3-mavzu: Abu Аbdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning didaktik g’oyalari. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik qarashlari. Reja: 1.Muso al-Xorazmiy hayoti va ijodi. 2. Al-Xorazmiyning didaktik g’oyalari 4. Beruniyning pedagogik qarashalari Muso al-xorazmiy hayoti va ijodi Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva – 850, Bagʻdod) – xorazmlik riyoziyot, falakiyot, jug'rofiya va b. fanlar tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Zahiriddin va Firdavs qo'lida tahsil olgan va birga ishlagan.Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa – „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813–833), soʻng al Moʻʼtasim (833–842), al Vosiq (842–847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan. Asarlari - << Al jabr va al-muqobala>>,
- <>,
- << Er satxini o’lchash >>,
- << Quyosh soatlari to’g’risida>>,
- <>
- <>
- << Zich >> va boshqa asarlari.
Didaktik qarashalari - Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
- U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
- Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
- Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
Beruniy hayoti va ijodi haqida - Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentabr, 973, Kat, Xorazm, — 13-dekabr, 1048, Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri.
- Al-Beruniy nomi forscha "birun" (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan.
- Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda o‘tkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shug‘ullandi. Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini o'rgandi
Mashxur asarlari - “ Geodoziya ’’
- “ Mineralogiya”
- “ Hindiston”
- “ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
- “ Astronomiya ’’
- “ Qonuniy masudiy ’’
Beruniyning pedagogik qarashalari - Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchiga bilim berishda:
- - o'quvchini zeriktirmaslik;
- - bihm berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik;
- - uzviylik, izchillik;
- - tahlil qihsh va taqqoslash;
- - ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish;
- - takrorlash;
- - yangi mavzulami qiziqarli, asosan, ko'rgazmali bayon etishga e’tibor
- berish kerakligi o'qtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |