Reja: Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha



Download 13,2 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi13,2 Kb.
#780976
Bog'liq
Untitled


TA'LIM TIZIMIDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Reja:


1. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha.

2. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari. 

3. Muammoli talim darajalari.

4. Muammoli vaziyatlarni mazmuniga ko'ra guruhlash.

5. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar.

1. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha.


Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.

Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.

Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.

Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.

Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.

Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi.

A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuquro'rgandilar.


Muammoli o’qitishning tarixi

Muammoli o’qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj.Dyui (1859-1952) g’oyalari yotadi.

U 1894 yilda Chikago shaxrida o’qitish asosini o’quv rejasi emas, balki o'yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkilqilgan.

O’qish, hisoblash, yozish bo'yicha mashg’ulotlar bolalarning fiziologik baloqatigaqarab o'z- o'zidan paydo bo'lgan ehtiyojlariga muvofiq o'tkazilgan.

Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.

Muammoli ta'lim nazariyasi talaba intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik-pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.

Shunday qilib, muammoli ta'lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rag’barligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.

Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:

1. O’quv materialini muammolashtirish;

2. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;

3. Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;

4. O’qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;

5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.

Muammoli ta'lim – bu talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy usuli bo'lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqaruvchi muayyan shaxsiy sub'ektiv yo'llanma sifatida tushuniladi.

Dunyoqarashni shakllantirish – bu birinchi navbatda shaxsning intellektual – faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud:

talabalarning tushunchalar tizimini o'zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati.

Insonning his-tuyg’usi va emotsiyasiga ta'sir etish, uning bilimini e'tiqodga aylantirish.

2. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari.


Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas.

Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farqi qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga amal va ayni vaqtda muhim bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.

Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.

Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:

talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;

vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi.

Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan bo'ladi.

Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u avvalombor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chihargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o’quv muammosi shakllanadi.

O’qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.

Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi.

Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal kilinish usuli o’quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning echilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o’quv muammosi bo'la olmaydi.O’quv muammosini echish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning echilish usulini o'ylab topish yoki gipoteza qo’yish hamda gipotezani asoslashdir.

Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning echilishi.

Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishJashlariga yordam berishi lozim bo'ladi.

Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi:

o’quv dasturi bo'yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;

mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi;

talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish.

Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqillik roli reproduktiv o’quv usullariga solishtirib haraganda ancha samarali bo'ladi. Muammoli o’qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta'lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo'llari bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishni, talabalar o’quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo'yicha o’qituvchi (pedagog)lar ularda qiziqish uyg’ota olishidan iborat.

Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma'lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik harshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu harama-harshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.

Ta'lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:

talabalar uchun noma'lum yangilik mavjudligi;

muammolarni o'zlari hal etishlari;

shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o'zlari o'rganishga harakat qilishlari;

nima noma'lum ekanligini bilib, ma'nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.

Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari. 

O’quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:

1. Talabalar qo’yilgan vazifaning echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.

2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.

3. Vazifaning nazariy jihatdan echilishi mumkin bo'lgan yo'li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo’llashi qiyiniligi orasida ziddiyat yuz beradi.

4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim etishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi.

Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullari qayd qilinadi:


hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish;

olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo’yish;

talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;

ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiharadigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;

talabalarni fakt, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, ?iyos qilishga undash;

talabalarni go'yo tushunib bo'lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish.

Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo'ymaydi. Har bir o’qituvchi o'zining amaliy faoliyatida o’quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin.

Talabalarning fikrlari tobora qiyomiga eta borib, muammoli vaziyat ularda ma'lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi. Mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Hayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik qissiyotlari muammoli vaziyatni to’g’ri tashkil qilish belgilari bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, yuqori ko'tarinkilik bilimlarni samarali o'zlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi.

3. Muammoli talim darajalari.


O’qituvchi bilan talabaning o'zaro munosabati xarakteriga ko'ra muammoli ta'limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:

· Muammoli ta'lim darajalari

· O’qituvchi va talaba faoliyati

· Mustaqil bo'lmagan (odatdagi) faollik darajasi

· O’qituvchi tushuntirganini talaba tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat

· Yarim mustaqil faollik darajasi

· Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llashi va talabalarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish

· Mustaqil

· faollik darajasi

· Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan talabaning o'zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatdaqo'llanadi, konstruktsiyaaydi, o'rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko'magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.

· Ijodiy faollik darajasi

· Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o'ylab topishni, o’quv muammolarini echishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiharishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish

Muammoli ta'limni tadqiqotmetodi bilan aynan bir narsa debemas, balki talaba tafakkuri va uningxotirasining rivojlanishinita'minlaydigan, bilimlarni ijodiyo'zlashtirishiga, ilmiy faktlarnijamlashga ko'maklashadigan hamdae'tiqodni tarkib toptiradiganta'limning bir turi deb qarash lozim.


1. Muammoli vaziyatlarnimazmuniga ko'raguruhlash.


Didaktikada muammolidasrlarni muammoli vaziyatlarningtipiga qarab xarakterlashga oidtadqiqotlar mavjud. Shu o'rindaG.V.Artyomova o'z izlanishlariasosida muammoli darslarni tashkiletishning bir necha variantlarinitaklif etadi.

Bular: 1. Versiya xarakteridagidars.

2. Qiyosiy-umumlashtirishxarakteridagi dars.

3. Ma'naviy-axloqiymuammoli dars.

Versiya xarakteridagi darsstrukturasi


Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars strukturasi


Muammoning murakkabligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati ko'nikmalari, didaktik maqsadga yo'nalganligiga qarab muammoli o’qitishda talaba va o’qituvchi o'zaro munosabatlarining turli variantlari bo'lishi mumkin, ya'ni muammolilikning turli sathlari amalda bo'lishi mumkin.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi:


Birinchi sathda o’qituvchi o'zi muammoni qo'yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning echilish yo'lini qidirishga yo'naltiradi.


Ikkinchi sathda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va echadilar.


Uchinchi sath — oliy sath bo'lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko'zda tutadi: muayyan muammoni ko'rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro'baro'» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning echilish usullarini tadqiqqiladilar.

O’quv muammosining qo'yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo'ladi. echilish lozim bo'lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog’liq bo'lgan awalgi o'zlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo'yib bo'lmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibataloqalarini o'mata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini otrganish shartdir. Shuningdek, o’qituvchi talabalar e'tiboriga faqat ular uchun qulay bo'lgan muammolarni qo'ymasligi ham mumkin. Shu bilan birgalikda muammoning echilishi uni to’g’ri g’o'ya bilishga ko'p jihatdan bog’liq ekanligini unutmaslik zarur.

Bu qoidalarni amalga oshirish, awalo o’quv materialining mazmun xususiyati bilan bog’liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo’yish mumkin.

O’quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi:

yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma'lum tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi usullari);

faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko'rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma 'lum va yangi bilim o'rtasidagi ziddiyat;

umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish.


2. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar.


O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llashi uchun o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish:

O’quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;

Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish;

Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur.

Muammoli ta'lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malkalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish bo'lib, muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:

O’quv materialini muammolashtirish;

Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;

Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;

O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;

Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.

Qo'llanilgan adabiyotlar:


1. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: “Sharq”, 1998.

2. O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g’risida”gi Qonuni.Barkamol avlod –O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: “Sharq”, 1998.

3. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: «O'zbekiston», 2011.

4. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y.

5. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.

6. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: “Moliya, 2003 y. – 171 b.

7. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.“Nasaf”, 2000 y.-80 b.

8. Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar.-T.:2001

9. Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse.-M.: Znanie.

10. Pityukov V.Yu. Osnovi pedagogicheskoy texnologii. - M.: Gnom-Press, 2007 (uchebnoe posobie).

11. Selevko G.K. Sovremenno'e obrazovatelno'e texnologii. - M.: Narodnoe obrazovanie, 2004.


Read 2590 times

Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar

More in this category: « Ta'lim tizimini modellashtirish texnologiyasi hamda ta'lim tizimida dasturli ta'lim. Ta'lim tizimida differentsiallashtirish vа induviduallashtirish texnologiyasi »



back to top
Download 13,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish