Bog'liq Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o0lchamlari
YaIM
YaIM
Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to’lanadi. U ish haqiga ko’plab qo’shimchalar, ijtimoiy sug’urta to’lovlari va nafaqa ta‘minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarni o’z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo’shimchalar ishchi kuchini yollash bilan bog’liq bo’lgan xarajatining bir qismi sifatidai chifadi va shu sababli korxonaning ish haqi to’lashga umumiy sarflarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to’lovlaridan iborat. Bunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli to’lovlar, foizli daromadlar tarkibidan chiqariladi. Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo’linadi: bir qismi mulkga daromad va boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi.