3. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini pognozlash usuli.
Mintaqaviy iqtisodiyot o‘z tadqiqotida kompleks ilmiy usullardan foydalanadi, shu usullardan asosiysi sifatida balans usulini ko‘rsatish mumkin. Tarmoq va mintaqaviy balanslarni tuzishda tarmoqlararo to‘g’ri munosabatlarni o‘rnatish bozorga mutaxasislash, hududiy komplekslprni to‘ldirish ya‘ni yetakchi tarmoqlarga shu bilan birga aholi ehtiyoji va xizmat ko‘rsatish tarmog’iga bo‘lagan iste‘molni ta‘minlash.
Balanslar shuningdek ,hududlararo va hudud ichidagi ratsional aloqalarni keltirib chiqarishda muhimdir. Korxonani joylashtirishning iqtisodiy asosida balans usuli yotadi(korxonani qurishga joy tanlash , uni xom ashyo bilan taminlash hisobi, shuningdek, yoqilg’i, energiya, suv, ishchi va boshqa resurslar bilan taminlash hisobi). Hududiy iqtisodiyotni asosini hududiy ishlab chiqarish balansi va asosiy mahsulot turlari ist‘emoli tashkil qiladi.
Tarmoq va xududiy balansning tuzilishi hududni kompleks rivojlantirishga yordam beradi. Tizimli tahlil – bu ilmiy izlanish uslubidir. Buning yordamida muammolarni kompleks o‘roganish, xo‘jalik strukturasi va ichki o‘zaro aloqasi ularni bir-biriga ta‘siri bilan to‘ldiriladi va hal qiluvchi xulosalar to‘g’ri va qaytuvchi aloqalar yordamida chiqariladi. Tizimli tahlil ko‘p qirrali tahlildir, qaysiki u maqsadni qo‘yilishidan boshlab masalani aniqlashishi, ilmiy gipotezani shakllantirish, ishlab chiqarishni joylashtirishni eng maqbul yo‘lini topishni o‘rganish pog’onalarini ishlatadi. Bunda eng maqbul samaralilik hisoblanadi, bu aholi ehtiyojlarini eng ko‘p qondirishdir. Bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va hududlar xo‘jaligini rivojlantirish muammolari yanada qiyin bo‘lib, tarmoq va hududiy aloqalarni esa boshqarish yanada qiyinlashib bormoqda. Shuning uchun asosiy muammolarni yechib boruvchi iqtisodiy matematik modellarni ishlab chiqish va tadbiq qilish ehtiyoji tug’ilmoqda.
Quyida hududiy, iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy matematik modellashtirishda quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin. iqtisodiy tarmoqlar bo‘yicha joylashtirishni modellashtirish. Hududlarni xo‘jalik kompleksini shakllantirishni modellashtirish
Iqtisodiy matematik va kompyuterlardan foydalanish eng kam mehnat va vaqt sarflab ko‘p ma‘lumotlarni ko‘rib chiqishga hamda qo‘yilgan maqsad vazifalarda eng maqbul yechimni topishda yordam beradi. Natijalar esa kelajakda o‘rganish va tushunish uchun kerak bo‘ladi.
Shuningdek hududiy iqtisodiyotda statistik usullar (statistik ma‘lumotlar asosida indekslarni hisoblash) ishlatiladi, bundan tashqari, tanlama kuzatish uslubidir. Bozor shakllanishining yangi sharoitida hududiy ta‘minlash iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish juda dolzarb hisoblanadi. Shuning uchun, asosiy maqsad hududiy rivojlanishning boshlanish nuqtasi, tabiiy resurslar salohiyati, hududiy demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni o‘rganish hisoblanadi. Asosiy yo‘nalish gorizontal aloqalarni o‘rganish hisoblanadi, qaysiki, ma‘lum darajada Respublika va uning hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta‘sir qiluvchi MDH mamlakatlari va uning hududlari orasidagi kelishuv asosida shakllanadi. Shuning uchun, asosiy masalalardan biri hudud iqtisodiyoti tarkibini qayta ishlab chiqish, mamlakatlararo infrastruktura tizimini shakllantirish, ma‘lum iqtisodiy tizimni hududlar yaratish hisoblash hisoblanadi.
Shu tarzda, hududiy iqtisodiyotni tadqiq qilishda ma‘lum bir alohida hududga taqsimlanadigan hamda joylashtiriladigan ishlab chiqarish kuchlarini umumiy hududiy muammolarning tortishish markazi bilan hududiy darajasini bog’lagan holda amalga oshirish lozim. Bu holatda tarmoqlarda qayta ishni hisobga olish lozim, ayniqsa, bu mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga tegishli bo‘lsa. Ular hududiy iqtisodiyotning kelajakdagi yo‘nalishini aniqlashda mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Mintaqaviy tadqiqotlar asosida general sxemaga asoslangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash yotadi. Iqtisodiy tahlilning muhim yo‘nalishi sifatida hududiy resurslardan foydalanish ratsionalligida bozorga ixtisoslashishini aniqlash va hudud xo‘jalik kompleksini shakllantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |