Moliya organlarida budjetlararo hisob-kitoblar
va budjet ssudalari hisobi hamda budjet ijrosi
natijalarini aniqlash
Reja:
1. Moliya organlarida budjetlararo hisob-kitoblar hisobi
2. Moliya organlarida budjet ssudalari hisobi
3. Budjet zaxirasini tashkil qilish, undan foydalanish tartibi va hisobi
4. Budjetlar ijrosi natijalarim aniqlash
1. Moliya organlarida budjetlararo hisob-kitoblar hisobi
Budjet tizimining asosiy prinsiplaridan biri bo'lgan budjet daromad-larining xarajatlarga teng bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Budjetlami tuzish va tasdiqlash jarayonida budjetlar o'rtasida o'zaro hisob-kitoblar paydo bo'ladi. Shuningdek, tasdiqlangan budjetlaming bajarilishi jarayonida ham budjetlar o'rtasida o'zaro hisob-kitoblar paydo bo'lishi mumkin. Demak, budjetlararohisob-kitoblar ikki turgabo'linadi. Budjetlami tuzish va tasdiqlash mobaynida, moddiy-texnika bazalari bir xil bo'lmaganligi uchun, budjetlaming ayrimlarida daromadlari rejalashtirilayotgan xarajatlaridan ortiqcha bo'lsa, boshqalarida esa rejalashtirilayotgan xarajatlari summasi rejalashtirilayotgan budjet daromadlaridan oshib ketishi kuzatiladi.
O'zbekiston Respublikasini amaldagi budjet tizimi prinsiplariga muvofiq, har bir budjet rejalashtirilayotgan tadbirlami amalga oshirish uchun qilinishi kerak bo'lgan xarajatlami tegishli daromad manbalariga, ya’ni mablag'larga ega bo'lishi kerak. Buning uchun ortiqcha daromadlari bo'lgan budjetlardan bu ortiqcha daromad summalari yuqori budjet tomonidan olib qo'yiladi. Bu olib qo'yiladigan ortiqcha daromad summalari yuqori budjet tomonidan, rejalashtirilayotgan xarajatlami qoplash uchun yetishmayotgan budjetlarga dotatsiya qilib o'tkazib berilishi mumkin.
Birinchi misol. Yangi yil uchun budjet tuzish jarayonida Farg'ona viloyati Bag'dod tumani budjeti daromadlari summasi rejalashtirilayotgan budjet xarajatlaridan ortiqchaligi aniqlangan. Bu ortiqcha daromad summasi Farg'ona viloyat budjetiga chaqirib olish rcjalashtirilgan. Bulami hisobga olib turib Farg'ona viloyati budjeti hamda Bag'dod tumani budjeti tasdiqlangan.
Yangi moliya yilida budjetlar ijrosi davomida Bag'dod tumanining ortiqcha daromadlari summalari Farg'ona viloyat budjetiga kelib tushganda, bu operatsiyaga:
Farg'ona viloyati moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 01l - «Mahalliy budjel mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 040 - «Budjet daromadlari» subschyoti.
Bag'dod tumani moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Budjet xarajatlari» subschyoti;
Kredit 011 - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Yuqori budjet tomonidan olib qo'yilgan daromad summalari Bag'dod tumani budjetida «Yuqori budjetlarga berilgan daromadlar ortig'i», xarajatlar sifatida qayd qilinsa, Farg'ona viloyati budjetida esa bu summalar «Quyi budjetlardan tushgan daromadlar ortig'i», daromadlar sifatida qayd qilinadi.
Ikkinchi misol. Yangi yil uchun budjet tuzish jarayonida Farg'ona viloyati Rishton tumani budjeti daromadlari summasi rejalashtihlayotgan budjet hisobidan qilinadigan xarajatlaridan kamligi aniqlangan. Bu yetishmayotgan daromad summasini Farg'ona viloyatidan dotatsiya qilib berish rejalashtirilgan. Bulami hisobga olgan holda Farg'ona viloyati budjeti hamda Rishton tumani budjeti tasdiqlangan.
Yangi moliya yilida budjetlar ijrosi jarayoni davomida Farg'ona viloyati budjetidan Rishton tumani budjetiga dotatsiya berilganda, bu operatsiyaga:
1) Farg'ona viloyati moliya organida quyidagi buxgalteriya provod
kasi tuziladi:
Debet 020 - «Budjet xarajatlari» subschyoti;
Kredil 011 - «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti.
2) Rishton tumani moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debel 011 - «Mahalliy budjel mablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 040 - «Budjet daromadlari» subschyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |