Reja: Mol-mulk solig’I


aYuridik shaxslar foydalanilmayotgan obyektlari uchun mol-mulk solig‘i qanday hisoblanadi?



Download 319,18 Kb.
bet6/7
Sana08.06.2022
Hajmi319,18 Kb.
#643400
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mol mulk soligi

aYuridik shaxslar foydalanilmayotgan obyektlari uchun mol-mulk solig‘i qanday hisoblanadi?

12/10/2021

Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan foydalanilmayotgan obyektlar uchun mol-mulk solig‘i obyektning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan kelib chiqib oshirilgan soliq stavkalari qo'llanilgan holda hisoblab chiqariladi. 
Obyekt qiymati mavjud bo‘lmagan yoki belgilangan shartli qiymatdan past bo‘lganda belgilangan shartli qiymat mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi. 
Bunda obyektning shartli qiymati har bir kvadrat metr uchun:
- Toshkent shahrida BHMning 8 baravari;
- Nukus shahri, viloyat markazlari hamda respublika va viloyatga bo‘ysunuvchi yirik shaharlarda BHMning 4 baravari;
- boshqa shaharlar va qishloq joylarida BHMning 2 baravari etib belgilangan. 
Foydalanilmayotgan maydon 500 kv.mdan ortiq bo‘lganda, hisoblangan soliq summasiga 1,5 baravar miqdordagi ko‘paytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi. 
Foydalanilmayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatiga jalb etilganda ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida oxirgi 12 oy uchun hisoblangan soliq summasi obyekt mulkdoriga qaytariladi.
ISH HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA NAFAQALAR MIQDORINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida:
1. 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirilsin.
2. 2021-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so‘m;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 440 000 so‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori — oyiga 623 000 so‘m;
1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagyerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 2 750 000 so‘m etib belgilansin;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 440 000 so‘m etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lansin;
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 440 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 165 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilansin.
3. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta’minlab, ish haqi miqdorlarini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
4. Moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2021-yil 1-sentabrdan ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-noyabrga qadar axborot berilsin.

Download 319,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish