Miniatyura (frans. miniature; lot. minium — qizil boʻyoq) — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʻʼjaz) tasviriy sanat asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʻʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham M. atamasi qoʻllanadi (qarang Lokli miniatyura).
Badiiy M.ning kitob va portret M.si kabi sohalari keng tarqalgan. Kitob M.sida rasmlar rangli qilib tempera, guash, yelim, akvarel va boshqa boʻyoqdar bilan qoʻlda bevosita qoʻlyozma kitoblar varakdariga ishlanib, undagi naqshlar (sarlavqa, unvon, lavha va boshqalar) shu kitoblarning bezaklari bilan uygʻunlashgan. M. qad.dan maʼlum boʻlgan. Qad. Misr papiruslariga xira boʻyoklar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. Soʻnggi antik M.lar (4—6-asrlar) shakllar va nurhavo holati toʻgʻri berilganligi bilan diqqatga sazovor. Bu usul Vizantiya M.si (asosan, diniy qoʻlyozmalar)da 10-asrgacha hukm surgan. M.gaxalq ijodiyoti xususiyatlari kirib bordi. 13— 15-asrlar gotika M.sida naturani haqqoniy ifodalashga intilish kuchaydi, rasmlar matn bilan izoxlandi, shakllar jonlandi, manzara, interyer, meʼmoriy hoshiyalarga keng oʻrin berildi. Fransiyada yirik M. ustalaridan A. Bonevyo, Jakmar d’Eden va boshqa samarali ijod qildi. Oʻrta asrlar gʻarb M.si mahalliy maktablarning kupliga bilan ajralib turadi. Armaniston (6— 7-asrlar),Buxoroda (8-10-asrlar. Gruziya (9—10-asrlar), Rossiya (P-asr)da M. rivojlandi.
Oʻrta asrlarda Sharkda M.ning oʻziga xos maktablari shakllangan (qarang Kitobat sanʼati). Arab M.sida bir qator maktablar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Eron,Buxoro, Hindiston qoʻlyozma kitoblarining barcha bezaklari oʻzaro uygʻunlikda bogʻlangan; chiziqli ritm, manzara, ranglarning nozik uygʻunligi ularning bezak tuzilishini belgiladi.
M. qoʻlyozma kitoblarning moʻʼjaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida 12—19-asrlarda Sharkda keng tarqalgan. Avval ilmiy qoʻlyozmalar (mas, tabobatga oid Dioskoridning "Dorilar" risolasining arab tiliga tarjimasi, Abu Rayhon Beruniyning "Osar ulboqiya" — "Oʻtmishdan qolgan yodgorliklar", Qazviniyning "Nujum" — "Yulduzlar" va boshqalar), keyinchalik badiiy asarlar (Haririyning "Maqomot", "Kalila va Dimna", "Tarixi Tabariy" kabi asarlar)ga rasmlar ishlangan. Badiiy adabiyot, asosan, epik sheʼriyat — masnaviy, dostonlar (jumladan, Firdavsiyning "Shohnoma". Nizomiy, Xusrav Dexdaviy, Alisher Navoiylarning "Hamsa"lari, Jomiy, Saʼdiy, Hofiz Sheroziy va boshqalarning asarlari) qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan M.lar alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musavvir sifatida Sharkda Moniydan soʻng Juna-id Bagʻdodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, Gʻiyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va boshqalarning nomlari mashhur.Shayboniylar va Temuriylar davrida alohida varaqlarga M. ishlash va ulardan muraqqa tuzish anʼ-anaga aylangan, alohida shaxslar tasviri (portreti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga koʻtarilgan. 8-asr boshlarida Buxoroda miniatyura maktabi shakklangan 8-10asrda ishlangan Buxoro miniatyura maktabiga oid miniatyura asarlari xozrda dunyo muzeylarida saqlanib kelmoqda jumladan Fransyaning Louvre muzeyi da Hamda Amerikaning metropolitan Rossiyaning Ermitaj muzeyida.keyinchalik 14-asr oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyinchalik u Hirot miniatyura maktabinmng shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan; Amir Temur qurgan bogʻlardagi koʻshklar ham devoriy rasmlar bilan bezatilgan.
Temuriylar saroylarida alohida kltobxonalar tashkil etilib, u yerda mohir xattot va kitobat axdi, jumladan, musavvirlar ham fa-oliyat koʻrsatgan (mas, Mirzo Boysun-gʻur kutubxonasida qirkdan ziyod xattot, yetmishdan ortiq musavvirlar ijod qilgani maʼlum). Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida ham kitobat sanʼati va M. taraqqiyotiga katta eʼtibor berilgan. Temuriylar, Shayboniylar, Boburiylar davri M. asarlari jahonning eng nufuzli muzey, kutubxona va shaxsiy toʻplamlarida saqlanadi.
Portret M.si rassomlik sanʼatining alohida turi sifatida Uygʻonish davrida shakllangan, usul va uslub jihatidan kitob M.si bilan, shuningdek, realistik sanʼatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bogʻlangan.
Germaniya, Angliyada M. asarlari portret va ruhiy holatning aniqligi va boyitilganligi bilan ajralib turadi (Kichik X. Xolbeyn va uning shogirdlari). 16-asrda Fransiyada emal usulidagi M. rivojlangan. 18-asrdan Rossiyaga keng tarqaldi, italyan R. Karryera fil suyagiga rangli zaminda guash bilan rangtasvir ishlash usulini kiritdi, akvarel M.si yuksak choʻqqiga koʻtarilgan. Yevropada 17—18-asrlarga kelib M. oʻrnini gravyura egalladi, litografiya rivojlandi. 19-asrdan fotografiyaning tarqalishi tufayli portret M.si yaratish susaydi.
Oʻzbekiston hududida 20-asr boshlariga kelib M. sanʼatining rivoji toʻxtab qoldi. Us t a Moʻmin, A. Siddiqiy, G. Nikitin, Ch. Ahmarov, T. Muhamedov kabi rassomlar ijodida M. anʼanalari kuzatiladi. 70—80-yillarda M. anʼanalarini tiklashga urinishlar boʻldi. M.ning haqiqiy taraqqiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng amalga oshdi. Ch. Ahmarov M. sanʼati anʼanalarini oʻz ijodida davom ettirdi, uni yangicha mazmun, gʻoyalar bilan boyitdi. Uning shogirdlari ustozining ishlarini davom ettirib, M.ni yangi bosqichga koʻtardilar; M. lokli M., qogʻoz, mato, teri, charmdagi M.ni va devoriy ish> larni qamrab olib keng koʻlamli badiiy uslubiy yoʻnalishga aylandi. Hozirgi kunda M. rivoji 3 yoʻnalishda — aynan qoʻlyozma (kitob) rasmlari (T. Muhamedov, Sh. Muhamadjonov, M. Salimov va boshqalar), lokli M. (N. Xolmatov, A. Yoʻldoshev, Sh. Shoahmedov va boshqalar) hamda M. uslubida devoriy rasmlar yaratish (T. Boltaboyev, H. Nazirov, Gʻ. Kamolov — Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotining birinchi sovrindorlari va boshqalar) boʻyicha ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Miniatyurachi rassomlar "Us to" va "Musavvir" ijodiy uyushmalarida fa-oliyat koʻrsatmoqdalar. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida, Respublika rassomlik kollejida miniatyurachi rassomlar tayyorlanadi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallari, Angren ishlab chikarish birlashmasi klubi binosi devorlari ("Ulugʻbek akademiyasi" nomli) va boshqa M. uslubidagi rasmlar bilan bezatilgan.Hozirda buxoroda Aka uka Miniatyurachi rassomlar Toshev Davron va Toshev Davlat ananaviy buxoro maktabi yonalishida ijod qilishyabti
Toshkentdagi Sharqshunoslik institutida XIV asrning ikkinchi yarmiga tegishli Amir Xusrav Dehlaviyning «Xamsa» asari qo'lyozmasi saqlanmoqda. Bu asardagi illustratsiyalarda lirik sujetlar asosiy o'rinda turadi. Yuqorida aytib o'tilgan «Shohnoma» miniaturalariga yaqin bo'lishiga qaramasdan, bu yerda uslubning ancha yetukligi ko'zga tashlanadi. Kam figurali kompozitsiyalar rang jihatdan juda go'zal bo'lib, chiziqlar va ranglar mutanosiblikda ritmik uyg'unlikka ega, nafislik bilan soddalik uzviy bog'lanib ketgan. Boshlang'ich Sheroz maktabi uchun xos yana bir xususiyat ko'zga yaqqol tashlanib turadi: bu manzara asar yaratishga kuchli qiziqishdir. Bu yerda manzara tasviriga birinchi marta katta e'tibor berilganini, uning aniqlashtirilganini ko'rish mumkin. XV asrning birinchi yarmida Sherozda kitob san'ati yuksak darajada rivojlangan edi. Miniaturaning badiiy till boyib, yetuklikka erisha boshlagandi. XIV asrning boshlaridagi asarlar ichida 1410 va 1420-yillardagi «Fors she'riyati majmuasi» (Gulbenkan majmuasi, Lissabon) va 1425-yildagi «Shohnoma» (Bodlee kutubxonasi, Oksford) qo'lyozmalari birmuncha qiziqarlidir. Sheroz hokimi Iskandar Sulton uchun yaratilgan «Majmua» miniaturalarda Nizomiy dostonidagi bosh qahramon Xusravning murakkab obrazi ikki jihatda yorqin tasvirlangan. Xusrav - botir va jasur qahramon, shu bilan birga ayshu ishratga, kayfu safoga berilgan beg'am hokim. Ammo, afsuski, noma'lum rassom tomonidan yaratilgan bu asarda obrazning hamma qirralari to'la ochib berilmagan bo'lsada, dostonning hissiy ruhiga birmuncha yaqinlashgan.
Bu davrning Sheroz miniaturasiga xos xususiyatlari, ayniqsa, «Shohnoma» illustratsiyalarida yorqin o'z ifodasini topgan. Predmetlarning tasviri lo'nda va sodda berilgan. Chizgilar odamlar va hayvonlar harakatini juda aniq aks ettirgan. Manzara, odamlar, hayvonlar, predmetlar juda tabiiy joylashgan zarur muhit tasviriga aylangan. XV asr o'rtalariga kelib Sheroz maktabi o'zining rivojlanishi jihatidan boshqa miniatura maktablaridan, ayniqsa, Hirot maktabidan sezilarli darajada orqada qola boshladi. O'sha davrda fan va san'at ixlosmandlariga homiylik qila boshlagan Sulton Husayn va shu yerda yashab, ijod qilayotgan shoir Alisher Navoiy Eronning eng yaxshi san'at namoyandalarini Hirotga jalb etadilar. 1519-yil Hirotda Jomiyning «Oltin zanjir» dostoni xattot Mir Ali al-Husayn tomonidan ko'chirilgan. Ammo asarni bezab turgan ikki miniatura esa, keyinroq XVI asrning 50-60-yillarida o'sha paytlarda Ibrohim Mirza (Safaviy) saroyida ochilgan ustaxonada mashhadlik rassom tomonidan ishlangan. XVI asrdan boshlab miniaturalar kitob bilan bog'lanmagan holda, alohida-alohida varaqlarga, «Muraqqa» kabi maxsus albomlarga ishlana boshladi. Moskvadagi Sharq xalqlari san'ati Davlat muzeyining fondida XVI asrda qozi Ahmad ibn Mir Munishi al-Husayn tomonidan yozilgan «Gulistoni hunar», ya'ni, xattot va rassomlar haqida risola asari saqlanmoqda. Qozi Ahmadning bu risolasi XVI asr Eron rangtasviri tarixining juda qiziqarli manbalaridan biridir. Bu asar muallifning zamondoshlari bo'lmish o'ttiz ikki nafar xattot va rassomlar haqida qiziqarli ma'lumot beradi. Ushbu risolaning qo'lyozmasida sakkizta miniatura berilgan. Bu miniaturalar Eron rangtasvirining yangi badiiy davrini o'zida aks ettirgan bo'lib, ular kompozitsiya jihatdan sodda, personajlar, tasviriga alohida e'tibor berilgan.
Norqulov N., Nizomiddinov N., Miniatyura tarixidan lavhalar, T., 1970; Alisher Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar, T., 1982; Sharq miniatyura maktablari, T., 1989; Oriental miniatures 14th—17th centuries, Tashkent, 2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |