Reja: Mutaassiblik, ekstrеmizm, aqidaparastlik, fundamеntalizm, tеrrоrizm, xalqarо tеrrоrizm tushunchalarining mazmun-mоhiyati



Download 140,59 Kb.
bet13/29
Sana18.01.2022
Hajmi140,59 Kb.
#390228
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
3-mavzu. (1)

Ahmadiya harakati - harakati IX asrning oxirida Panjob (Pokiston)da xristian-protestant diniy oqimining Islomga qarshi faoliyatining faollashuvi hamda ahli hadis maktabi bilan hanafiya vakillarining Qur'on va sunnatning asosiy masalalari haqidagi munoqashalari natijasida vujudga keldi. Ahmadiya harakatining paydo bo'lishi barcha Islomga oid oqimlarning shggilishlarini birlashtirish va ularning asosiy platformasini tashkil qilish bilan bog'liqdir. Shuningdek, boshqa din vakillarining tinch-totuv yashashlari ham bu harakatning paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. Ahmadiya harakatining fikricha, jamoaning asoschisi xudo tomonidan insoniyatga yuborilgan so'nggi ilohiyotlarni ochuvchi oxirgi payg'ambar bo'lib, unda musulmonlarning maxdiysi, xristianlarning ta'limoti va induslarning Krishnasi mujassamlashgan bo'ladi.

"Hizbut-tahrir al-islomiy" diniy tashkiloti - "Hizbut-tahrir al-islomiy" norasmiy siyosiylashgan diniy partiya 1953 yilda Isroilda paydo bo'ldi. Partiya piramida shaklida, tarkibiy tuzilma ko'rinishida tashkil toptan.

"Hizbut-tahrir al-islomiy" diniy tashkilotining kurash bosqichlari:

1. Tasqif - tushuntirish ishlari. Ongi to'liq shakllanmagan yoshlarni o'z tuzog'iga ilintirish. Fikri zaif, ta'sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi mas'ul shaxslarni o'z tarafiga og'dirish;

2.Tafoul - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali "Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi va kelajak masalalarini idrok qilishga erishishi" yo'lida fikriy inqilobga yetishish;



3. Inqilob - to'ntarish, hukumatni yaratilgan ummat orqali qo'lga kiritish.

"TABLIG'CHI"lar jamoasi - "Tablig" arabcha yetkazish ma'nosida, tom ma'noda Allohning kalomini odamlarga yetkazishni anglatadi. Bu oqimga XX asrning 20-yillarida Hindistonda Muhammad Ilyos tomonidan asos solingan. Oqimning maqsadi kishilarni ommaviy Islomga chorlash, musulmonlarga Islom arkonlariga to'liq amal qilishlari lozim ekanligini yetkazish va ularning Alloh oldidagi mas'uliyatini oshirish. Har o'n "tablig"chi uchun bir amir saylanadi, amirga bo'ysunishlik vojib hisoblanadi.

Akromiylar - Taxminan 1997-1999 yilda Fargona vodiysida vujudga kelgan ushbu diniy-siyosiy harakat vakillari yolgiz Allohga e'tiqod qilib, Payg'ambarga imon keltirmaydilar. "Akromiylar" bugungi mavjud barcha tuzumlarni tan olmaydi, davlatga, qonun-qoidalarga ham, ota-onaga ham emas, faqat oqim sardorlariga bo'ysunish lozim, deb hisoblaydilar. Uning asoschisi 1960 yilda Andijon shahrida tug'ilgan Yo'ldoshev Akrom Sotvoldiyevich hanbaliy mazhabi vahhobiylik oqimi ta'limotiga tayanib, 1992 yilda 12 darsdan iborat "Imonga yo'l", deb nomlangan dasturni ishlab chiqqan. Ushbu dasturda oqimning pirovard maqsadi Islom davlatini barpo etishdan iborat ekani ta'kidlangan. O'z harakatlariga nomzodlarni tanlab olish va ularni tayyorlashni besh bosqichdagi maqsadli dastur orqali amalga oshiradilar.

"NUR"chilar jamoasi - Asoschisi turkiyalik Sayd Nursiy bo'lib, asl maqsadi mavjud hokimiyat uchun qarshi chiquvchi o'ta diniy - mutaassib kishilarni tarbiyalash. "Nur" jamoasi Allohing kitobi va Rasulullohning (S.A.V.) sunnatlarini hidoyatga boshlovchi dasturulamal qilib olgan. Bu harakat o'ziga ergashgan kishilar qalbida islomiy aqidani uyg'otib, bu bilan Islomga e'tiqod qilish qonun tarafidan jazolanadigan tartibga qarshi kurashishni da'vat etadi. Harakatning asoschisi Badiuzzamon taqvodor, shubhali narsalardan saqlanuvchi shaxs bo'lib, "Seni shubhalantiruvchi narsalarni tark et, shubhasiz narsaga qo'l ur!" degan aqidaga amal qilgan. Mazkur harakat faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan yana biri ma'rifat tarqtuvchi — maktab, litsey va kollejlar tizimini faqat Turkiyada emas, xorijiy davlatlarda ham rivojlantirishdir.

"Tavba" - Ekstremistik ruhdagi harakat bo'lib, uning maqsadi "vahhobiychilik"ni qo'llab-quvvatlash, aholi orasida mavjud konstitutsion tuzumga qarshi targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish, jangarilarni o'qitish, ularni moddiy rag'batlantirib turish, respublikada Islom davlatini tiklash shiori ostida hokimiyatni hatto terror yo'li bilan egallashdan iborat. Harakatni xorijdagi katta terroristik guruhlar mablag' bilan ta'minlashi tabiiy, ammo bundan tashqari ular turli talon-taroj va terror yo'li bilan topilgan mablag'lar bilan ham o'zlarining moddiy ehtiyojlarini qondiradilar.


Download 140,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish