va radio, televideniyeda yangraydigan musiqa: qadimgi va mumtoz Eron musiqasida maxsus kuylar va qo’shiqlar mavjud bo’lib, ular „Naz-e Novrouz“, „Yaad-e Novrouz“, „Novrouz-e Xordak“, „Novrouz-e Xara“ va „Novrouz-e Saba“ deb nomlanadi. Usmonli turk imperiyasida ham shunga o’xshash kuy va musiqalar yangragan. Boshqa Navro’zlarda bu marosimga aloqador ko’pgina kuy va musiqalar mavjud. „Navro’z“, „Muborakbod“, „Shohmoylar“, „Sumalak“, „Boychechak“, „Binafsha“ kabi folklor ashulalalari O’zbekistonda bugungi kunda ham mashhur. Hozirda mahalliy, milliy va hatto millatlararo konsertlarda kuylanadigan Navro’z kuy va qo’shiqlari mavjud. Bundan tashqari „Mulla Mamajon“ afg’on qo’shig’i juda mashhur bo’lib, Mozori Sharifda, Eron, Tojikistonda ham quylanadi.
Barcha Navro’zlarda mahalliy va an’anaviy raqslar mavjud bo’lib, ular etnik guruhlar tomonidan ijro etiladi, Ozarbayjon va o’zbek raqslari kerakli maromda ijro etiladi va madaniy hamda lingvistik ko’rinish maxsus folklor ko’rinishlariga uyg’unlashgan. Bular orasida „Xan Bazi“ va „Kusex Galin“ Eronda, „Kusa Kusa Xani“ Ozarbayjon va Turkiyada hamda „Bahor Xonim“, „Navro’z bobo“, „Dehqon bobo“, „Nasriddin“ O’zbekistonda, „Aspak bozi“ (masxaraboz), „Laklak bozi“ Qirg’izistonda, uloq, otchopar, ko’pkari, kurash, qo’chqorlar, xo’rozlar jangi va boshqalar. Tajriba, bilim va hunar, shuningdek, uy jihozlarini yangilash, bolalar uchun o’yinchoqlar yasash, qimmatli tosh va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, ayniqsa yosh kelin-kuyov uchun bezak mahsulotlari bayram nishonlashning turli bosqichlarida qo’llaniladi. Umuman olganda, bayram marosimlarida ushbu odatlar umumiy qimmatga va boy madaniy xilma- xillik ko’rinishidagi o’ziga xoslikka ega.
Sanalarni belgilash asosan qadimiy astronomik ta’limot asosida hisoblanadi. O’rta asrlarda yilnoma asosan Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg’ariy va Umar Xayyom kabi mashhur olimlar tomonidan tasdiqlangan va to’g’rilangan.
Har bir oila va jamiyatda nishonlanadigan ko’pgina marosim, an’ana va madaniy hodisalar mavjud. Bayramning eng muhim vazifalaridan biri bu ommaviy yig’inlar bo’lib, u yerda madaniy almashinuv va tadbirlar marosimlarga qo’shib o’tkaziladi. Suv va olov bilan bog’liq maxsus ommoviy marosimlar bunga misol bo’la oladi.
O'zbekistonda Navro’z 21-mart kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.
Navro’z — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishi bilan bog’liq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun — Yangi yil, ya’ni Navro’z bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tekin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi.
Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar o’tkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navro’z kunlari qishki manzillari — qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari - yozloqlarga ko’chib o’tishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar yerga qo’sh solishgan. Jamoa-jamoa bo’lib, hasharlar uyushtirishgan. O’tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda mevali, manzarali daraxtlar o’tqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navro’z — yangi yil, yangi hayot qaynagan. Ajdodlarimiz Navro’z bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navro’z taomlari ham o’ziga xos bo’lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol bo’lgan. Ular Navro’z bayramida turli ommaviy bayram o’yinlari o’ynaganlar. Ot o’yin, chillak, qo’g’irchoq, tosho’yin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o’smirlar, o’spirinlar, bo’y qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik ko’rishgan.
Bu jarayonlarda turli-tuman xalq o’yinlari, bahor qo’shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli o’yinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Ko’pkari-uloq, kurash o’yinlari, hayvon va parrandalar (xo’roz, it, qo’chqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o’yinlari, turli xil xalq tomoshalari o’tkazilgan. Navro’z — mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolg’iz qariyalar, ota-onalar yo’qlanadi. Kishilar bir-birlariga sovg’a-salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi. Navro’z — muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navro’z munosabati bilan nikoh to’ylari o’tkazilgan. Yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qo’lidan choy ichish maqsadida „kelin ko’rdi“ga borilgan. Navro’z — do’stlik, birodarlik bayramidir. Ushbu kunni nafaqat Sharq xalqlari, balki millati, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, barcha bayram qiladi. Navro’z bayrami O’zbekistonda dam olish kuni, rasmiy bayram kuni deb qabl qilingan. Uni hozirgacha ham yoshlardan tortib yoshi keksa kishilar ham tantali tarzda kutib olishadi.

Fakultet: Muhandislik Kommunikatsiyalari Qurilishi


Yo’nalish: Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
Guruh: 106-MKQ
F.I.SH: Koxxorova Ozoda Otabek qizi
Download 15,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish