Reja: Mollyuskalar (Mollusca) tipiga umumiy tavsif


Kurakoyoqli mollyuskalar (Scaphopoda) sinfi



Download 99 Kb.
bet19/19
Sana21.01.2022
Hajmi99 Kb.
#394686
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
maluskalar filoginyasi, maluskalar tuzulishi rejasi kelib chiqishi evalyutsiyasi

Kurakoyoqli mollyuskalar (Scaphopoda) sinfi.

Kurak oyoqli mollyuskalarni hozirgi zamon faunasida 500 ta turi uchraydi. Barcha vakillari tipik dengiz hayvonlari hisoblanadi, qum va balchiqni yorib (dengiz tubida) hayot kechiradi. Chig‘anog‘i uzun trubkasimon bo‘lib sut emizuvchilar tishining tuzilurishiga o‘xshash. Shunung uchun bir paytlar tishsimon mollyuskalar ham deb atalgan. Turlari kattaligi 4 mm dan – 30 sm gacha bo‘ladi.



Mollyuskalar filogeniyasi va evolyutsiyasi.

Mollyuskalar – paleozoy erasining boshlari (kembriy davri) dan boshlab yashab kelayotgan va bir zamonlar okean – dengizlarda nihoyatda keng tarqalgan eng qadimgi hayvonlarlardir (bularning tuxumi qurigan bir necha o‘n ming qazilma turlari fanga ma’lum). Hozirgi paytda ham bu tipning yuz mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, dunyoda eng ko‘p tarqalgan hayvonlardan hisoblanadi.

Mollyuskalarning hozir yashayotgan avlodlarini qiyosiy o‘rganish va qazilma qoldiqlarning tekshirish xulosalaridan ma’lum bo‘lishicha, bularning eng qadimgi avlodlari qorinoyoqlilar va to‘rt jabrali boshoyoqlilar bo‘lgan (qorinoyoqlilar hozirgi zamonda ham mazkur tip turlarining yaqin beshdan to‘rt qismini tashkil etadi). Qorinoyoqlilarning ham ko‘p qadimgi turlari yo‘qolib ketib, ularning o‘rniga yangi – o‘zgargan muhitga muvofiqlashgan formalari paydo bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari chuchuk suv havzalarida, hatto quruqlikda yashashga moslashgan formalar hosil etgan.

Dengiz ikki pallalilari bilan qorinoyoqlilarning embrion rivojlanishini asosan bir tipda, ya’ni dastlab traxofora lichinkai, so‘ngra – veleger lichinkalari shaklida borishi va boshqa qiyosiy faktlar ikki pallalilarning qadimgi avlodlarini qadimgi qorinoyoqlilardan paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Faqat ikki pallalilar suv muhitidan tashqariga tarqalib, qorinoyoqlilar kabi ko‘p turlar hosil eta olmaganlar. Bu hodisaga, aftidan, ularning yon tomonidan “qisuvchi” ikki pallali chig‘anoqlari va boshqa faktlar sabab bo‘lgan.

Paleozoy erasining boshlaridan boshlab, yaqin 500 mln. yillar davomida yashab, minglarcha turlar hosil eta olgan to‘rt jabralilarning ba’zi avlodlaridan ikki jabralilar (o‘n oyoqli va sakkiz oyoqli mollyuskalar) rivojlangan. Garchi mazkur sinfning minglarcha qadimgi turlarining tuxumi qurigan bo‘lsada, hozirda ham bular (xususan ikki jabralilar) dengizda eng ko‘p tarqalgan yirik mollyuskalar hisoblanadi.

Qalqonli mollyuskalar aftidan mazkur tipning eng qadimgi avlodlaridir.



Trixofora lichinkasi va yagona ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining saqlanishi, ba’zi guruhlarida (qalqonlilar sinfida) sodda chuvalchanglar xos nerv sistemasining saqlanganligi va boshqa faktlar mollyuskalarning eng qadimgi avlodlarini qadimgi sodda halqalilarning avlodlaridan yoki qadimgi traxoforasimon hayvonlardan mustaqil ravishda rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu masala fanda hozirgacha to‘la isbotlangan emasdir.

Adabiyоtlar:

1. G.G.Abrikosov va boshqalar. «Zoologiya» 1 - 2 jilt. T: 1966.

2. V.F.Natali «Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi». T: 1966.

3. S.P. Naimov. «Umrtqali hayvonlar zoologiyasi» 1995 y.

4. O Mavlonov .Sh.Xurramov «Umirqasizlar zoologiyasi» T. 1988 y.

5. E.I.Lukin «Zoologiya» Moskva 1989

6. B.А.Kuznеtsov, A.Z.Chеrnov, L.N.Katonova «Kurs zoologiya». M.1989 y.
Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish