Yalpi investitsiyalar o'z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o'rnini qoplash uchun mo'ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyotda kapital qo'yilmalar hajmiga har qanday sof qo'shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar ohiyatiga ko'ra iste'mol asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o'sgan qismidan iborat bo'ladi.
Davlat sarflari - bu mahsulotlari va iqtisodiy resurslarni, xususan, ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o'z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste'molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog'liq. Shu ik sarflari kabi milliy ishlab c sababli YalMni sarflar bo'yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya'ni eksport qiymati ham qo'shiladi. Eksport va import miqdorlari o'rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo'lsa ijobiy, import eksportdan rtiq bo'lsa salbiy bo'ladi. YaIM hajmi - kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlarning sarflari va moddiy aylanma vositalari zaxirasidagi o'zgarishlari qo'shib chiqish yo'li bilan aniqlanadi.
Uchinchi usul - bu YalMni hisoblashga daromadlar bo'yicha yondashuv. Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo'jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to'lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Ana shu daromadlarni barchasini qo'shib chiqish orqali YaIM aniqlanadi.
Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (Yal M) qiymati tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to'planib boradi.
Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu sababli mahsulot narxiga qo'shiladi. Bunday soliqlar o'z ichiga aktsiz nolinadigan soliqlar, mulk to'lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig'i, litsenziya va bojxona to'lovlarini oladi.
YalMni daromadlar bo'yicha hisoblashda uy xo'jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya'ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin.
YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo'yicha yondashuv
|
Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi boyicha hisoblash
|
|
Milliy mahsulot hajmini daromatlar summasi boyicha hisoblash
|
1
|
Uy xojaliklarining iste’mol sarflari
|
1
|
Daromat bilan bogliq bolmagan sarf va tolovlar
Amortizatsiya
Egri soliqlar
|
2
|
Tadbirkorning investitsion sarflari
+
|
2
|
Ish haqi
+
|
3
|
Tavar va xizmatlarning davlat xaridi
+
|
3
|
Renta tolovlari
+
|
4
|
Chet elliklar sarfi
+
|
4
|
Foiz
+
|
5
|
Notijorat muassalar sarfi
+
|
5
|
Foyda
+
|
6
|
Moddiy aylanma vositalar zaxirasidagi o’zgarishlar
|
6
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |