3. Xo'jalik yuritish shakllari
Mulk shakllarining xilma-xilligi xo'jalik yuritish usullarini farqlashni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasida xo'jalik yuritish usullarining yoki tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllariga ruxsat berilgan:
yakka tartibdagi mehnat faoliyati;
xususiy faoliyat;
shirkat usulida xo'j alik yuritish;
aralash xo'jalik yuritish;
Yuqorida sanab o'tilgan shakllarning birinchisidan tashqari barchasida korxonalar tuzish kerak bo'ladi. Shu bois korxona turlarining hammasi xo'jalik yuritishdan xolos bo'lmasligi kerak. Korxonalarning mulkiy maqomi va xo'jalik yuritish uslubi har xil bo'ladi. Bu yerda turli korxonalar ish yuritadilar. Ularning asosiy turlari quyidagicha:
Xususiy korxona xususiy mulk asosida faoliyat yurituvchi korxona, fuqarolar (oila) mablag'laridan, olingan daromadlardan, kreditlardan va boshqa qonuniy manbalardan tashkil topadi.
Xususiy korxonaning asosan ikki xili mavjud. Birinchisi, xususiy faoliyat bilan bog'liq xususiy korxona bo'lib, bunda bitta shaxsga mulkdor va xodimning birlashishiga asoslanadi. Ikkinchi xil xususiy korxona - ishlab chiqarish vositasi egasi shartnoma asosida yollanma xodimlardan foydalanishiga asoslanadi.
Davlat korxonasi davlat reja va shartnomalariga muvofiq o'z-o'zini boshqarish sharoitida mahsulot ishlab chiqaradi va realizatsiya qiladi, ishlarni bajaradi va xizmatlar ko'rsatadi. Davlat korxonasi yuridik shaxs hisoblanadi va davlat mulki bazasida faoliyat ko'rsatadi.
Mas'uliyati cheklanmagan korxona - odatda jamoa mulki bo'lgan korxona, uning mol- mulki sherikchilik yo'li bilan egalik qilinadi. Uning faoliyati uchun barcha egalari javobgar bo'ladi. Hozir kichik biznes sohasida keng tarqalgan.
Mas'uliyati cheklangan korxona - jamoa korxonasi, lekin mol-mulki uni ta'sis etuvchilarning pay (hissa) mablag'i asosida shakllanadi. Mazkur turdagi korxonalarning alohida shakllari borki, ularga aralash firmalar, aktsioner jamiyatlar kiradi.
Aralash firmalar - turli mulk shakliga taalluqli firmalar. Ular xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag'lariga tayanadi. Shunday firmalar qatoridan qo'shma korxonalar ham o'rin oladi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan korxonalardir. Ular kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Demak, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o'tish davrida mulkchilik va ko'p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko'ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |