Reja: Milliy tiklanish haqida va uning jamiyat hayotidagi o’rni



Download 31,35 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2022
Hajmi31,35 Kb.
#403758
1   2
Bog'liq
Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari harakatlar strategiyasi

MANAVIY YUKSALISH

Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch- quwat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bolgan milliy g‘oyani tayanch va suyanch deb biladi.

Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalq- ning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyo- ji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid- maqsadlarini o‘zimizga tasawur qiladigan boMsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan boMamiz. Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy g‘oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqishga harakat qildik. Shu maqsadda ijtimoiy fanlar soha- sidagi yetakchi olimlar, siyosatshunos va iqtisod- chilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini ana shu muhim masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlagan yuksak maqsadlarimizga yetishning asosiy omili — awalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustah- kamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik va bu borada bir qancha e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdik. Ayni paytda hozirgi murakkab va tahlikali zamon talablari, jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modemizatsiya qilish bilan bog‘liq maqsadlarimizga uyg‘un va hamohang ravishda hayotning o‘zi oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Butun insoniyat tarixi, xalqimizning necha ming yillik o‘tmishi achchiq saboq va xulosalar asosida bir haqiqatni isbotlab bermoqda. Ya’ni, biz barqaror taraqqiyot va farovon hayotga erishish yo‘lida o‘z oldimizga qanday reja va dasturlami qo‘ymay-

lik, barcha olijanob orzu-intilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi — bu tinchlik va osoyishtalikdir. Bejiz emaski, yurtimizdagi qaysi xo- nadonga kirmang, qanday yig‘in yoki ma’raka bo‘l- masin, fotihaga qoi ochilganda, yosh-u qari, erkagu ayol - barchamiz Yaratgandan tinchlik va osoyishtalikni so‘rab duo qilamiz. Ma’lumki, insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri - bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iborat. Bu huquqni amalga oshirish — davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartidir. De- mokratiyaning insonparvarligi ham birinchi galda ana shu mezon bilan o‘lchanadi.

Milliy g‘oyamizning asosiy mazmunini ifoda etadigan yo‘nalishlar haqida gapirganda, hech shub- hasiz, biz Vatan ravnaqi va taraqqiyotini o‘zimizga tasawur qilamiz.

0‘z kindik qoni to‘kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi. Vatan ravnaqi awalo uning farzandlariga, ular- ning ma’naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog‘liq. Bu o‘z navbatida har bir yurtdoshimizni zimmasi- dagi yuksak fuqarolik mas’uliyatini his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uygLunlashtirib yashashga da’vat etadi. Va har qaysi fuqaro o‘z mamlakatining xalqaro hamjamiyat safidan munosib o‘rin olishi, bugungi kunda taraqqiy topgan tinch va badavlat yashayotgan davlatlar qatoriga ko‘tarilishidan manfaatdor bo‘lishi shubhasiz. Bir so‘z bilan aytganda, bu ikki tushuncha — Vatan ravnaqi va farovonlik masalasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanini tushunish qiyin emas. Ana shunday mantiqiy xulosadan kelib chiqqan holda, xalq farovonligi degan ezgu tushunchani ham milliy g‘oyamizning negizini tashkil etadigan tamoyillar qatoriga qoyishimiz tabiiydir. Nega deganda, bu dunyoda har bir odam to‘q va badavlat hayot kechirish, el-yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli-joyli qilish, ulaming baxt-u kamolini ko‘rish orzusi bilan yashaydi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshirila- yotgan keng ko‘lamli islohotlaming pirovard maqsa- di — odamlarimizning ana shunday orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, xalqimizga har tomonlama munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iborat ekani haqida takroran gapirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.

Bu maqsadga erishish uchun yurtimizda barcha asoslar — tabiiy boyliklar, unumdor yer, katta iq- tisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi, bu diyorda ana shu farovon hayotni o‘z kuchi, o‘z aql-zakovati bilan barpo etishga qodir bo‘lgan mehnatsevar va iste’dodli xalq yashaydi.

Muxtasar qilib aytganda, milliy g‘oyamizga qaysi tomondan ta’rif va baho bermaylik, xalqimizni birlashtiradigan bu oliy maqsadlar asrlar davomida uning yuragidan, qalbidan joy olib kelgan orzu- armon va ezgu intilishlar bilan chambarchas bog‘liq ekaniga ishonch hosil qilamiz. Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millat- lararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamo- yillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mam- lakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifly, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ulami yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat.

Ta’kidlash joizki, biz fuqarolar dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki odamlaming tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish tarafdorimiz. Albatta, barchamiz yaxshi tushunamizki, «milliy g‘oya» degan so‘z faqat bir millatga mansub bo‘lib qolmasdan, mana shu tabarruk diyorimiz — 0‘z- bekiston tuprog‘ida yashayotgan, uni o‘z ona Vatani deb biladigan barcha millat va elatlarga birdek daxldordir. Milliy g‘oyada mujassam bo‘lgan buyuk maqsadlarni ro‘yobga chiqarish awalambor jamiyatimiz va shu jamiyat a’zosi boimish har qaysi insonning ma’naviy olami va dunyoqarashidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq ekanini unutmasligimiz zarur. Shu o‘rinda bir fikmi alohida urg‘u berib aytishni joiz deb bilaman. Bizning eng ulug‘ maqsadimiz, eng ulug‘ g‘oyamiz shuki, 0‘zbekistonning bitta yo‘li bor: musta- qillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug‘ va erkin hayot sari olg‘a yurish. Mafkuramiz, tutgan yo‘limiz, bor kuch-g‘ayratimiz ana shu ulug‘vor niyatni amalga oshirishga yo‘naltirilishi kerak. Xalqimizni, yurtimizdagi barcha siyosiy kuchlarni, nodavlat tashkilotlarni yagona umumiy maqsad atrofida birlashtiradigan, bir tan-u bir jon qiladigan milliy g‘oya ham aslida shu.


Bugun O‘zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar natijasida mamlakatni jahon tanimoqda va tan olmoqda. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoevning shaxsiy tashabbusi va hayotbaxsh g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” davlat va jamiyatni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab berganini alohida e’tirof etish lozim.

O‘zbekistonning bosh strategik rivojlantirish hujjati hamda shu asosda qabul qilinayotgan Davlat dasturlarini amalga oshirishning uchinchi yili ham nihoyalandi. Prezidentimiz bugun parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida alohida qayd etganidek, shu uch yilda dastlabki, lekin o‘ta muhim va salmoqli natjalarni qo‘lga kiritdik. Xususan, o‘tgan 2019 yil ham munosib yutuqlar va yuksak marralar yili bo‘ldi.

Quvonarlisi, O‘zbekistonning nomi xalqaro maydonda tez-tez yuqori darajada e’tirof etilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning “The Economist” haftalik jurnali o‘tgan yili yurtimizni «Yil davlati» sifatida e’tirof etdi. Amerikaning “Harper's Bazaar” nashri esa, 2020 yilda albatta sayohat qilish lozim bo‘lgan 20 ta eng yaxshi yo‘nalish ro‘yxatida O‘zbekistonni birinchi o‘ringa loyiq, CNN Travel sayti 2020 yilda sayohat uchun eng yaxshi joy, deb topdi. Darhaqiqat, mamlakatimiz bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan jadal taraqqiy etayotgan, iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlariga erishayotgan, eng asosiysi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti tubdan yaxshilanayotgan, hayot darajasi izchil yuksalayotgan mamlakat sifatida e’tirof etilmoqda.

Shu ma’noda, o‘tgan 2019 yil yakunlariga nazar tashlasak, Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining birinchi yo‘nalishi – Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish yuzasidan qator amaliy chora-tadbirlar hayotga joriy etildi.

Xususan, “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unda Konstitutsiya va boshqa Qonunlarga Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, hukumat a’zoligiga nomzodning endilikda sohani rivojlantirish bo‘yicha yaqin muddatga va istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. O‘z navbatida, hukumat a’zosi bundan buyon o‘z harakat dasturi ijrosi bo‘yicha Oliy Majlis palatalari, ularning qo‘mitalarida muntazam ravishda axborot berib boradi. Hududlar kesimida esa, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

Ma’lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Eng avvalo, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Oliy Majlis Senatida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish, Qonunchilik palatasida esa Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalari tashkil etildi.

Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, unga muvofiq, 2019-2020 yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Mazkur Farmon korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan. Ana shu maqsadlar yo‘lida 2019 yil 1 avgustdan eksperiment tariqasida kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilmoqda. Eng muhim o‘zgarishlardan yana biri, bu shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi saylov kodeksining qabul qilinganidir. Mazkur kodeksda fuqarolarning saylov huquqlari bilan bog‘liq bir birini takrorlovchi normalar aks etgan beshta Qonun birlashtirilib, bugungi kunga qadar tarqoq holda amal qilgan saylov to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti hujjatlari xalqaro norma va standartlar hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib kodifikatsiya qilindi hamda saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutildi. Natijada “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlar barcha demokratik tamoyillarga tayangan holda, xalqaro standartlar talablariga mos darajada, ochiq va oshkor tashkil etilganini xalqaro missiyalar vakillari, xalqaro ekspertlardan iborat kuzatuvchilar, xorijning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ham e’tirof etishdi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu borada sudlarning ish yuklamasini kamaytirish hamda nizolarni sudgacha hal qilish maqsadida mediatorlarni tayyorlash tizimi yaratilgani, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlash joiz. Shu bilan birga, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga ruxsat etilib, ularga sud ekspertizalarining 44 ta turlarini o‘tkazish huquqi berildi. Sudyalar oliy kengashi huzurida Sudyalar oliy maktabi tashkil etilgani esa, sud tizimida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha yuqori samaradorlik ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Aholini bepul huquqiy yordam bilan ta’minlash maqsadida “Advice.uz” bepul interaktiv axborot portali ochilib, unda fuqarolar hayoti davomida to‘qnash keladigan mingdan ortiq holatlarning yuridik yechimlari aniq va sodda tilda savol-javob shaklida bayon etib borilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi yopilganini esa, butun jahon hamjamiyati olqishlaganiga barchamiz guvoh bo‘ldik. Hukm qilingan shaxslarga pensiya to‘lash tartibining joriy etilgani ham mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlari olib borilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi ekanidan dalolatdir.

Yurtimizda har bir hududda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha kunlik tezkor ma’lumotlarni hokimliklarga taqdim etib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, 1,5 mingdan ortiq profilaktika inspektori, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha 301 nafar profilaktika katta inspektori, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha 214 nafar ofitser, vaziyati og‘ir hududlarda 89 nafar psixolog lavozimlari joriy etilgani, o‘z navbatida, jinoyatchilikning keskin kamayishiga sabab bo‘ldi. Misol uchun, o‘tgan 2018 yilda respublikada 49011ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2019 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 46089  tani tashkil etdi yoki 2922 taga, salmoqli ravishda kamaydi.

Shuningdek, 2019 yilda davlat notarial idoralari bosqichma-bosqich xususiy notarial idoralarga aylantirila boshlanishi, qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklardan ruxsat olish talablarining bekor qilinishi, bitimlarni videokonferensaloqa rejimida amalga oshirishga ruxsat etilish, mol-mulk lizingi va ipoteka shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinishi kabi yangiliklar yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lidagi izchil islohotlar samarasidir.

Umuman, davlat dasturining qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 2019 yilda 24 ta Qonun, 13 ta Prezident Farmon va qarorlari, 51 ta Hukumat qarorining qabul qilingani va hayotga tadbiq etilgani bu sohada naqadar keng va salmoqli sa’y-harakatlar amalga oshirilganini tasdiqlab turibdi.

Davlat dasturi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida poraxo‘rlik holatlari bo‘yicha 2018 yilda 1202 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2019 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 1071 tani tashkil etib, 10,9 foizga qisqarishiga erishildi. 

Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi bu o‘zgarishlarni yanada teranroq anglashimiz, idrok etishimizda muhim ahamiyat kasb etdi. “Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz”7, deb ta’kidlangan Davlatimiz rahbarining so‘zlari xalqimiz qalbida iftixor tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi. Shubhasiz, bundan ruhlangan xalqimiz davlatimizning har qarich yerida yuksalish davri bo‘lishi uchun azmu qaror qilmoqdalar.

Prezidentimiz nutqida ta’kidlaganidek, Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz. Ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda.

Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllanmoqda. Bu borada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgani, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlar aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol o‘ynamoqda. Buning natijasida, hatto mamlakatning eng chekka hududlari, markazlardan olisda joylashgan qishloqlarning ham me’moriy qiyofasi tubdan yangilanib, aholining turmush farovonligi yuksaltirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohalarida bo‘layotgan ulkan o‘zgarishlarning barchamiz guvohi bo‘lib turibmiz.



Shu o‘rinda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda umumta’lim maktablarida 11 yillik tizim tiklanganini, maktab ta’limini rivojlantirish masalasi buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanayotganini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasi ham jadal rivojlanmoqda. So‘nggi uch yilda 35 ta yangi oliy o‘quv yurti tashkil qilingani, ularning umumiy soni 112 taga yetgani, e’tiborlisi, bularning 13 tasi nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari ekani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin isbotidir.
Internet resurslari:

1.https://xs.uz/uz/post/harakatlar-strategiyasi-ozbekiston-millij-taraqqiyotining-yangi-bosqichi

2.https://lex.uz/docs/-3568448

3.https://lex.uz/acts/-3107036

4.https://hozir.org/12-maruza-yangilanayotgan-ozbekiston-milliy-tiklanishdan--mill.html?page=8
Download 31,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish