Egalik kategoriyasi. Predmet va predmetlik tushunchasining nutqdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini bildiruvchi qo’shimchalar jami egalik kategoriyasini tashkil etadi. Egalik qo’shimchalari negizning til oldi va til orqa xususiyatiga hamda negizda lablangan unlilarning qatnashishiga qarab, turli fonetik ko’rinishlarda qo’llangan:
-m qo’shimchasi unli bilan tugagan har qanday negizga qo’shila oladi: atamu akam.
-i'm qo’shimchasi undosh bilan tugagan til orqa unlilari mavjud negizlarga qo’shiladi: Furqati'ndi'n za'faran uzra to’karmen lalalar\\Lalalar yermaski bag’ri'mdi'n yerur pargalalar (Nav.).
-im qo’shimchasi undosh bilan tugagan til oldi unlilari mavjud negizlarga qo’shiladi: Mehrim oti'n hushu sabru aqlu his yashurmadi \\Mehri lam'i to'rt burqa' keynidin pi'nhan yemes (Nav.).
-ym qo’shimchasi undosh bilan tugagan va til oldi unlilari qatnashgan negizlarga qo’shiladi: Ul labi unabgun ko’nglumga ekkan mehr\\ Ko’nglum ichre yashurun durdanadek unab ara (Nav.).
-um qo’shimchasi undosh bilan tugagan til orqa lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo’shiladi: Bolmado'm umrumda bir dam xato'ro' xurram bile\\Gar ilikdin kelsa bir domni kechurmas gam bile (Bobir).
I shaxs ko’pligi, II shaxs birlik va ko’pligida yuqoridagi qoida o’z kuchini saqlaydi. I shaxs ko’pligida egalik qo’shimchalari -mi'z\miz, -imo'z\i’miz,-umi'z\umiz va –umuz\umuz tarzida; II shaxs ko’pligida –ni’z\niz, i’ni'z\iniz, -uni’z\ yniz, unuz\uni’z III shaxs birlik va ko’pligida -si'\\si (unlilardan so’ng), -i'\i (undoshlardan so’ng) qo’shimchalari qo’shiladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Tarixiy morfologayaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Ko’plik ma'nosini ifodalovchi morfologik shakllarni sanang. Arabcha ko'plik shaklidagi so’zlar lug’atini tuzing.
3. Egalik qo’shimchalarining hozirgi o’zbek tilida qo’llanmaydigan variantlariga manbalardan misollar keltiring.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Axmedov B.A. Gosudarstvo koclievix uzbekov. M., 1965.
Baskakov N.A. Vvedeniye v Izucheniye tyurskix yazikov. M.1969.
Batmanov I.A. Yazik yeniseyskix pamyatnikov drevnetyurskoy pismennosti. Frunze, 1959.
Borovkov A.K. Leksika Sredneaziatskogo tefsira XII —XTII vv. M.r Izd — vo «Nauka», 1963.
Blagova G.F. Tyurskoye skloneniye v arealno— istoricheskom osveshenii. M., fed —vo «Nauka», 1982.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |