1.“Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom” uning maqsad va vazifalari.
2.“Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq davlatga qarashli maktabgacha ta’limni tashkil etish.
Asosiy tushunchalar
Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom davlatga qarashli maktabgacha ta`lim, boshqarish, boshqarish usullari.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida, O‘zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga kiradi. Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlariga quyidagilar kiradi: Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi.
O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim muassasalari N I Z O M asosida tashkil etiladi.Shulardan biri davlatga qarashli maktabgacha ta`lim muassasalaridir.
Bunda:
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda (keyingi o’rinlarda bolalar deb ataladi) jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o’qish va chet tillarni o’rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy-estetik rivojlanishini ta’minlaydi.
3. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o’z ustaviga amal qiladi.
4. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g’aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g’azna hisob varaqlariga ega bo’ladi.
5. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |