Taraqqiyotning o’zbek modeli va uning asosiy tamoyillari.
O’zbek modelining asosiy maqsadi bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyatni barpo etishdan iborat bo’lsa, asosiy vazifalariesa iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarda tub o`zgarishlar va islohotlarni amalga oshirish, xalqning turmush farovonligini yuksaltirish, komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.
O’zbek modelining mohiyat –mazmunining millati, tili va dinidan qat’i nazar, davlatimizda yashovchi barcha kishilar uchun munosib hayot sharoitini yaratib berish, har bir inson uchun ijtimoiy kafolatlangan turmush darajasini va erkinliklarini ta’minlash, xalqimizning qadriyatlari va mentalitetiga, milliy davlatchilik an’analariga tayanish, dunyo tajribasining ilg’or yutuqlariga asoslanish, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash masalalari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |