Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi.Diniy madaniy an’analarning jamiyat taraqqiyotidagi ta’siri
Reja:
1.Milliy ma’naviy me’ros va qadriyatlar
2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. Ularni asrash borasidagi amaliy ishlar
3. Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi.
4. Diniy madaniy an’analarning jamiyat hayotidagi o`rni
Qadriyatlar har doim insonlarni mexir oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqlarning qon-qoniga singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir.
Buxoroda Nasriddin afandi festivali
Xalqning, o‘lkaning, davlatimizning, hududining holisona tarixini tiklash o‘zlikni anglashda, milliy iftixorni tiklashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va tajribalari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Milliy qadriyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy meroslariga e’tiborni qaratildi. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan.
Ma’naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Xalqimizning etnik madaniy va diniy qadpiyatlapini tiklanishi, ma’naviy uyg‘onishining yana bir bitmas tugamas manbai bo‘ldi. Ming yillar davomida Markaziy Osiyo g‘oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib kelgan. O‘zbek xalqi ruhining tiklanishi, millatning ma’naviy-axloqiy g‘oyalarining shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bo‘lgan hodisadir.
Din ijtimoiy ong shakllarining biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli va hatto asosiy omili bo’lgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, iymoniylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, chidamlilik, shukronalik, xullas odamiylilik, haqiqiy fidoiylilikni, e’tiqodga amal qilishni taqozo etadi va kishining ma’naviy salohiyatini shakllantiradi
Mutaxassislar fikricha diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega bo’lib, asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amallari birligida o’z ifodasini topadi. Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida aks etadigan xudo, payg’ambarlar, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton. «Muqaddas yozuvlar, ularning odamlar hayotiga ta’siri to’g’risidagi tushunchalar majmuiga aytamiz.
Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog’liq bo’lgan ojizligi, zaifligi, qo’rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonningdiinyamaliyotlariesaxudogatoat-ibodat, diniytalablarvamarosimlarnibajarish, nazr-niyozlarni o’z ichiga oladi» .
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar tizimida ma’naviy yangilanish alohida mavqyega ega. «Mustaqiligimizning dastlabki kunlaridanoq, - deb yozadi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklanishni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»1. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat masalalari millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash singari juda ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. Jamiyat va shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli davlat miqyosidagi vazifa tarzida idrok etilmoqda.
Ma’naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, uning holati va taraqqiyotiga juda ko’p omillar - siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir yetkazadi.
Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy - tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din - muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat - ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Falsafa.M.A.Ahmedov.2006
2.Falsafa.E.Yu.Yusupov.2005
3.N.A.Shermuxammedov.2020
Internet ma’lumotlari:
E’tiboringiz uchun
Raxmat
Tuzdi:Sidiqov F
Do'stlaringiz bilan baham: |