Qо‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish
uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar
о‗rtasidagi farq kо‗rinishida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YAIM kо‗rsatkichining tarkibini va undagi
siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat
iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qо‗shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning о‗zgarishi bu
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |