Reja: Mobil operatsion tizim va tizimlar shaxsiy operatsion tizimning funksionalligi



Download 16,42 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi16,42 Kb.
#713740
Bog'liq
Guliza tat mustaqil ish



Mobil operatsion tizimlarning dasturiy vositalari
Reja:
1. Mobil operatsion tizim va tizimlar shaxsiy operatsion tizimning funksionalligi
2. Operatsion tizimlar
3. Linux operatsion tizimi
4. Android operatsion tizimi
Mobil operatsion tizim (mobile OS) — smartfonlar, planshetlar, PDA yoki boshqa mobil qurilmalar uchun operatsion tizim. Garchi noutbuklarni mobil qurilmalar deb tasniflash mumkin boʻlsa-da, odatda ularda ishlatiladigan operatsion tizimlar mobil hisoblanmaydi, chunki ular dastlab katta statsionar kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan boʻlib, ular anʼanaviy ravishda maxsus „mobil“ funksiyalarga ehtiyoj sezmagan va ularga ehtiyoj sezmagan. Ushbu farq ikkala gibrid boʻlgan baʼzi yangi operatsion tizimlarda xiralashgan
Mobil operatsion tizimlar shaxsiy kompyuter operatsion tizimining funksionalligini mobil va qoʻlda ishlaydigan qurilmalar: sensorli ekran, uyali , Bluetooth , Wi-Fi , GPS-navigatsiya, kamera, videokamera, nutqni aniqlash, ovoz yozish moslamasi, musiqa pleyeri, NFC va infraqizil masofadan boshqarish moslamalari bilan birlashtiradi.
Portativ mobil aloqa vositalari (masalan, smartfonlar) ikkita operatsion tizimni oʻz ichiga oladi. Foydalanuvchilarning oʻzaro taʼsirlashishining asosiy dasturiy taʼminot platformasi radiotexnikaga xizmat koʻrsatuvchi ikkinchi darajali, real vaqtda real vaqtda ishlaydigan operatsion tizim bilan toʻldiriladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bunday past darajadagi operatsion tizimlar mobil qurilmani boshqarishni oʻz zimmalariga olishlari mumkin boʻlgan zararli baza stantsiyalariga nisbatan zaifdir.[1]
Mobil qurilmalar uchun zamonaviy operatsion tizimlar: Android, Kai OS, Lineage OS, Fire OS, Flyme OS, iOS, Sailfish OS, Tizen, Remix OS. Eskirgan, hozirda qoʻllab-quvvatlanmaydigan dasturiy platformalar: Windows 10 Mobile, Symbian, Windows Mobile , Palm OS, webOS, Maemo, MeeGo, LiMo, BlackBerry OS, Firefox OS, Ubuntu Touch, Bada OS va boshqalar.
Operatsion muhit haqida tushuncha
Amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini ta’minlaydigan vositalar majmuasi. Operatsion muhit operatsion tizim, dasturiy ta’minot, amaliy dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari, ma’lumotlar bazalari va dasturlash tillaridan iborat.
Operatsion tizim
1. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor
xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.
Keling ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tsak:
MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MS-DOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM - uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16-xonali operatsion tizimi bo‘lib, u ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali maromlarni qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish;
ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq
xizmatlarining keng yig‘masi;
bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi;
yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni;
RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi;
xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish;
rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi.
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell korporatsiyasi tomonidan ishlabchiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlovbajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali
ishlash imkoniyatiga egabo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar Windowsoperatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows
3.1. operatsion tizimi, amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.
Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion tizimni Memphis, so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim muddatida, 1997 yilda tayyor bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI texnologiyalarni ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet Explorer)ni operatsion tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi, «Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi.
Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion tizimlari safidagi mahsulot, Windows NT operatsion tizimi, amaliy tizimining takomillashtirilgan rusumi. Windows 2000ni ko‘pincha W2K shaklida belgilanadi. Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt rusumi bor:
Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim. Qo‘llanmalarni ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va tarmoq resurslaridan erkin foydalanish uchun ishlatiladi.
Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi.

Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat uchun ishlatiladi. Windows 2000 Server standart rusumidan yuqori masshtablanuvchanlik va erkin foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi.


Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish talab qilinadigan kompyuter tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan.
Windows CE operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft Windows operatsion tizimi, amaliy tizimining mobil PDA (personal digital assistants)ga o‘xshash kompyuterlar uchun, qisqartirilgan rusumi, Windows CEning grafik interfeysi Windows 95ga o‘xshash.
Windows NT operatsion (amaliy) tizimi. Windows New Technology (Windows ning yangi texnologiyasi) 32-bitli operatsion tizim bo‘lib, Microsoft korporatsiyasi tomonidan Windows 95 va MS-DOSlarning o‘rniga taklif qilingan. Windows NTning auditoriyasi, kuchli operatsion tizimga talabi bo‘lgan, foydalanuvchilarning eng qiziquvchan 10% qismidir. Windows NTning asosiy ustunliklari quyidagilardir:
funksional uyg‘unlik;
mobillik;
masshtablanuvchanlik;
tizimning boshqarilishi;
ochiq interfeys;
sanoat standartlarini quvvatlash.
Windows NT ning ikki rusumi mavjud: Windows NT Server, tarmoqlarda server sifatida ishlash uchun va Windows NT Workstation alohida yoki mijoz ish stansiyalari uchun ishlangan.
Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft, Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy
mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega. Windowsning avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi mavjud: Home va Professional. Microsoft har ikkala rusumning mobilligiga katta e’tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun “plug- and-play” vositasini ham, Windows Xpda «XP» «eXPerience»ni anglatadi.
Linuks operatsion tizimi (ОТ), boshqa OT kabi, zamonaviy kompyuterning ishini ta’minlovchi asosiy qismdir. Unga 1991 yilda, o’sha vaqt hali talaba, Linus Torvalds asos solgan. U qisqa vaqt ichida kompyuter ishqibozlari orasida tez tarqaldi. Hozirgi kunda, u tez rivojlanayotgan OT dan biri hisoblanadi. Allaqachon u faqat “g’alati” kompyuter ishqibozlari uchun deb hisoblanmaydi, chunki u axborot texnologiyalar bozorida o’z o’rniga ega IBM, Novell, SUN kabi katta kompaniyalar unga ko’p millionli investitsiya qilmoqda.
Nima uchun Linuks o’ziga katta e’tibor qaratmoqda? Nima uchun Microsoft o’zining biznesiga havf-hatarlar orasida iqtisodiy inqirozdan keyin aynan Linuksni tan oladi?
Birinchidan, Linuksning asosi UNIX ОТ ga o’xshaydi. UNIX ОТ birinchi ОТlardan biri bo’lib texnik nuqtai nazardan eng mustahkam va himoyalangan hisoblanadi. Ammo asosiy sabab bu emas. Eng asosiy sabab – boshqalardan, masalan Windows yoki UNIXdan, farqi Linuks bitta kompaniya yoki shaxsga tegishli emas. uning egasi – hamma. Buning hammasi GPL litsenziyasi tufayli, Linuks aynan shu litsenziya shartlari asosida tarqatiladi. bu litsenziya, aniqrog’i kelishuv, nima bilan boshqalardan farqli? Bu litsenziyaning shartlari bo’yicha dastur kompyuter tilida yozilgan asl kod bilan birga tarqaatiladi (sotiladi). Bu degani istalgan kishi unga o’zgarish kiritishi mumkin, ammo o’zgarishlar hammaga ochiq bo’lishi shart. Linuks ustida ishlash uchun dasturchilar inernetda foydalanishini hisobga olsak, hamma internet foydalanuvchilari imkoniyatlariga yarasha potensial Linuks tuzuvchisi hisoblanadi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, olmoniya va fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar turli sohalarda Windows ОТni Linuks bilan almashtirish yo’llarini jiddiy o’ylab ko’rmoqda. Sabablaridan biri – Microsoft o’zining monopolist tabiati tufayli o’ziga qulay bo’lgan shartlarni oldin surmoqda va bundan tashqari xato va nosozliklar tez-tez uchrab turadi.
Linuksning rivojlanishiga hissa qo’shuvchi minglab ishqibozlar soniga kompyuter muhandislaridan tashqari xato va nosozliklar haqida xabar qiluvchi foydalanuvchilar, ko’plab Internet forumlarda bir-biriga yordam beruvchi foydalanuvchilar, kompyuter grafikasi bo’icha rassomlar va Linuks uchun qo’llanma yozuvchilar kiradi. Bundan tashqari, ularning safiga albatta tarjimonlar ham kiradi. Ular tufayli Linuks eng ko’p tilga tarjima qilingan OT hisoblanadi. Buning hammasi aksariyat holda beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi. Shuning uchun Linuks davrimizning nafaqat texnik balki ijtimoiy hodisasidir.
Tabiiyki, AQSH va Yevropa mamlakatlari kabi rivojlangan davlatlarda tez tarqalmoqda. Ammo Linuks na iqtisodiy, na siyosiy chegaralarni biladi va albatta O’rta Osiyoni ham chetlab o’tmadi. Matbuot nazaridan chetda qolgan bo’lsa ham, mana bir necha yil davomida Linuks ishqibozlari, “Linux o’zbekcha gapiradi” va Khujand.org loyihalari, uni O’zbekiston va Tojikiston sharoitlariga moslash bilan shug’ullanib kelmoqda. Qirg’izistonlik ishqibozlar ham qirg’izcha Linuks ustida ishlamoqda.
O’zbekchaga tarjima qilingan OT 14 oktabrda chiqqan Mandrake Linux 9.2 hisoblanadi. Shuning uchun bu sana o’zbekcha Linuksning tug’ilgan kuni hisoblanadi. Yaqin orada o’zining foydalanuvchilari huzuriga Mandrake Linux ОТning yaxshilangan versiyasi chiqadi. Shuni aytib o’tish kerakki, uni Internetdan bepul va qonuniy ravishda yozib olish mumkin. Uni o’rnatish uchun qo’llanmani” Linux o’zbekcha gapiradi” loyihasiga bag’ishlangan veb-sahifadan topish mumkin.
Bundan tashqari o’sha yerda o’zbek tilida Linuks va u uchun dasturlar haqida ma’lumot almashish uchun forum ham bor. Bu bilan o’zbekzabon foydalanuvchilar savol-javob usulida muammolarni yechib Internetda o’zbek tilidagi ma’lumotni boyitishi mumkin. Linuksning tashqi ko’rinishi bilan tanishmoqchi bo’lganlar uchun ham alohida sahifa bor. Loyihaning o’ziga xos hususiyati – kompyuter atamalari bo’yicha lug’at. U yerda istagan kishi tarjimaga oid o’z takliflarini kiritishi mumkin. Ushbu lug’at harakatni markazlashtirish va yagona andoza ishlab chiqish maqsadida yaratilgan.
Loyihaning yana bir noyob natijasi o’zbek tilida yozilgan matnning imlosini tekshirish imkoniyatini yaratuvchi vositadir. Hozirgi kunda matn tahrirchi, xat-xabar va chat kabi dasturlarda bunday imkoiyat allaqachon mavjud. Bu qulaylikni yaratuvchi o’zbekcha lug’atda 30000 dan ziyod so’z bor.
Loyihadagi hamma ish bo’sh vaqtda, beminnat va ixtiyoriy ravishda bajariladi.Ayni paytda loyiha homiyga ega emas, hamma harajatlar shaxsiy cho’ntakdan qoplanmoqda. Loyihaning hamma natijalari GPL litsenziya asoslarida tarqatiladi. ularni loyihaning veb-saytidan yoki ular qo’llanilayotgan turli joydan yozib olish mumkin.
Buning hammasi bir-ikkita “g’alati” kishilar tomonidan huzur olish uchun qilinayotganiga qaramasdan loyiha katta potensialga egaligini inkor qilib bo’lmaydi. Hmmaga ma’lum, axborot texnologiyalar sohasida ishlayotgan mutaxassislar rusiyzabondir, chunki Respublikada zamon andozalariga to’g’ri keladigan texnika bo’yicha kitob qo’llanmalar yetishmaydi. Kompyuterning muloqot tili ham rus tili. Har yili ruszabonlar yoki rus tilini biladiganlar kamayib boryapti. Ertaga bizning o’rnimizga keladigan yoshlarning aksariyat qismi rus tilini umuman bilmaydi. Agar bu sohada hech narsa o’zgarmasa, O’zbekiston katta muammoga, ya’ni kompyuter qo’llangan sohalarda malakali mutaxassis yetishmovchiligiga uchraydi. Kelajakni kompyutersiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Oddiy qilib aytadigan bo’lsak, Vasya amakining oldiga yugurish kerak bo’ladi.
Buning oldini olish uchun, balki Linuksni o’zbekchaga tarjima qilib uni o’quv tizimida qo’llab milliy mutaxassislarni tayyorlash arziydi? Balki, millionlab mablag’ni Rossiyadan kompyuter haqida kitob va jurnallarga sarflagandan ko’ra ularni o’zimizda o’zbek tilida chiqarish arziydi? Balki o’shanda Vasya amakining oldiga borish kerak bo’lmaydi? Menga qolsa, beparvo o’tirgandan ko’ra Vasya amakining oldiga borishni afzal ko’raman.
Linuksning falsafasi juda oddiy – kompyuter dasturlari erkin bo’lishi kerak. Biz yashayotgan dunyoda jamiyat ravnaqi uchun kompyuter dasturlari ham inson kabi erkin bo’lishi shart. Linuks o’ziga xos revolyutsiyadir (o’zgarish). O’zgarishni o’zingizdan boshlang. Linuksni o’rnating…
Android — Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim boʻlib, Kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi.
2012-yilning 3-choragida sotilgan smartfonlarning 75 %ida Android operatsion tizimi oʻrnatilgan edi.
Android (yunoncha so‘z bo‘lib, ikki bo‘g‘ini — «erkak» va «o‘xshash») — odam sifat robot ma’nosini ifoda etadi. Balki mana shuning uchun Android operatsion tizimi logotipida robot tasvirlangandirAndroid operatsion tizimining yaratilishi tarixi 2002-yillardan boshlangan. Mana shu davrda Google korporatsiyasi yaratuvchilari E. Rubinning dasturiy ishlanmalari to‘plami bilan qiziqib qoladilar. Dastlab mobil qurilmalar uchun yangi operatsion tizimni yaratish loyihasi bilan katta maxfiylik ostida TAndroid Inc. Kompaniyasi shug‘ullangan, ushbu kompaniyani keyinchalik Google sotib oladi.Android — Linux yadrosiga asoslangan kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron kitoblar, raqamli musiqa uskunalari,qo‘l soatlari, netbuklar va smartbuklar uchunportativ (tarmoqli) operatsion tizimdir. Dastlab, Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratila boshlangan, uni keyinchalik Google sotib olgan. Keyinchalik Google Open Handset Alliance (OHA) alyansini tashkil qildi, u hozirda ham platformani qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Android Google tomonidan ishlab chiqilgan kutubxona orqali qurilmani boshqaruvchi Java-ilovasini yaratishga imkon beradi. Android Native Development Kit Si va boshqa tillarda yozilgan ilovalarni yaratadi.2012-yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlarning 75 foizida Android operatsion tizimi o‘rnatilgan.HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT asosida birinchi smartfoni Yangiliklar kiritilishi tarixi 2008-yil sentabr oyida birinchi versiyasi chiqarilgandan so‘ng tizimga bir necha yangiliklar kiritilishi sodir bo‘ldi. Ushbu yangiliklar odatda, aniqlangan xatolarni tuzatish va tizimga yangi funksiyani kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi. Tizimning har bir versiyasiyangilik sifatida o‘zining kodli nomi bilan ataldi. Kod nomlari alifbo tartibida berildi. 2012-yil noyabr oyiga kelib, tizimning 14 ta versiyasi yaratildi. Oxirgi versiyasi — 4.1 Jelly Bean («qo‘shimchasi bilan chaynash obaki») deb nomlandi. HTC kompaniyasi tomonidan yaratilgan HTC Dream smartfoni (T-Mobile G1 nomi ostida rasman T-Mobile mobil aloqa operatori tomonidan yaratilgan) Android boshqaruvi ostida ishlovchi birinchi qurilma bo‘ldi, uning taqdimoti 2008 - yil 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ko‘p o‘tmay, smartfonlar boshqa ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android asosida qurilma ishlab chiqarish istagi bilan ko‘plab murojaatlar kelib tusha boshladi. Planshetlaruchun mo‘ljallangan Android uchinchi (Honeycomb) versiyasi chiqishi bilan borgan sari ko‘proq ishlab chiqaruvchilar ushbu platformada planshetlar ishlab chiqarishlarini e’lon qila boshladilar.Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android operatsion tizimini boshqa qurilmalarga ham o‘rnata boshladilar.


Download 16,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish