Movarounnahr mug’ullar istibdodi davrida. Chig’atoy ulusi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar
Reja:
1. Mug’ul davlatining tashkil topishi.
2. Mug’ul bosqini va uning oqibatlari.
3. Mug’ullarning Movarounnahrdagi davlat boshqaruvi.
Mug’ullar davlati. XIII a.ning 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilochilik urushlari natijasida barpo etilgan davlat. 1206 y. bahorda Mug’ulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga “Chingizxon” (“Ulug’ xon”) deb nom berilgan, tashkil etilgan davlat “Yakka mongol ulus” deb atalgan. Chingizxon xokimiyatni mustahkamlash yo’lida bir qancha islohotlar o’tkazgan. Jumladan, ming oilani bir ma’muriy birlikka bo’lishga asoslangan va harbiy tus berilgan yangi ma’muriy tuzum joriy etilgan. Unga ko’ra, Chingizxonga tobe bo’lganlar jami o’5 ta “ming oila” birligiga bo’lib chiqilgan va bularniig har biriga urush davrida Chingizxonga sadoqat bilan xizmat kursatgan kishilar boshliq qilib tayinlangan. Lekin amalda ayrim mingliklar bir necha ming oiladan iborat ham bo’lgan. Mingliklarni tashkil etishda imkon boricha bir toifadagi qardosh avlodlarni va qabilalarni bir-biridan ajratmaslikka e’tibor berilgan. Mazkur “ming oila” lar, o’z navbatida, g’arbiy “o’ng qanot” va sharqiy “so’l qanot” markaziy va toqliklar kabi 4 qismga bo’lingan. Har bir ming oila yuzlikka va o’nlikka bo’lingan. Aholini ro’yxatga olish ishlari amalga oshirilgan. 15 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan erkaklar harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan. Qo’shinda qattiq tartib o’rnatilgan, qonunbuzarlar uchun qattiq jazo, qonun ustuvorligini himoya qilganlarga esa hurmat bildirilib, mukofot belgilangan. Savdo yo’llari avvalambor Buyuk ipak yo’lining hanfsizligini ta’minlab, undan to’la foydalanishga e’tibor berilgan. BVu tadbirlar Chingizxon hokimiyatini mustahkamlashda ijobiy samara bergan.
Chingizxon Mug’ullardan ko’p sonli yaxshi qurollangan, qattiq intizomga asoslangan va uyushganv qo’shin tuzadi. 13- a. muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtilk davrida chorvachilik bilan mashg’ul bo’lgpn barcha Mug’ul aholisi muhoraba e’lon qilinishi bilan tezda o’n, yuz, ming, o’n ming jangchi-tuman bo’linmalaridan iborat muntazam qo’shinga aylantirilardi. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida o’ziga zarur bo’ladigan qurol-yarog’, turli anjomlar va ot-ulovlarini oldindan tayyorlab qo’yishga majbur bo’lgan. Qo’shin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Tuman bo’linmalariga, odatda, shahzodalar qo’mondonlik qilgan. Asosiy qo’shindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvardiya (“keshik”) ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulotda sodir bo’ladigan xavf-xatarga qarshi tashlanardi. Davlat ma’muriyatini markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o’z imperiyasining poytaxtiga aylantiradi. Xat-savodga mutlaqo ega bo’lmagan, madaniyatini nihoyatda tuban Mug’ullar davlat boshqaruv ishlarida uyg’urlardan ‚xamda musulmon savdogarlaridan foydalandilar. Chingizxon va no’yonlarining maslaxatchilari, mirzolari va ba’zi bir mulk maьmurlari, asosan, uygurlardan bo’lgan. Mas., Sharqiy uyg’urlar xoni Idiqut (Saodatbek) xonning yaqin do’sti va maslaxatchisi edi. Tashatun ismli uyg’ur esa davlat Muxrdori lavozimini hamda shahzodalarni xat-savodga o’rgatuvchi ustod vazifasini bajargan. Chingizxon tarqoq jangari mug’ul urug’larini birlashgirgach, tajovuzkorlik siyosatini yurgizdi (mug’ullar istilosi). Zabt etilgan ulka va viloyatlarni Chingizxon 1224 y.da o’g’illari va nabiralariga taqsimlab berdi. Jan. Sibirь, dashti Kipchoq Volga buyi, Xorazm va darbandgacha bo’lgan o’lka Chingizxonning to’ng’ich o’g’li Jo’jiga (uning vafotidan keyin asa, nabirasi Botuga meros bo’lgan) topshirildi, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning 2-o’g’li Chig’atoy ega bo’ldi. Chingizxon o’z vatani Mo’g’ilistonni, shumingdek, Xitoyni 3-o’gli va vorisi O’qtoyga berdi. Kenja o’g’li Tuluga aea Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, Mug’ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlab boshqarishga kirishadi.
Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251—59) M.d. tarkibiga Mug’uliston, Shim. Xitoy, Koreya, tangutlarning Si-Sya podsholigi, Markaziy va O’rta Osiyo, Zakavkazьye, Eron, Afg’oniston va Rusь yerlarimnig aksariyati kirgan. Biroq M.d.da ichki birlik yo’q edi, u turli tillarda so’zlashuqchi ko’plab xalqlarni zo’rlik bilan birlashtirgan edi, bu xalq turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida bo’lib ularning ko’pchiligi taraqqiyot darajasiga ko’ra Mug’ullardan ancha ustun edilar. Munke o’limidan so’ng M.d. parchalanib keta boshlagan. Undan dastlab Botu (1236—55 y.lar hukmronlik qilgan) va Huloku (1256—65 y.lar hukmronlik qilgan) uluslari ajralib chiqib, Mug’ullar sulolasi hukmronligi ostida mustaqil davdatlar tuzganlar (Oltin O’rda, Hulokuiylar davlati). Bu davlatlar M.d. ishlariga aralashmaganla va o’z navbatida, boshqalarning ham ularning ishlariga aralashishiga yo’l qo’ymaganlar. Munkening o’rniga taxtga chiqqan ukasi Xubilay (1260—94 y.lar hukmronlik qilgan) davrida Mug’ullar Xitoyning butun hududini bosib olishgan. Xubilay va uning vorisdari saltanati Yuanь deb atala boshlagan. 1368 y. Xitoydagi xalq qo’zg’oloni natijasida Mug’ullar u yerdan quvilganlar. Ko’likovo Jangidan so’ng mo’g’illarning Rusdagi hukmronligiga darz ketgan. 14-a.ning 2-yarmida Eron, Zakavkazьye va O’rta Osiyoda Mug’ullar hukmronligi tugatilgan. 14-a.ning so’nggi choragida M.d. barham topgan. 15-a.da Esenxon (1440—55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashib M.d.ni tiklashga harakat qildidar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Dayanhonning o’limidan keyin mamlakat Jan. Mongoliya va Shimoliy Mongoliyaga bo’linib ketdi. Shim. Mongoliya ham, o’z navbatida, G’arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da Mongoliyaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi..
Mug’ullar istilosi — Chingizxon boshchiligidagi mo’g’illarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Mug’ul no’yonlari harbiy tashkilot tuzib, ko’p xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qo’shinning asosiy kuchi — ko’chmanchilardan iborat ko’p sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosqinchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Ko’shin birlashgan qo’mondonlikka ega bo’lib, qattiq intizom va yaxshi qurollanganligi hamda o’zining jangovar sifatlari bilan qo’shni mamlakat qo’shinlaridan ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda ko’p mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoinligi Mug’ullarning osonlik bilan galabaga erishishiga qo’l keldi.
M.i. Chingizxon boshliq Mug’ullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-a. oxiriga qadar davom etgan. 1207—11 y.larda Sibirь va Sharfiy Turkiston xalqlari (buryat, yoqut, oyrot, qirg’iz va uygurlar) bo’ysundirildi. Tangut davlati (Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar kilindi (1227 y. butunlay vayron qilinda). 1211 y. Chjurchjen davlati (Shim. Xitoy)ga xujum boshlandi, 90 ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215 y. Pekinni bosib oldilar. 1217 y. Xuanxe daryosining shim. dagi yerlarning hammasi Mug’ullar qo’liga o’tdi.
Mug’ullarning Movarounnahrni istilo qilishi. O’tror voqeosi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona bo’ldi. Bu yurishda Chingizxon dastdab Sharqiy Turkiston va Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik ko’rib rejalashtirilgan edi. Chingizxon G’arbga harbiy yurishini boshlamasdanoq o’z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi to’g’risida savdogarlar orqali to’plagan ma’lumotlarini sinchiklab o’rganib, Xorazmshohlarning davlatining ichki ahvolidan to’la voqif edi. Xorazmshohlar davlati ko’p sonli turkiy qo’shin va yaxshi qurollangan ko’ngillilar lashkari hamda yetarli oziq-ovqati zahirasiga ega edi. Afsuski, xorazmshoh bilan sarkardalar hrtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar bo’linib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivakiy barcha qo’shin (400 ming askar)ni Sirdaryo bo’yiga to’plab uzoq yo’l safarida toliqib kelayotgan Mug’ullarni qarshi olish, dushmanga hali o’zini o’nglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda to’satdan zarba berish to’g’risida birdan-bir to’g’ri fikr bayon qiladi. Biroq Muhammad xorazmshohga bunday fikr ma’qul bo’lmaydi. Chunki, uo’uzining oliylashkarboshilardan bo’lgan qipchoq dashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta qushinni bir joyga to’plashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan ag’darib tashlashlaridan qo’rqar edi. Askariy kuchini qal’a va istehkomlarga bo’lib yuborib, ayrim shaharlarni Mug’ullarga qarshi qo’yish bilan dushmanga zarba bermoqchi bo’ldi. Xorazmshoh Mug’ullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon Vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Vuxoro shaxarlarini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3 marta xiroj ham yig’ib olinadi. Barcha qurilgan chora-tadbirlarga qaramasdan xorazmshoh hujumga tayyor emas edi. 1219 y.ning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin bo’lgan Mug’ullarga uyg’ur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sig’moq teginlar ham o’zlarining harbiy kuchlari bilan qushilgan edi. Chingizxon O’tror sh. yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qo’shinni 4 qismga buladi. Uning bir qismini o’g’illari Chig’atoy va O’qtoy boshchiligida O’trorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo’ji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sig’noq, O’zgan, Barchinlig’kent, Jand, Yangikent va b. shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qo’shinni Oloq nuyon hamda Suketu-cherbi qo’mondonligida Banokat va Xo’jand sh.lari tomon yuboradi. Chingizxonning o’zi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida O’trorliklar shaharni mudofaa qilib 5 oy davomida o’z qo’llarida ushlab turadilar. Nihoyat Mug’ullar shaharni egallashga muvaffaq bladi. Aholini shahardan tashqariga haylab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar (yana.q O’tror mudofaasi). Shu asnoda Buxoroga yo’nalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yo’lda Zarnuq va Nur qalalarni ishg’ol qiladilar. 1220 y. fev.da Chingizxon Buxoroga yetib boradi (q.Buxoro mudofaasi). Mug’ullar Vuxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yo’l oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari o’g’illari Chig’atoy va O’qtoylarning O’trordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi (q. Samarqand mudofaasi), Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe nuyon bosh bo’lgan Mug’ul qo’shinining ta’qibidan qochib, Kaspiy dengiziniig jan.dagi orollardan birida panoh topadi va sal vaqt o’tmay g’ariblikda zotiljam kasali bilan vafot etadi. Bu davrda Mug’ullarning Jo’ji boshliq askariy ismlari Sirdaryo etaqlarida bosqinchilik qilmoqda eli. Jo’ji shaharni jangsiz taslim bo’lishini talab qilib, Sig’noqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli Savdogarni sig’noqliklar o’diradilar. Bundan darg’azab bo’lgan Jo’ji shaxarga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan daxshatga tushgan O’zgan sh. aholisi Mug’ullarga jangsiz taslim bo’ladi ammo, Barchinlig’kentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220 y. Jandga hujum boshlaydidar. Jand noibi Qulughon shaharni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq nuyon, Suketu cherbi va To’g’ay kabi Mug’ul sarhanglari 5 ming qo’shin bilan Banokat va Xo’jand kishilari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan o’tkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shahar zabt etilgach, navbat Xo’jandga keladi. Asli nasabi turk bo’dgan Temur Malikning shaxsiy kaxramonligi bilan xo’jandliklar mo’g’illarga kutiliagan qarshilik ko’rsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning asarlarida Xo’jand qamalida 20 miig Mug’ul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq hinoyachilarning kuchi teng bo’lmatanligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbo’r bo’ladi. 1220 y.ning yozida Movarounnahr jan.da shu vaqtgacha bosib olinmagan shaharlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan o’zi kirishadi. Avval u Nasafga bostirib kiradi. Shaharliklar daxshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin Xabash qattiq qarshilik ko’rsatadi. Termiz sh. va aholisi ham Mug’ullarga qarshilik ko’rsatgan boshqa shaharlar fojiasini boshidan kechirdi. Sirdaryo havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo o’rta oqimining o’ng sohili viloyatlari zabt ztilgach, Chingizxon asosiy kuchni xorazmshohlar davlatining markazi Gurganchga tashaydi. Bu harbiy kuchni Chingizxonning o’g’illari Jo’ji, Chig’atoy va O’qtoydar boshqaradi (q. Urganch mudofaasi). Xorazmshohlar davlati bosib olingach, Mug’ul jangarilari o’z kuchini yirik savdo va madaniyat markazlari bo’lmish Balx, Xirot, Marv va G’azna kabi shaharlarga yo’naltiradi. Ammo bu yerda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Mug’ul qo’shinining atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Mug’ullarning Parvon dashtidagi mag’lubiyatidan keyin (q. Parvon jangi) Chingizxon harbiy harakatlarni shaxsan o’zi boshqarali. Chingizxon G’aznaga lashkar tortadi, Jal liddin esa urushsiz Sind (Hind) daryosi sohillariga chekinadi. Daryo bo’yida 1221 y.ning noyab.da ikki o’rtada qattiq jang bo’ladi. Mug’ullarning pistirmaga qo’ygan 10 miig nafarli saralangan lashkari jang oqibatini qal qiladi (q. Sind daryosi bo’yidagi jang). Raqibining jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni ta’qid qilish fikridan qaytadi. 1225 y.ga kelib, Mug’ul qo’shinlarining asosiy qismi Mug’ulistonga qaytib ketli. Jebe nuyon va Subutoy baxodir qo’mondonligidagi Mug’ul qo’shini g’arbda urushni davom ettiradi va Shim. Eron orqali Zakavkazьyega bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning bir vismini vayron qildi. Kaspiy dengizi sohili bo’ylab harakat qilib, alanlar yeriga bostirib kirdi va ularni tor-mor keltirdi (1222). 1223 y. 31 mayda Kalka jangida Mug’ullar birlashgan rusqipchoq qo’shinini yengib, uni Dnepr daryosi etagigacha quvib, keyin o’rta Volgaga chekindi. Biroq Volga-Kama Bulg’or mag’lubiyatga uchrab, Mug’ulistonga qaytib ketdi (1224). Bu Mug’ul otliq askarlarining kelgusida g’arbga qilinadigan yurishlari oldidan olib borgan razvedkasi edi.
Chingizxon vafot etgach (1227), O’ktoyni ulug’xon (qoon) deb ko’targan qurultoy (1229) dan so’ng M.i. 2 yo’nalishda olib borildi. Sharqda Shim. Xitoy to’la bosib olindi (1231-34) Va Koreya bilan urush boshlandi (1231-34). Mug’ullar bir qancha yirik yurishlar (1236, 1254, 1255, 1259) dan so’ng 1273 y. Koreyaning katgagina qismini bosib olishga muvaffaq bo’lgan. 1229 y. Subutoy bahodir 30 ming kishilik qo’shini bilan Yoyiq daryosi bo’yiga chiqdi. Jo’ji ulusiniig hukmdori Botuhon qo’shini bilan birgalikda Kaspiy bo’yyi dashtdaridan saksin va qipchoqlarni siqib chiqishga erishdi. 1232 y. Mug’ul qo’shinlarinig Volga-Kama Bulg’oriyasiga yorib kirishga urinishlari bekor ketdi. Jo’ji ulusiniig kuchlari bilan g’arbga qilingan hujum ham natija bermadi. 1235 y. qurultoy chaqirilib, unda boshqa uluslar harbiy kuchlarini Botuga yordamga yuborishga qaror qilindi. 14 Mug’ulxoni ishtirok etib qo’shinning umumiy soni umumiy soni 150 mingga yetdi. 1236 kuzida Mug’ul qo’shinlari yana Volga-Kama Bulg’oriyasiga hujum qilib, uni vayroi qildi. Ular 1237 y.ning baxori va yozida alanlar, qipchoqlar va O’rta Volgabo’yi xalqlari bilan urushni davom attirib, kuzda Shim.-Sharkiy Rusga yurish kilish maksadida hoz. Voronej atrofiga to’plandi. 1237 y. qishning boshlarida Botu Ryazanь knyazligiga hujum qilli, 6 kunlik qamaldan so’ng Ryazanь taslim bo’ldi. 1238 y. Kolomna ostonasida Vladimir knyazligi askarlarini tor-mar qildi. Mug’ul qo’shinlari Kolomna va Moskvani vayron qilish bilan birga 1238 y. fev. oyi mobaynida 14 rus shahrini (Rostov, Uglich, Yaroslavlь, Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodets, Galich-Merskiy, Pereyaslavlь-Zalesskiy, Yurьyev, Dmitrov, Volok-Lamskiy, Tverь, Tor jok)ni bosib oldi. 1240 y. kuzida Jan. Rusga yurish boshlandi. Dekabrning oxirlarida Kiyev, Vladimir-Volinskiy, Galich va b. shaharlar bosib olindi
1241 y. bahorida Mug’ul qo’shinlari rus hamda Sharkiy Yevropaning boshqa xalqlari ko’rsatgan kaxramonona qarshiligiga qaramay, G’arbga tomon ilgariladi. Botu ko’shiniiing asosiy qismi Karpat dovonlari orkali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 miing lik qo’shini tor-mor keltirdi. Vengriya poytaxti — Pesht. sh. ishg’ol etilib, vayron qilindi, mamlakatning ko’p qismi xarobaga aylantirildi. Ba’zi Mug’ul otryadlar Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, biroq qirol Vatslav I tomonidan qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi. 1241 y. oxirlarida Botu o’z qo’shinining Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika dengizi tomon boshladi. 1242 y. sohilda joylashgan qal’alarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya bo’ylab orqaga kaytgan. Shunday qilib Mug’ullarning Markaziy Yevropaga qilgan hujumi tugadi.
M.i. G’arbda — Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda uzoq muddatga cho’zilgan. Mug’ullar Zakavkazьyeni bosib olgach, Kshniya sultonligini tor-mor keltirdi. 1256 y. da Xuloku Eron va Mesopotamiyani, 1258 esa Arab halifaligining poytaxti, Bag’dodni bo’ysundirdi. Mug’ullar Suriyani ishg’ol qilib, Misrga qarshi hujumga tayyorlana boshladilar. Biroqj 1260 y. Misr sultoni qo’shinlari bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchraganlar. M.i. G’arbda shuning bilan tugadi.
13-a.ning 2-yarmida Mug’ullar Sharq va Jan. Sharq mamlakatlarini zabt qilishga kirishdi. Mug’ul qo’shinlari Jan. Sun imperiyasiga chegaradosh Dali davlati (1252—53) va Tibet (1253)ni bosib oldi. 1258 y. Mug’ul qo’shinlari har tomondan Jan. Xitoyga bostirib kirdi, biroq Munkening to’satdan vafot etganligi tufayli Jan. Sun periyasini zabt etish kechikdi. 1267-79 y.dagina Jan. Xitoy yangi Ulug’ xon Xubilay tomonidan ishg’ol qilindi.
O’rta Osiyo xalqlari Mug’ul bosqinchlariga qarshi qahramonona kurash olib bordi. Xususan, O’tror hokimi Inalxon, Buxoro mudofaachilari Ixtiyoriddin Qushlu, Hamid Pura Qoraxinoy, Suyunchixon, Xo’jand hokimi Temur Malik, Urganch shayxi Najmiddin Kubro, shahzoda Jaloliddin kabilar Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun qon tukib kurashdilar. Ammo ular ona-yurt ozodligini saqlab qolisha olmadi. Mug’ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xurosoning obod viloyatlari, shaharlari xarobazorga aylantirildi.
Zarafshon, Marv, Xorazm vohalarida sug’orish tarmoqlari buzib tashlanishi natijasida yam-yashil dalalar, bog’-roklar xarobazorga aylandi. Bu davrda ilm-fan va ma’rifatga yetkazilgan jarohat ham oz bo’lmadi.
Bosqinchilar to’s-to’poloni vaqtida Buxoroda, Samarqandda, Urganchda bir nechta kutubxonalar yonib ketdi. Misol uchup Buxoroda «Mas’udiya» madrasasi va katta kutubxona yonib ketdi. Faqat XIII asrping 70-80- yillariga kelib O’rta Osiyoda asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, shahar hasti, hunarmandchilik jonlana boshlandi. Mug’ul bosqini davrida inqirozga yuz tutgan v fan-adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boglaydi. XIII asrda Buxoroda «Mas’udiya» va «Xoniya» madrasalari qurildi. Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Amir Xusrav Dexlaviy kabilar adabiyot sohasida ijod etdilar. Undan tashqari Abu Umar Mirxojiddin Jusjoniyning «Tabaqoti Nosiriy», Alouddin Otamalik Juvayniyning «Tarixi jahon gushay» («Jahon fotihlari taraxi»), Fazlullloh Rashididdinning «Joms at-chavorix» («Tarixlar to’plami») kabi tarixiy asarlari yaratiladi.
Adabiyotlar:
1. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha) T, 1994.
2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991.
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994.
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994.
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.
7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992.
8. Sentralьnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974
Do'stlaringiz bilan baham: |