Lochin netar ko‘kda ko‘zi o'tmasa,
Sindir qalamingni so‘zi o‘tmasa
Vatan desa o‘pkang tolib ketmasa
She'r yozishga balo bormi birodar.
Ana shu misralarni umrining mazmuniga aylantirgan samiymiy shaxsiyat egasi shoir M.Yusufning ijodiy faoliyati, she'riyati bilan yaqindan tanishib adabiyotimiz tarixida o'ziga xos takrorlanmas she'riyat yaratganligiga yana bir karra amin bo‘lamiz.Har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odatlari va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada tabiiyki, ma'naviy meros madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Ana shu ma'naviy merosimizga, muqaddas tuprog'imizga sodiqlik hissini uyg'otishda Muhammad Yusuf she'riyatining o'rni nihoyatta katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |